Han Kang (koreyscha:한강) – janubiy koreyalik yozuvchi[1]. „Vegetarian“ asari orqali u xalqaro miqyosda mashhurlikka erishdi. Bu asar 2016-yilda badiiy adabiyot boʻyicha Xalqaro Buker mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi koreys tilidagi romanga aylandi. Shuningdek, Han 2024-yilgi Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi koreyalik yozuvchi hamda birinchi osiyolik ayol yozuvchi sifatida tarixga kirdi.

Han Kang
Tavalludi 27-noyabr 1970-yil (1970-11-27) (54 yosh)
Taxallusi Han Kang-hyun
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari Koreys tili
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Janr roman, qisqa hikoya
Shoh asari Vegetarian
Mukofotlari Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2024)
Turmush oʻrtogʻi Hong Yong-hee (ajrashgan)
Bolalari 1
Ota-onasi Han Seung-won (otasi)

Biografiyasi

tahrir

Han Kang 1970-yil 27-noyabrda Janubiy Koreyaning Guanchjou shahrida tavallud topgan[2]. Uning oilasida adabiyot sohasidagi insonlar koʻp boʻlib, otasi yozuvchi Han Seung-won. Shuningdek, akasi Han Dong-rim novelist, ukasi Han Kang-in esa novelist va karikaturachidir[3].

Han 9 yoshligida otasi Guanchjou qoʻzgʻolonidan toʻrt oy oldin oʻqituvchilikni tark etib, yozuvchilik bilan shugʻullanish maqsadida Seulga koʻchib keladi. Han birinchi marta qoʻzgʻolon haqida 12 yoshida, uyida nemis jurnalisti tomonidan olingan fotosuratlarning yashirin ravishda tarqatilgan xotira albomini topib olgach bilib qoladi[4]. Keyinchalik bu topilma uning insoniyat va adabiy asarlariga boʻlgan qarashlariga oʻz taʼsirini koʻrsatdi[5].

1988-yilda u Poongmoon oʻrta maktabini[6][7], 1993-yilda Yonsei universitetida koreys tili va adabiyoti yoʻnalishini tamomladi[8]. 1998-yilda u Iowa Universitetining International Writing dasturi boʻyicha tahsil oldi[9].

Ijodiy faoliyati

tahrir

Yonsei Universitetini tamomlagach, Han qisqa vaqt davomida „Saemteo“ jurnalida muxbir sifatida faoliyat yuritdi[7]. Oʻsha yili uning beshta sheʼri, jumladan, „Seuldagi qish“ sheʼri „Adabiyot va jamiyat“ jurnalining 1993-yil qishki sonida chop etildi. Bir yildan soʻng, u oʻzining ilk badiiy asarini Han Kang-hyun taxallusi ostida yoza boshladi, oʻsha yili uning „Qizil langar“ hikoyasi Seoul Shinmun tomonidan oʻtkazilgan Yangi yil adabiy tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[10]. Uning dastlabki hikoyalar toʻplami " Yeosu sevgisi " 1995-yilda nashr etilgan boʻlib, hikoya aniq va izchil tuzilishi bilan insonni oʻziga jalb qiladi. Keyinchalik, Han faqat yozuvchilik bilan shugʻullanish maqsadida jurnaldagi ishini tark etdi[11].

Hanga koreys modernist shoiri Yi Sang sheʼriyatidagi Yaponiya istilosi ostidagi Koreyaning mustamlakachilik tarixi zoʻravonligiga qarshi mudofaa gʻoyasi oʻzining eng muvaffaqiyatli asari „Vegetarian“ romanini yozishda ilhom manbayi boʻldi. Uch qismdan iborat romanning ikkinchi qismi Yi Sang adabiy mukofotiga loyiq koʻrildi[12][13].

Garchi Debora Smit "Vegetarian" asarini tarjima qilgan paytdayoq butun dunyo eʼtiborini tortgan boʻlsa-da, bu roman Hanning ingliz tiliga tarjima qilingan ilk romani boʻldi[14]. 2016-yilda badiiy adabiyot boʻyicha Xalqaro Buker mukofotiga loyiq koʻrilgan bu asar ushbu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi koreys romani boʻldi[15][16][17][18]. „Vegetarian“, shuningdek, The New York Times Book Review tomonidan „2016 yilning eng yaxshi 10 ta kitobi“ roʻyxatiga kiritilgan[19].

Hanning „Human acts“ romani 2016-yil yanvar oyida Portobello Books tomonidan nashr etilgan[20][21]. Han 2017-yil 1-oktyabrda Italiyada Adelphi Edizioni tomonidan „Human acts“, „Atti Umani“ ning italyancha tarjimasi uchun Premio Malaparte mukofotiga sazovor boʻldi[22][23]. Romanning ingliz tilidagi tarjimasi 2018-yilda Xalqaro Dublin adabiy mukofoti uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan[24].

Hanning uchinchi romani „Oq kitob“ 2018-yilgi Xalqaro Buker mukofotiga nomzod boʻldi[25]. Avtobiografik roman boʻlib, tugʻilganidan ikki soat oʻtgach vafot etgan opasi haqida hikoya qiladi.

Hanning „Biz ajralmaymiz“ romani 2021-yilda nashr etilgan. Unda yozuvchi 1948-1949-yillardagi Jeju qoʻzgʻoloni va uning doʻsti oilasiga taʼsiri haqida hikoya qiladi. Romanning fransuzcha tarjimasi 2023-yilda Étranger Prizesida gʻolib chiqdi[26].

2023-yilda Hanning toʻrtinchi romani „Yunon tili darslari“ Debora Smit va E Yaewon tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan[27].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Han Kang adabiyotshunos va Kyung Hee kiber universitetining professori Hong Yong-hee bilan turmush qurgan[28][29]. 2024-yilda Han u bilan koʻp yillardan beri birga emasligini aytib oʻtgan[30]. Hanning bir oʻgʻli bor, u bilan 2018-yildan beri Seulda kitob doʻkonini boshqaradi[31].

Mukofotlar

tahrir

2018-yilda Han „Kelajak kutubxonasi“ loyihasiga hissa qoʻshish uchun tanlangan beshinchi yozuvchi boʻldi. Loyiha tashkilotchisi Keti Patersonning aytishicha, Han „dunyo haqidagi tasavvurimizni kengaytirgani“ uchun tanlangan[32]. Han 2019-yil may oyida Dear Son, My Beloved qoʻlyozmasini taqdim etdi. Topshirish marosimida u oq matoni oʻrmondan sudrab oʻtib, qoʻlyozmaga oʻradi. U buni koreys madaniyatiga ishora sifatida tushuntirdi, unda oq mato ham chaqaloqlar uchun, ham motam liboslari uchun ishlatiladi va voqeani "mening qoʻlyozmamning bu oʻrmonga toʻyiga oʻxshaydi. Yoki yuz yillik uyqu uchun alla[33].

Han 2023-yilda Royal Society of Literature jamiyati aʼzosi etib saylangan[34][35].

„Vegetarian“ 2024-yil iyul oyida The New York Timesning "XXI asrning 100 ta eng yaxshi kitobi" roʻyxatida 49-oʻrinni egalladi[36].

2024-yilda Han Shvetsiya akademiyasi tomonidan „tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan va inson hayotining nozikligini ochib beruvchi nasriy sheʼri“ uchun adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[37][38][39].

Manbalar

tahrir
  1. „2024-yilgi Nobel adabiyot mukofoti g‘olibi Han Kang kim?“ (en). The Korea Times (2024-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-oktyabr.
  2. „ko:"hangangew, jeongenghaenghaengeng ilo jeon daegange"“ (ko). hangange (20-oktabr 2024-yil).
  3. „ko: "deu-i-i-i-i-i-i-i-i-i-i-ii daunhama"...engengeo hanseo jeonggaei-eng gangbai“ (ko) (11 oktyabr 2024 yil). Qaraldi: 13 oktyabr 2024 yil.
  4. {{{title}}}.
  5. Armitstead, Claire. „Han Kang: 'Writing about a massacre was a struggle. I'm a person who feels pain when you throw meat on a fire'“ (en-GB). The Guardian (2016-yil 5-fevral). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  6. „Chronology of major events in Han Kang's life“. Yonhap News Agency (2024-yil 10-oktyabr).
  7. 7,0 7,1 „How those who knew Han Kang remember her“ (en). The Korea Times (2024-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-oktyabr.
  8. „HAN Kang“. The International Writing Program. 2019-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  9. „HAN Kang“. The International Writing Program. 2019-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  10. „ko:필명 '한강현'에서 '한강의 기적'까지…역사적 순간 모아보니“ (ko). Seoul Shinmun. Qaraldi: 2024-yil 25-oktyabr.
  11. " Korean Writers: The Novelists ", Minumsa Publishing p. 78
  12. „Insonlar O'simliklar sifatida“. 2019-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-noyabr.
  13. Smith, Deborah; Shin, Sarah „Interview with Han Kang“ (en-US). The White Review (2016-yil mart). 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-noyabr.
  14. Khakpour, Porochista. The Vegetarian, by Han Kang“. The New York Times (2016-yil 2-fevral). 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-fevral.
  15. „Eyes that Pierce into the Hinterland of Life Novelist Han Kang“ (ko). Korean Literature Now. 2019-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-iyul.
  16. Alter, Alexandra (17 May 2016), „Han Kang Wins Man Booker International Prize for Fiction With 'The Vegetarian', The New York Times, 17 May 2016da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17 May 2016
  17. Fan, Jiayang (8 January 2018). „Han Kang and the Complexity of Translation“. The New Yorker. 9 November 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21 November 2021. „In 2016, "The Vegetarian" became the first Korean-language novel to win the Man Booker International Prize, which was awarded to both its author, Han Kang, and its translator, Deborah Smith.“
  18. „Han Kang's The Vegetarian wins Man Booker International Prize“. BBC (2016-yil 16-may). 2023-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-may.
  19. „The 10 Best Books of 2016“. The New York Times (2016-yil 1-dekabr). 2019-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
  20. „Human Acts“. Portobello Books. 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  21. McAloon, Jonathan „Human Acts by Han Kang, review: 'an emotional triumph'“. The Telegraph (2016-yil 5-yanvar). 2016-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
  22. Del Corona, Marco. „Premio Malaparte ad Han Kang“ (it-IT). Corriere della Sera. 2017-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  23. „Il Malaparte 2017 ad Han Kang“ (it-IT). Premio Malaparte (2017-yil 12-sentyabr). 2023-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-oktyabr.
  24. „Awards: Graywolf Press Africa; International Dublin Literary“. Shelf Awareness (2018-yil 6-aprel). 2023-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  25. „The Man Booker International Prize 2018 shortlist“. The Booker Prizes. 2019-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.
  26. Creamer, Ella. „South Korean author Han Kang wins the 2024 Nobel prize in literature“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
  27. Taylor, Catherine. „Han Kang's Nobel win is testament to importance of small press publishing“ (2024-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-oktyabr.
  28. Woo Jae-yeon. „Man Booker Int'l Prize winner Han Kang says writing book was journey for truth“. Yonhap News Agency (2016-yil 17-may). Qaraldi: 2024-yil 12-oktyabr.
  29. Hwang Ji-yoon; Lee Tae-hoon; Kim Seo-young „Discovering Han Kang: Nobel laureate bridging history and humanity through literature“. The Chosun Daily (2024-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-oktyabr.
  30. Kim Minjoo. „Han Kang Divorces With Her Husband, A Literary Critic Who Changed His Mind On 'Dink'“. Maeil Business Newspaper (2024-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  31. „ko:노벨상 작가님이 직접 운영한다고?…'3평' 골목책방 앞은 인산인해“ (ko). Maeil Business Newspaper (2024-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-oktyabr.
  32. Flood, Alison. „Han Kang to bury next book for almost 100 years in Norwegian forest“. The Guardian (2018-yil 31-avgust). 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.
  33. Flood, Alison. „Han Kang hands over book to remain unseen until 2114“. The Guardian (2019-yil 28-may). Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.
  34. „RSL International Writers: 2023 International Writers“. Royal Society of Literature (2023-yil 3-sentyabr). 2024-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  35. Spanoudi, Melina (30 November 2023). „RSL announces two new awards and appoints 12 authors to International Writers programme“. The Bookseller. 1 December 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12 October 2024.
  36. Staff, The New York Times Books. „The 100 Best Books of the 21st Century“ (en-US). The New York Times (2024-yil 8-iyul). 2024-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.
  37. „The Nobel Prize in Literature 2024“ (en-US). Nobel Media AB. Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
  38. „The Nobel Prize in Literature 2024 – Press release“ (en-US). NobelPrize.org. Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
  39. Creamer, Ella. „South Korean author Han Kang wins the 2024 Nobel prize in literature“ (2024-yil 10-oktyabr).

Yana qarang

tahrir

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxati