Zakovat egalari (inglizcha: Hidden Figures) rejissyor Theodore Melfi tomonidan suratga olingan biografik filmdir. Bosh rollarda, Taraji P. Henson, Octavia Spencer, Janelle Monáe, Kevin Costner, Kirsten Dunst, Jim Parsons, Mahershala Ali, Aldis Hodge va Glen Powell. Film gʻoyasi Margot Lee Shetterly qalamiga mansub Hidden Figures nomli kitobga asoslangan. Film kosmik poyga paytida NASAda ishlaydigan uch afro-amerikalik ayol matematiklar haqida hikoya qiladi.

Zakovat egalari
Hidden Figures

Film posteri
Rejissyor(lar) Theodore Melfi
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
  • Allison Schroeder
  • Theodore Melfi
Rollarda
Bastakor(lar)
Kinematografiya Mandy Walker
Muharrir(lar) Peter Teschner
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi AQSH bayrogʻi 25-dekabr, 2016-yil
Oʻzbekiston bayrogʻi 16-mart, 2017-yil[1]
Davomiyligi 127 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $25 million[3]
Daromadi $236,2 million[4]

Zakovat egalari premyerasi 2016-yil 25-dekabrda Nyu-Yorkda boʻlib oʻtdi. Filmning distribyutori 20th Century Fox edi va byudjeti 25 000 000 dollarni tashkil etdi . Shou asosan ijobiy baholarga sazovor boʻldi va butun dunyo boʻylab 235 950 607 dollar yigʻdi.Film uchta nominatsiyada („Eng yaxshi film“, „Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy“, „Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli“) „Oskar“ va ikki nominatsiya („Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“, „Eng yaxshi musiqa“) boʻyicha „ Oltin globus“ ni qoʻlga kiritdi. U eng yaxshi harakat/sarguzasht filmi uchun Saturn mukofotini va eng yaxshi aktyorlar ansambl uchun ekran aktyorlari gildiyasi mukofotini qoʻlga kiritdi. AQSh filmni 2016-yilning eng yaxshi oʻntaligiga kiritdi.

Mazmuni tahrir

Film 1960-yillardagi iqtidorli afro-amerikalik matematiklar haqida boʻlib, ular NASA uchun AQShning kosmik parvozlari uchun zarur boʻlgan matematik hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.Qahramonlar nafaqat segregatsiyaga, balki jinsiga qarab kamsitishlarga ham duch kelishadi.SSSR kosmik sanoatidagi yutuqlar, xususan, sunʼiy yoʻldoshning uchirilishi AQSh hukumatini kosmik dasturni tezlashtirishga majbur qildi.Yangi reja va vazifalar NASA xodimlarining qora tanli ayollarga munosabatini oʻzgartirib, ularni yuqori lavozimlarga tayinlashga undaydi.

Rollarda tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Hidden Figures (2016)“. Afisha.uz. Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
  2. Hidden Figures. British Board of Film Classification. Qaraldi: 10-dekabr 2016-yil.
  3. Goldrich, Robert „Fall 2016 Director's Profile: Ted Melfi“. Shoot. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.
  4. „Hidden Figures (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 6-yanvar 2018-yil.

Havolalar tahrir