Malik Hakimov
Malik Hakimovich Hakimov (1921-yil 25-oktyabr, Toshkent – 1980-yil 12-may, Toshkent) – huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Yuridik fanlari doktori (1965), professor (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1939—1942).
Malik Hakimovich Hakimov | |
---|---|
Tavalludi |
25-oktyabr 1921-yil Toshkent, Turkiston ASSR, RSFSR |
Vafoti |
12-may 1980-yil (58 yoshda) Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Davlat huquqi, maʼmuriy huquq |
Ish joylari | I. M. Moʻminov nomidagi OʻzFA Falsafa va huquq instituti |
Taʼlimi | Toshkent yuridik instituti |
Mukofotlari |
Toshkent yuridik institutini tugatgan (1945). Butunittifoq sirtqi yuridik instituti Toshkent filialining direktori (1949—1950). Toshkent yuridik institutida katta oʻqituvchi (1950-1953). VSSPSning Toshkent oliy maktabida kafedra mudiri va direktor oʻrinbosari (1953—1956). Partiya tarixi institutida sektor mudiri (1956—1957). 1958-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti sektor mudiri[1][2]. Hakimovning ilmiy ishlari davlat huquqi, oʻzbek davlatchiligi tarixiga bagʻishlangan.
Tarjimai holi
tahrirMalik Hakimov 1921-yilda Toshkentda tugʻilgan[1]. Toshkent moliya-iqtisodiyot institutining ishchilar fakultetini tamomlab, Qizil armiya safiga chaqirilgan[3]. 1939—1942-yillarda 115-oʻqchi diviziyaning 371-artilleriya polki tarkibida SSSR qoʻshinlarining Germaniya va Finlyandiya qurolli kuchlariga qarshi Leningradni mudofaa qilishda Ikkinchi jahon urushi frontlarida[1] jangovar harakatlarda qatnashgan[4]. 1942-yilda ogʻir yaralanganidan keyin demobilizatsiya qilingan[2][5].
1945-yilda Toshkent yuridik institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan[1][3]. 1949-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Yuridik institutida aspiranturani tugatib, „Sovet davlati huquqida davlat hokimiyati tushunchasi“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgandan soʻng, oʻzini butunlay ilmiy—pedagogik faoliyatga bagʻishlagan[2].
M. H. Hakimov 1949—1953-yillarda Butunittifoq sirtqi yuridik instituti Toshkent filialining direktori[1], Toshkent yuridik instituti katta oʻqituvchisi[2]; 1953—1956-yillarda – Butunittifoq professional ittifoqlar markaziy kengashining Toshkent professional harakati oliy maktabi direktorining oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va boʻlim mudiri[1][3]; 1956—1957- yillarda – Oʻzbekiston KP MQ huzuridagi Partiya tarixi instituti partiya tarixi sektori mudiri[1][2].
Malik Hakimovning keyingi faoliyati I. M. Moʻminov nomidagi OʻzSSR Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti faoliyati bilan uzviy bogʻliqdir: 1958-yildan – bu institut tashkil etilgan paytdan boshlab va umrining soʻnggi kunlarigacha Malik Hakimovich davlat va maʼmuriy huquq sektoriga rahbarlik qilgan[1][3][2].
1965-yilda M. H. Hakimov „Sotsializmga oʻtish davrida Oʻzbekistonda milliy sovet davlatchiligi rivojlanishining asosiy muammolari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi[2]. 1967-yilda professor unvonini olgan[1][2].
Malik Hakimovich davlat va huquq nazariyasi va tarixi[1], Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalarida milliy davlat qurilishining[2] bir qator muhim muammolarini oʻrgangan. Professor Hakimovning bisotida 100 dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan „Sotsializmga oʻtish davrida Oʻzbekistonda milliy sovet davlatchiligining rivojlanishi“ (1965)[6], „Partiya va sovet milliy davlatchiligi: KPSS yetakchiligi, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xalqlarining sovet davlatchiligining yaratilishi va rivojlanishi“ (1980) va boshqalar bor[7].
Malik Hakimov koʻplab yirik asarlarning mas’ul muharriri boʻlgan. Uning rahbarligida akademik Xadicha Sulaymonovaning 3 jildlik toʻplami tayyorlanib nashr etilgan[3]. „Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar“ jurnali tahririyati aʼzosi boʻlgan[2]. Professor Hakimov ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshgan, uning ilmiy rahbarligida 30 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlangan va himoya qilingan[8][9][10][11][12][13][14][15][16].
Professor Hakimov 1978-yilgi Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi loyihasining bir qator qonun hujjatlarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan[3]. Malik Hakimovich bir necha bor respublika, mintaqaviy, umumittifoq va xalqaro ilmiy forumlarda maʼruza qilgan[3].
1965-yildan M. H. Hakimov „Bilim“ respublika jamiyati davlat va huquq bilimlarini targʻib qilish boʻyicha ilmiy-uslubiy kengashining Plenumi aʼzosi va raisi[3], Xorijiy davlatlar bilan aloqalar boʻyicha Oʻzbekiston doʻstlik va madaniyat jamiyati yuridik boʻlimini boshqargan[2].
Hukumat M. H. Hakimovning ilmiy, pedagogik va ijtimoiy faoliyatini yuksak baholagan. „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy unvoni[1], II darajali Vatan urushi ordeni[2], SSSR medallari va Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan[2].
Malik Hakimovich Hakimov 1980-yil 12-mayda toʻsatdan vafot etdi[17]. Atoqli olim va huquqshunos xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biriga uning nomi berildi[1][3]. Keyinchalik koʻcha Oqqoʻrgʻon koʻchasi 4-oʻtish yoʻli deb qayta nomlangan[18].
Adabiyotlar
tahrir- Kitoblar
- Г. Ахмедов, С. Муминов и др.. Воспоминания о М. Х. Хакимове. Ташкент: Адолат, 2002.
- А. Рахмат. Они защищали Ленинград. Ташкент: Литературы и искусства имени Гафур Гуляма, 1984 — 13—27-bet.
- Ezgulikka bagʻishlangan umr, T., 2001.
- Maqolalar
- К. Муминов. Доброе имя наставника. — Голос Джиззака, 1995. — № 44.
- Малик Хакимович Хакимов (некролог). — Общественные науки в Узбекистане, 1980. — С. 58—59.
- Малик Хакимович Хакимов (некролог). — Правда Востока, 1980. — 15 may (№ 111).
- Ш. Хакимова. Цена Победы: Аккорды памяти. — Агентство новостей Podrobno.uz, 2015.
- „Юбилейные издания“. Юридическая наука в Узбекистане 158—159. Правоведение (1975-yil 1-fevral). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
- Ensiklopediyalar
- Malik Hakimov in the Great Soviet Encyclopedia, 1969–1978 (Russian)
- „Hakimov Malik Hakimovich“. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi (uz) 11-tom 62-bet (2005). Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- Avtoreferatlar
- Правовое положение депутатов местных Советов и основные формы их деятельности (на материалах Уз ССР). — 1973.
- Административная деятельность органов милиции Узбекской ССР в годы Великой Отечественной войны, 1941—1945 гг.. — 1972. Архивировано 29 avgust 2018 года.
- Государственно-правовые взгляды Алишера Навои. — 1975. Архивировано 4 mart 2016 года.
- Организационно-правовые вопросы участия союзной республики во внешнеэкономической деятельности СССР (на материалах Уз ССР). — 1983. Архивировано 29 avgust 2018 года.
- Правовое положение субъектов в составе Социалистической Федеративной Республики Югославии. — 1979.
- Деятельность местных советов депутатов трудящихся по обеспечению социалистической законности и охране общественного порядка в современный период :По материалам Уз ССР. — 1965.
- Организационно-правовые формы взаимодействия местных Советов народных депутатов и профсоюзов по управлению производством :На материалах Уз ССР. — 1980.
- Возникновение и развитие советского избирательного права в Узбекистане в период построения социализма. — 1971.
- Развитие общественных начал в деятельности исполнительных органов городских Советов в современный период :По материалам Уз ССР. — 1966.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 Общественные науки в Узбекистане 1980.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 3,8 Воспоминания о М. Х. Хакимове 2002.
- ↑ Они защищали Ленинград 1984.
- ↑ Агентство новостей Podrobno.uz 2015.
- ↑ Юридическая наука в Узбекистане 1977.
- ↑ Правоведение.
- ↑ Правовое положение депутатов 1973.
- ↑ Административная деятельность 1972.
- ↑ Государственно-правовые взгляды Алишера Навои 1975.
- ↑ Организационно-правовые вопросы 1983.
- ↑ Правовое положение субъектов в составе СФРЮ 1979.
- ↑ Организационно-правовые формы взаимодействия 1980.
- ↑ Возникновение и развитие советского избирательного права 1971.
- ↑ Деятельность местных советов депутатов трудящихся 1965.
- ↑ Развитие общественных начал 1966.
- ↑ Некролог 1980.
- ↑ „ИЗМЕНЕНИЯ в названиях улиц, махаллей, других топонимических объектов“. nrm.uz. Norma Online. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |