Igor Pavlovich Belov (ruscha: Игорь Павлович Белов 1954-yil 21-oktyabr) – sovet, belarus va rus sobiq futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

Igor Belov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Pavlovich Belov
Tavallud sanasi 21-oktyabr 1954-yil
Tavallud joyi Grodno, Belorussiya SSR
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Himoyachi

Faoliyati

tahrir

Klub bilan

tahrir

Igor SSSR Ikkinchi ligasining 2-zonasida Grodnoning „Ximik“ jamoasida oʻynagan. 1976-yilda u Minskning „Dinamo“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U SSSR Oliy va Birinchi ligalarida Dinamo safida toʻp tepgan. 1982-yilda u SSSR chempioni boʻldi. 1984-yilda Mogilevdan „Dnepr“ jamosi safiga qoʻshildi. 1988-1989- yillarda „Navbahor“ jamosida oʻynagan. 1992-yilda Vladivostok „Promne“ jamosi bilan birgalikda u elita divizioniga koʻtarildi. U oʻz faoliyatini 1993-yilda yakunlagan.

SSSR oliy ligasida 71 oʻyin oʻtkazgan. Rossiya oliy ligasida 8 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murrabiylik faoliyati

tahrir

1994-1995-yillarda Vladivostokning „Ramen“ jamoasini boshqargan. Hozirda u Belarus futbol federatsiyasi va Belarus sport tashkilotlarida oʻyin delegati sifatida ishlaydi.

Yutuqlari

tahrir
  • SSSR chempioni: 1982-yil
  • SSSR chempionatining bronza medali sovrindori: 1983-yil
  • SSSR Birinchi ligasining bronza medali sovrindori: 1978-yil
  • Rossiya birinchi divizioni gʻolibi: 1992-yil

Havolalar

tahrir