Ioannis Amanatidis (talaffuzi: Jon Amanatidis; 1981-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Hujumchi va qanot hujumchisi sifatida oʻynagan. Gretsiyani yuqori darajadagi xalqaro miqyosda himoya qilgan.

Ioannis Amanatidis
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-dekabr 1981-yil (1981-12-03) (42 yosh)
Tavallud joyi Kozani, Gretsiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—1995 Stuttgarter SC
1995—1999 VfB Stuttgart
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2004 VfB Stuttgart 35 (6)
2000—2002Greuther Fürth (ijara) 42 (12)
2004Eintracht Frankfurt (ijara) 15 (6)
2004—2005 1. FC Kaiserslautern 23 (6)
2005—2011 Eintracht Frankfurt 140 (42)
Milliy terma jamoa
2000—2003 Gretsiya U21 15 (2)
2002—2009 Gretsiya 35 (3)
Boshqargan klublari
2014—2016 Iraklis U20
2016 Iraklis (vaqtinchalik)
2019—2020 St. Gallen (yordamchi)
2020 PAOK (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Amanatidis Gretsiyaning Kozani shahrida tugʻilgan. Oilasi toʻqqiz yoshida Stuttgartga koʻchib oʻtdi va SC Stuttgartga qoʻshildi. Ikki yildan soʻng VfB Stuttgart akademiyasiga kirdi. 2002-yilda Bundesligadagi faoliyatini boshladi, SpVgg Greuther Fürthda ijara asosida oʻynagan. VfB Stuttgartning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Felix Magath bilan kelishmovchiliklar boʻlganidan soʻng, Bundesliganing „Eintracht Frankfurt“ jamoasiga ijaraga berildi, keyinroq jamoa ikkinchi divizionga tushib ketdi

Yozda 1. FC Kaiserslauternga erkin agent sifatida oʻtdi. Bir mavsumdan soʻng Frankfurtning „Eintracht“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

2008-yilning aprel oyida „Eintracht“ sardori Amanatidis klub bilan shartnomasini 2012-yilgacha uzaytirishga rozi boʻlgani xabar qilingandi.

2011-yilning 18-iyulida professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qildi. Barcha musobaqalarda 325 oʻyinda 98 gol, 24 golli uzatma qayd etgan.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Amanatidis Gretsiya terma jamoasi safida ilk bor 2002-yilning noyabrida Irlandiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[1]. 2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi uchun yakuniy tarkibda tanlangan. Braziliya va Meksikaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2010-yil 9-avgustda Amanatatidis xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi[2]. Yevro-2008 final bosqichi uchun yakuniy tarkibga kiritilgan va Shvetsiya, Ispaniya va Rossiyaga qarshi barcha oʻyinlarda maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 2014-yilda Iraklis U20 jamoasiga zaxira jamoasi bosh murabbiyi sifatida qoʻshildi. 2016-yilning oktyabr oyida asosiy jamoaning vaqtinchalik murabbiyi sifatida ishlagan. 2019-yilning 15-yanvarida Shveysariya Superligasining „St.Gallen“ klubi bosh murabbiy boʻldi[3]. 2020-yil 3-avgustda Abel Ferreiraning PAOKda yangi bosh murabbiy yordamchisi boʻldi[4].

Xalqaro gollari

tahrir
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2007-yil 17-oktyabr Istanbul, Turkiya   Turkiya 0-1 Gʻalaba UEFA Yevro-2008 saralashi
2. 2007-yil 17-noyabr Afina, Gretsiya   Malta 5-0 Gʻalaba UEFA Yevro-2008 saralashi
3. 2008-yil 24-may Budapesht, Vengriya   Vengriya 3-2 Magʻlubiyat Oʻrtoqlik oʻyini

Yutuqlari

tahrir

VfB Stuttgart

  • UEFA Intertoto kubogi : 2002[5]

Eintracht Frankfurt

  • DFB-Pokal ikkinchi sovrindori: 2005—2006

Manbalar

tahrir
  1. „Papadopoulos in Greek squad“. BBC (23-may 2004-yil). Qaraldi: 19-iyun 2014-yil.
  2. „Amanatidis tritt aus Nationalelf zurück“ (olmoncha). T-Online (9-avgust 2010-yil). 2011-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2010-yil.
  3. Brägger, Christian. „Amanatidis kommt zum FCSG – Wiss könnte Kreuzband gerissen haben“ (olmoncha). St.Galler Tagblatt (15-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2019-yil.
  4. Αντωνόπουλος. „Οριστικό: Συνεχίζει στην Ελλάδα ο Γιάννης Αμανατίδης!“ (grekcha). Galanolefko.gr - Νέα, Ειδήσεις και Αφιερώματα για την Εθνική (2-avgust 2020-yil). Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.
  5. „Stuttgart 2-0 Lille (Aggregate: 2 - 1)“. uefa.com. 2002-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.

Havolalar

tahrir