Ichan qalʼa devori (yoki Ichon-qal’a devori) — Oʻzbekiston Resbublikasi Xorazm viloyatining Xiva shahrida bugungi kungacha saqlanib qolgan oʻrta asr istehkomlarining nodir namunalaridan biri, arxeologiya yodgorligi. Devor istehkomi XIIIXIV asrlarga oid boʻlib, u bugungi kunda „Ichan qal’a“ mahallasida joylashgan.

Ichan qalʼa devori
Ichon-qal’a devori
Umumiy maʼlumot
Turi Arxeologiya yodgorligi
Manzili „Ichan qal’a“ MFY
Shahar Xiva
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°22′59″N 60°21′30″E / 41.383048036012546°N 60.358241551766035°E / 41.383048036012546; 60.358241551766035
Qurilishi boshlangan XIII asr
Qurilishi tugagan XIV asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Balandligi
Balandligi 8—10 metr
Texnik holati
Material Pishiq gʻisht
Map
Ichan qalʼa devori xaritada

Ichan qalʼa devori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Ichan qalʼa devorining uzunligi 2200 metr boʻlib, toʻrt tomonga qarata qurilgan darvozalari bor. Qalʼa ichkarisining umumiy maydoni 26 gektarni (650x400m) tashkil etadi[3].

Tarixi

tahrir

Ichan qal’a devorlari miloddan avvalgi VIV asrlarda qurilgan, ular Dishan qal’a devori sathidan balandroq joylashgan boʻlib, bu tabiiy relyefi (afsonaga koʻra, shahar qumli tepalikda qurilgan) sabablidir. Shahar devorlari pishiq gʻishtdan (40x40x10 sm) qurilgan boʻlib, asrlar davomida bir necha marta qayta tiklangan. Ichan qal’aning devorlari balandligi 8—10 metr, kengligi 6—8 metr, uzunligi esa 2250 metrni tashkil etadi. Har 30 metrda Ichan qal’a devorlaridan tashqariga chiqish mumkin boʻlgan dumaloq mudofaa minoralari joylashgan. Devor va minoralarning tepasida qamal paytida dushman hujumlarini qaytarish uchun tor hamda qirrali panjaralar oʻrnatilgan. Mudofaa istehkomlari tizimida suv bilan toʻldirilgan ariqlar boʻlgan; hozir ham buni janubiy qismida saqlanib qolgan tarixiy izlardan koʻrish mumkin, shimol va gʻariy qismida esa qadimiy zovurlarning oʻrinlari mavjud[4].

Shaharni oʻrab turgan ikkalar qalʼa devorlari xom loy hamda baʼzi joylari xom gʻishtdan barpo etilgan. Balandligi 8—10 metrni tashkil etib, uning ustida soqchilar, shahar himoyachilari, shuningdek, jangovor aravalar yura olishi uchun maxsus yoʻlak va oʻq otishga moʻljallangan shinaklar mavjud edi. Bundan tashqari har bir qal’a devorining va darvozalarning oʻz tarixi, rivoyat va afsonalari ham boʻlgan. Darvozaning ichkarisi qismidada soqchilar dam olishi uchun moʻljallangan maxsus xonalar boʻlgan. Koʻhna shahar darvozalari oldida va ichkarisida savdo rastalari va chorsular joylashgan. Darvozalar kechalari yopib qoʻyilib, aholi uchun ertalab yana ochilgan.

Qadim zamonlarda qal’a devorining ichkari va tashqari tomonida qabrlar boʻlib, u yerlar qabristonga aylantirilgan edi. Bu qabrlarning qal’a devorida qoʻyilishiga asosiy sabab, ularning otashparastlik davridan qolganligida edi. Otashparastlar odatlariga koʻra oʻz yaqinlarining suyagini uyidan uzoqlashtirmagan. Suyaklarni maxsus ostadonlarga joylashgan va uni uy devorining ichki qismiga qoʻyishgan. Janub tomonda joylashgan Tosh darvozaning gʻarbiy qismidan boshlab, shimolda joylashgan Bogʻcha darvozasigacha qal’a devorining tashqi qismigacha qabrlar boʻlgan. Ichkari qismida esa faqat janubiy tomondagina qabrlar joylashgan boʻlib, ularning aksariyati bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Oz qismi taʼmirlanib, tarixiy obida sifatida saqlanib kelinmoqda[5].

Manbalar

tahrir