Halil Altintop (talaffuzi: Halil Altintop) (1982-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik sobiq professional futbolchi. U „Bavariya U17“ jamoasida Aleksandr Moj bilan birgalikda bosh murabbiy hisoblanadi[1]. Oʻyin paytida u hujumkor yarim himoyachi, markaziy hujumchi yoki qanot hujumchisi sifatida joylashtirilgan. U Hamit Altintopning egizak ukasi.

Halil Altıntop
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Halil Altıntop
Tavallud sanasi 8-dekabr 1982-yil (1982-12-08) (41 yosh)
Tavallud joyi Gelsenkirchen, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.85m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayern Munich U17
(Bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—992 Schwarz-Weiß Gelsenkirchen-Süd
1992—1997 TuS Rotthausen
1997—2000 Wattenscheid 09
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2003 Wattenscheid 09 81 (38)
2003—2004 1. FC Kaiserslautern II 3 (4)
2003—2006 1. FC Kaiserslautern 91 (28)
2006—2010 Schalke 04 96 (16)
2010—2011 Eintracht Frankfurt 49 (3)
2011—2013 Trabzonspor 61 (13)
2013—2017 FC Augsburg 115 (20)
2017—2018 Slavia Prague 8 (1)
2018 1. FC Kaiserslautern 14 (1)
Milliy terma jamoa
2000 Turkiya U18 2 (0)
2001 Turkiya U20 1 (0)
2003 Turkiya U21 9 (1)
2004 Turkiya A2 1 (0)
2005—2011 Turkiya 38 (8)
Boshqargan klublari
2018—2019 VfB Stuttgart (Murabbiy)
2019—2020 TSV Schwaben Augsburg
2020—2021 Bayern Munich U16 (Yordamchi)
2021 Bayern Munich U17
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Altintop professional faoliyatini akasi bilan birgalikda Germaniyaning mahalliy „Wattenscheid 09“ klubida boshlagan. Muvaffaqiyatli oʻyinlar katta klublarning eʼtiborini tortgach, Altintop 1-Bundesliga jamoasi FC Kayzerslautern oʻtkazilgan. Uning ukasi "Schalke 04"ga oʻtgan. Hujumchi sifatida oʻynagan Altintop 2005\2006-yilgi mavsumda Bundesligada 20 gol bilan uchinchi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan. Oʻsha mavsum oxirida u „Schalke 04“dagi akasi yoniga qoʻshilgan. Biroq, bor-yoʻgʻi bir mavsumdan soʻng, uning akasi Hamit Altintop "Bavariya"ga transfer qilingan. 2010-yil 27-yanvarda u „Schalke 04“ bilan shartnomasini bekor qilgan va „Ayntraxt“ga oʻtgan[2].

2010\2011-yilgi mavsumda Frankfurtning „Ayntraxt“ klubi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Altintop Turkiyaning „Trabzonspor“ jamoasiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan.

Altintop „Augsburg“ga 2013-yil yozida kelib qoʻshilgan[3]. U 2016\2017-yilgi mavsumni 31 oʻyinda 6 gol va 2 golli uzatma bilan yakunlagan[3]. Mavsum oxirida u klub bilan shartnomasini uzaytirmaslik qarorini eʼlon qilgan. Bu vaqt ichida „Augsburg“da u Bundesligada 116 ta oʻyinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 12 ta golga assistentlik qilgan[3].

2017-yilning iyun oyida Altintop Chexiya Birinchi Ligasining SK Slavia Praga jamoasiga koʻchib oʻtgan[4].

2018-yil 31-yanvarda Altintop 1-Bundesliga vakili FC Kayzerslautern jamoasiga qaytgan. U jamoa bilan 2019-yilgacha bir yarim yillik shartnoma tuzgan[5][6].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Wattenscheid 09 2000—2001 Regionalliga 14 5 14 5
2001—2002 34 14 34 14
2002—2003 33 16 33 16
Jami 81 35 81 35
1. FC Kaiserslautern 2003—2004 Bundesliga 27 2 1 0 1 0 29 2
2004—2005 30 6 1 0 31 6
2005—2006 34 20 2 1 36 21
Jami 91 28 4 1 1 0 96 29
Schalke 04 2006—2007 Bundesliga 34 6 2 1 2 0 38 7
2007—2008 25 6 2 0 7 0 34 6
2008—2009 31 4 4 1 8 2 43 7
2009—2010 6 0 3 1 9 1
Jami 96 16 11 3 17 2 124 21
Eintracht Frankfurt 2009—2010 Bundesliga 15 3 15 3
2010—2011 34 0 3 2 37 2
Jami 49 3 3 2 52 5
Trabzonspor 2011—2012 Süper Lig 34 6 1 0 3 0 38 6
2012—2013 27 7 10 2 9 1 46 10
Jami 61 13 11 2 12 1 84 16
FC Augsburg 2013—2014 Bundesliga 34 10 3 1 37 11
2014—2015 31 3 1 0 32 3
2015—2016 19 1 2 0 5 1 26 2
2016—2017 31 6 2 0 33 6
Jami 115 20 8 1 5 1 128 22
Slavia Praha 2017—2018 Chexiya Birinchi

Ligasi

8 1 2 1 0 0 10 2
1. FC Kaiserslautern 2017—2018 2. Bundesliga 14 1 0 0 14 1
Karyerada jami 515 117 39 10 35 4 589 131

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

 
Altintop Turkiya terma jamoasi safida, 2010-yil
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 8.06.2005 Olmaota, Qozogʻiston   Qozogʻiston 6-0 6-0 2006 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 8.10.2005 Istanbul, Turkiya   Germaniya 1-0 2-1 Oʻrtoqlik
3. 2.06.2006 Sittard, Niderlandiya   Angola 3-2 3-2 Oʻrtoqlik
4. 8.09.2007 Valletta, Malta   Malta 1-1 2-2 UEFA Yevro-2008 saralashi
5. 12.09.2007 Istanbul, Turkiya   Vengriya 3-0 3-0 UEFA Yevro-2008 saralashi
6. 20.08.2008 Izmit, Turkiya   Chili 1-0 1-0 Oʻrtoqlik
7. 2.06.2009 Kayseri, Turkiya   Ozarbayjon 1-0 2-0 Oʻrtoqlik
8. 14.10.2009 Bursa, Turkiya   Armaniston 1-0 2-0 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar tahrir

  1. „Danny Schwarz übernimmt U17, Demichelis bleibt U19-Coach“. FC Bayern München.
  2. „Eintracht Frankfurt verpflichtet Halil Altintop“ (olmoncha). eintracht.de. 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Augsburg bedauert: Altintop "macht den Weg frei"“ (olmoncha). kicker Online (26-iyun 2017-yil). Qaraldi: 26-iyun 2017-yil.
  4. „Halil Altintop spielt nächste Saison Champions League“ (olmoncha). Augsburger Allgemeine (27-iyun 2017-yil). Qaraldi: 27-iyun 2017-yil.
  5. „Halil Altintop kehrt zum FCK zurück“ (olmoncha). 1. FC Kaiserslautern (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2018-yil.
  6. „Coup perfekt! Altintop zurück beim 1. FC Kaiserslautern“ (olmoncha). kicker Online (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.