Hasan Normurodov

davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi, „Nuroniy“ jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi, Oʻzbekiston Qahramoni

Hasan Norbekovich Normurodov (1939-yil 16-noyabr, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2021-yil 24-aprel, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — davlat va jamoat arbobi, „Nuroniy“ jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi, Oʻzbekiston Qahramoni[1].

Hasan Norbekovich Normurodov
Tavalludi 16-noyabr 1939-yil
Vafoti 24-aprel 2021-yil(2021-04-24)
(81 yoshda)
ayrim manbalarda 23-aprel 2021-yil
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Kasbi oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi
Faoliyat yillari 19562021
Partiyasi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
Unvoni Oʻzbekiston Qahramoni
Turmush oʻrtogʻi Zuhra Normurodova
Otasi Norbek ota
Onasi Misqol aya
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

„Oʻzbekiston Qahramoni“ oliy darajadagi unvoni (2019), „Mehnat shuhrati“ (2008), „El-yurt hurmati“ (2012), „Doʻstlik“ (2012) ordenlari sohibi. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi aʼzosi[2], Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2020—2021) boʻlgan[3][1].

Hasan Normurodov 60 yildan ziyod mehnat faoliyati davomida Samarqand viloyatida turli davlat lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. Rahbrlik davrida Samarqand viloyatining turli hududlarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirgan. 2017-yilda aynan uning tashabbusi bilan Samarqand viloyatida 16 ta „Nuroniylar maskani“ barpo etilgan[4].

Tarjimayi holi tahrir

Hasan Normurodov 1939-yil 16-noyabrda Kattaqoʻrgʻon tumani Kichik koʻrpa qishlogʻi dehqon oilasida tavallud topgan[1][5]. Oʻrta maktabni tugatganidan soʻng, Kattaqoʻrgʻon pedagogika bilim yurti va Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Dastlab 17 yoshidanoq qishloq maktabida oʻzbek tiil va adabiyot fani oʻqituvchisi, keyinchalik yoshlar yetakchisi, tuman yoshlar qoʻmitasi rahbari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasida boʻlim mudiri, Kattaqoʻrgʻon shahri partiya qoʻmitasi rahbari, Jomboy tumani partiya qoʻmitasining ikkinchi kotibi[6], 1984−1988-yillarda Narpay tumani partiya qoʻmitasining birinchi rahbari[7], Samarqand viloyati partiya qoʻmitasining uchinchi kotibi, 1988−1995-yillarda Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi[8], 1995−2003-yillarda xalq taʼlimi va fan xodimlari kasaba uyushmasining Samarqand viloyat kengashi raisi, 2003−2020-yillarda „Nuroniy“ jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi, 2020−2021-yillarda Samarqand viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[9] lavozimida faoliyat yuritgan[1][6]. Vafotidan bir muddat oldin Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan boʻlgan[10][11][12]. 2021-yil 16-aprelda Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilmiy markazda davolanayotgan Hasan Normurodovning holidan xabar olgan[13][14].

Oilasi tahrir

Otasi Norbek (baʼzi manbalarda Normurod[15]) ota dehqon boʻlgan, onasi Misqol aya (1957-yilda vafot etgan). Ularning 6 nafar farzandi boʻlgan boʻlib, shundan 3 nafar oʻgʻil, 3 nafari qiz edi[15]. Hasan Normurodovning egizagi Zuhra erta vafot etgan. Bolaligida otasi Norbek ota vafot etganidan soʻng, oiladagi toʻrt farzandni onasi Misqol aya voyaga yetkazgan[16]. Hasan Normurodovning Ochiloy ismli opasi, Ergash, Hamdam ismli akalari boʻlgan. Rafiqasi Zuhra Normurodova. Ularning toʻrt nafar farzandi (ikki o‘g‘il, ikki qiz) bor[15].

Vafoti tahrir

2021-yil 24-aprel[1][17], ayrim manbalarda 23-aprel[18][19][20][21] kuni 82 yoshida Samarqandda vafot etgan[11].

Mukofotlari tahrir

2008-yilda „Mehnat shuhrati“, 2012-yilda „El-yurt hurmati“ va 2017-yil „Doʻstlik“ ordenlari bilan mukofotlangan[5][22]. 2019-yil 28-avgustda „Oʻzbekiston Qahramoni“ oliy darajadagi unvoni berilgan[1][4][23][24].

Oʻzbekiston Qahramoni tahrir

„Oʻzbekiston Qahramoni“ oliy darajadagi unvoni berilgandan soʻng Hasan Normurodovning hayoti, umr yoʻli haqidagi lavhalar aks etgan panno va lavhalar Samarqand shahrining asosiy koʻchalarida namoyish etilgan[25][26][27].

Shavkat Mirziyoyev Hasan Normurodovga Oʻzbekiston Qahramoni unvonini topshirar payti shunday degandi:

Hasan Norbekovichni Navoiy bobomizga oʻxshatib, gʻururlanaman![28]

Xotira tahrir

Publitsist Abdukamol Rahmonovning 2019-yilda nashr etilgan „Yetuklikning yetti siri“ nomli kitobi Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatgan insonlar, jumladan, Hasan Normurodovning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan[29][30]. 2021-yil Samarqand shahrida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda Hasan Normurodov nomi yodga olindi[31].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Oʻzbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafoti munosabati bilan hamdardlik“. prezident,.uz (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  2. „Ҳамдардлик!“. xdp.uz (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  3. „Samarqandda Senat a’zolari saylandi“. zarnews.uz (2020-yil 17-yanvar). 2023-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Erkinjon Turdimov: Hasan Normurodov oliy mukofotga munosib inson!“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2019-yil 29-avgust). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 „O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov 81 yoshga to‘ldi“. zarnews.uz (2020-yil 16-noyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 „O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafot etdi“. sputniknews.uz (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  7. „ҲАСАН НОРБЕКОВИЧ НОРМУРОДОВ НАРПАЙ ХАЛҚИ УЧУН ҚАДРЛИ ИНСОН ЭДИ“. Narpay tumani hokimligi rasmiy sayti (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  8. Suyun Karimov. „Odamiylik fenomeni: O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov hayot bo‘lganida bugun 82 yoshga kirardi“. zarnews.uz (2021-yil 16-noyabr). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  9. „Утвердили руководство Самаркандского областного управления по поддержке махалли и семьи“ (rus tilida). samcity.uz (2020-yil 21-fevral). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
  10. „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni holidan xabar oldi“. prezident.uz (2021-yil 16-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  11. 11,0 11,1 „Oʻzbekiston qahramoni, senator Hasan Normurodov vafot etdi“. kun.uz (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  12. „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni holidan xabar oldi“ (2021-yil 16-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  13. „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni holidan xabar oldi“. prezident.uz (2021-yil 16-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  14. „Президент Самарқандда даволанаётган сенатор Ҳасан Нормуродовни бориб кўрди“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 16-aprel). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  15. 15,0 15,1 15,2 Abdukamol Rahmonov. „Qalbida quyoshi bor inson“. zarnews.uz (2019-yil 28-avgust). 2024-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.
  16. Абдукамол Раҳмонов. „Умр манзилларида“. Adolat gazetasi, №5 (2019). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
  17. „Hasan akaning kamtarlik, samimiylik va qatʼiyatlilik fazilatlariga havas qilar edik – Norboyeva Hasan Normurodovning yaqinlariga hamdardlik izhor etdi“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  18. „O‘zbekiston Qahramoni, senator Hasan Normurodov vafot etdi“. uza.uz (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  19. „Oʻzbekiston Qahramoni, senator Hasan Normurodov olamdan oʻtdi“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  20. „Ўзбекистон қаҳрамони Хасан Нормуродов вафот этди“. gazeta.uz (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  21. „Oʻtganlarni yod etish — muqaddas qadriyat“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 9-may). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  22. „Ўзбекистон Қаҳрамони, сенатор Ҳасан Нормуродов вафот этди“. Paxtachi tuman hokimligi rasmiy sayti (2021-yil 24-aprel). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  23. „Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 28 августдаги «Ўзбекистон Қаҳрамони» унвонини бериш тўғрисидаги Фармони“. prezident.uz (2019-yil 28-avgust). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  24. „Каримов тақдирлаган 95 нафар қаҳрамон ким эди?“. rost.uz (2021-yil 4-yanvar). 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
  25. „Ҳасан Нормуродов ҳаёти, умр йўли ҳақидаги лавҳалар акс этган пано ва лавҳалар намойиш этилади“. Samarqand viloyati hokimligi sayti (2019-yil 29-avgust). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  26. „Erkinjon Turdimov: Hasan Norbekovich Normurodov oliy mukofotga munosib inson“. zarnews.uz (2019-yil 29-avgust). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  27. „Samarqandliklar o‘z ulug‘larini ulug‘lashni biladi“. zarnews.uz (2019-yil 31-avgust). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  28. Isomiddin Poʻlatov. „Muallimlikdan Qahramonlikkacha“. zarnews.uz (2019-yil 30-sentyabr). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  29. „Yetuklikning yetti siri“. zarnews.uz (2020-yil 22-yanvar). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  30. Durdona ALimova. „«Yetuklikning yetti siri» yoxud hayotning achchiq mashaqqatlari-yu, beayov sinovlari“. zarnews.uz (2020-yil 24-iyun). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  31. „O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganiga 30 yil to‘ldi“. zarnews.uz (2021-yil 1-noyabr). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (5 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 25-dekabr, 2023-yil(2023-12-25) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

.