Hisor-olay togʻlari - Oʻrta Osiyodagi togʻ sistemasi. Shimolida Fargʻona botigʻi, janubida Pomir togʻlari va AfgʻonTojikiston botigʻi, gʻarbda Qizilqum choʻli, sharqda esa Fargʻona va Qaqshal tizmalarining janubi-sharqiy qismi bilan chegaradosh. Tarkibiga Olay tizmasi, Turkiston tizmasi, Nurota togʻlari, Zarafshon tizmasi va Hisor tizmasi kiradi. Ular bir-biridan kichik tektonik botiqlar va daryo vodiylari bilan ajralgan va bir qancha tarmokdardan tashkil topgan. H.-Hisor-Olayning sharqiy qismi Qirgʻiziston, oʻrta qismi Tojikiston va gʻarbiy qismi Oʻzbekiston Respublikalari hududida joylashgan. Barcha tizmalar deyarli ken-glik boʻylab 900 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. H.-Hisor-Olay sharqda Olay tizmasi bilan boshlanadi. Tizma shimolidan Fargʻona botigʻi, janubidan Olay botigʻi bilan chegaralangan va Sirdaryo va Amudaryolarning suvayirgʻichidir. Ushbu daryolarning koʻpgina irmoklari (Vaxsh, kofarnihon, Surxondaryo, Oqbura, isfayram, Xoʻjabaqirgʻon, Shohimardon va boshqalar) Olay tizmasidan boshlanadi.

H.-Hisor-Olay gersin burmalanishi davrida shakllangan va hozirgi balandligiga yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Tizmalar, asosan, paleozoy davri choʻkindi, metamorfik va otqindi togʻ jinslaridan (slanets. qumtosh, konglomerat, ohaktosh, dolomit, granit, granodiorit va boshqalar) tashkil topgan. Tizmalarni bir-bi-ridan ajratib turgan botikdar, daryo vodiylari hamda Hisorning janubi-gʻarbiy tarmokdari yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr choʻkindi togʻ jinslaridan tuzilgan.

Tektonik jihatdan H.-Hisor-Olay yaxlit yirik antiklinoriyni tashkil qilsa, alohida tizmalar antiklinoriyga mos keladi.

H.-Hisor-Olay togʻli oʻlka boʻlganligi sababli, tizmalar yon bagʻirlarida balandlik iqlim mintaqalari ifodalangan. Tizmalar etaklaridan yuqoriga tomon iqlim mintaqalari almashinib boradi. Biroq, ular har qaysi tizmada va ularning yon bagʻirlari ekspozitsiyalarida har xil balandliklarda joylashgan. Tizmalarning 350–450 m balandlikkacha boʻlgan qismlari (togʻ etaklari), asosan, choʻl va chalachoʻl iqlim mintaqasiga mos keladi. Bu minta-qada havo trasining sutkalik va yillik amplitudasi katta, yogʻingarchilik miqdori, nisbiy namlik va bulutli kunlar kam. Qish qisqa, sovuq emas, yoz uzoq vaqt davom etadi. Tizmalarning 1500 m balandlikkacha boʻlgan qismida dasht iqlim minta-qasi oʻrin olgan.

Iyulning oʻrtacha temperaturasi 20—25°, eng yuqori temperatura 35—40°. Togʻlarning gʻarbida temperatura sharqiy qismiga nisbatan yuqoriroq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, —7°, eng pas temperatura —25°, —30°. Yillik yogʻin 700 mm. Oʻrtacha 1500 m dan 3500 m gacha balandliklarda tipik togʻ iqlimi hukm suradi. Bu mintaqada iqlim ancha sovuq va nam. Yillik yogʻin tiz-malarning gʻarb va shimoli-gʻarbga qaragan qismlarida 1000 mm dan ziyod. Undan yuqori qismida nivalglyatsial mintaqa joylashgan.

H.-Hisor-Olaydan boshlanadigʻan barcha daryo va soylar Sirdaryo, Amudaryo, zarafshon daryolari havzasiga mansub. Olay, Turkiston, Nurota tizmalarining shimoliy yon bagʻirlaridan boshlanadigan hamma daryolar (Qurshab, Oqbu-ra, Aravon, Isfayram, Shohimar-don, Soʻx, Isfara, Xoʻjabaqirgʻon, Oqsuv, Zominsuv, Sangzor va boshqalar) Sirdaryo havzasiga qaraydi. Olay, Turkiston, Zarafshon, Hisor tiz-malarining janubiy yon bagʻirlaridan boshlanuvchi daryolar (Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqalar) Amudaryo havzasiga mansub. H.-Hisor-Olaydan boshlanuvchi daryolar havzasining yuqori qismlarida koʻplab muzliklar va doimiy qor qoplamlari mavjud. Daryolar yomgʻir va mavsumiy qorlar erishidan hamda yer osti suvlaridan toʻyinadi.

H.-Hisor-Olayda kelib chiqishi va katta-kichikligi turlicha boʻlgan koʻllar (Iskandarkoʻl, Molguzar, Yashilkoʻl, Koʻkkoʻl, Kuchandi, Shalaktama koʻl, Oqtol, Shaxshibaytkoʻl, Oʻrtadovon, Baqaloq, Suychiqti, Azarchashma, Koʻlikalon, Gushor, Chaldara, buinkoʻl, Nejigan, Nofin, Xurdak, Hazarchashma va boshqalar) bor.

Tuproq va oʻsimliklar balandlik mintaqalari boʻylab tarqalgan. Ularning tarqalishiga tizmalar yon bagʻirlarining kungay yoki terskayligining ham katta taʼsiri bor. Tizmalar etaklarida harorat ancha balandligi va kam yogʻin tushganligi tufayli choʻl va chalachoʻl, dashtlarga xos tuproq va oʻsimliklar tarqalgan. Tizmalarning oʻrtacha baland qismlarida tuprogʻi kulrang va jigarrang tuproqlar. Bu tuproqlarda keng bargli oʻrmonlar oʻsadi. Olay va Turkiston tizmalarining shimoliy yon bagʻirlarida 1900–2000 m dan 3000 m gacha balandliklarda jigarrang, qoʻngʻir tuproqlarda archazor tarqalgan. Archalar ostida betaga, yugan va boshqa dasht oʻsimliklari oʻsadi.

Dengiz sathidan 2800–3000 m balandliklarda subalp baland togʻli mintaqasi joylashgan boʻlib, u yerlarda togʻ-oʻtloq-dasht tuproqlari tarqalgan. Bu mintaqada dashtlarga xos oʻsimliklar bilan birga yirik soyabon-gullilardan yugan, kamol, sevchek, baʼzi bir joylarda bularga oq soʻxta, qoʻngʻirboshlar aralashib oʻsadi. 3000 m dan balandda alp mintaqasi joylashgan. Mintaqada togʻ-oʻtloq-dasht yarim torfli tuproqlar uchraydi. Oʻsimlik qoplami past boʻyli krio-fit dashtlidir. Undan yuqorida sub-nival mintaqa joylashgan boʻlib, tuproq, oʻsimliklar baʼzi yerlarda-gina uchraydi. 3600–4000 m balandliklar nival-glyatsial mintaqadan iborat. Mintaqa katta qismlari yalang qoya, toshloq, qor, muzliklar bilan qoplangan.

Murod Mamatqulov.