Ja’far ibn Abu Ali Samarqandiy

Jaʼfar ibn Abu Ali Samarqandiy (arabcha: جعفر بن أبي علي سمرقندي — Jaʼfar ibn Abu Ali Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abulabbos Jaʼfar ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Bakr Mustag‘firiy Nasafiy Samarqandiy (vafoti 1040-yil)) — Tarixchi, adib, muhaddis va faqih.

Ja’far ibn Abu Ali Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Tarixchi, adib, muhaddis, faqih

Hayoti tahrir

Jaʼfar ibn Abu Ali Samarqandiy ko‘zga ko‘ringan tarixchi, adib, muhaddis va faqih bo‘lgan. Dehxudoning „Lug‘atnomaasarida yozilishicha, [[alloma[[ bir necha vaqt Marv va Saraxsda istiqomat qilgan. Shu yerda boshlang‘ich maʼlumotni olgandan keyin Buxoroga borib yashagan va u yerning bir necha olimlaridan taʼlim olgan. Jaʼfar ibn Abu Ali Samarqandiy Nasaf (Qarshi) shahrida yashab, shu yerda 432/1040-yili vafot etgan.

Faoliyati tahrir

Samarqandiy nisbasi uning Samarqandda yashagani yoki u yerda tugʻulganidan dalolat beradi. Jaʼfar ibn Abu Ali Samarqandiy tarix, adabiyot va boshqa fanlar sohasida „Kitob tarixi Samarqand“, „Kitob tarixi Nasaf va Kesh (Shahrisabz)“, „Kitobu-sh-sheʼr va-sh-shuaro“ („Sheʼr va shoirlar haqida kitob“), „Kitobu-l-vafo“, („Vafo kitobi“), „Kitob daloili-n-nubuvva“ („Payg‘ambarlik dalillari kitobi“), „Kitobu-d-daʼa-vot“ („Targ‘ibotlar kitobi“), „Kitob xutabu-n-nabiy“ („Payg‘ambar xutbalari kitobi“), „Kitob tibbi-n-nabaviy“ („Payg‘ambarga oid tabobat kitobi“) kabi asarlarni yozgan. Jaʼfar ibn Abu Ali Samarqandiyning otasi Abu Ali Muhammad ibn Mustag‘firiy (318/930-372/982-yillar) ilm olishida ustozi bo‘lgan. Shuningdek, bobosi Abu Bakr Mu’taz ibn Muhammad ibn Mustag‘fir, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad Roziy Saraxsda ibn Abu Ali Zohir ibn Ahmad Saraxsiy, Naysaburda Abu Sahl Horun ibn Ahmad Astrobodiy, Buxoroda Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad Gʻunjor, Marvda Ibrohim ibn Haysam Muhammad ibn Kushmihaniydan taʼlim olgan. O‘g‘li Abu Zarr shogirdlaridan hisoblanadi, otasidan keyin Nasaf xatibi bo‘lgan. Shuningdek, Abu Mu hammad Abdulaziz Naxshabiy (vafot 56 −457/1064-1065 y.), „Al-ansob“ sohibi Sam’oniyning katta bobosi Qozi Abu Mansur Sam’oniy, Abu Muhammad Hasan ibn Ahmad Samarqandiy, Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik va boshqalarga ustozlik qilgan.[1]

Asarlari tahrir

  • „Kitob tarixi Samarqand“,
  • „Kitob tarixi Nasaf va Kesh“,
  • „Kitobu-sh-sheʼr va-sh-shuaro“,
  • „Kitobu-l-vafo“,
  • Kitob daloili-n-nubuvva",
  • „Kitobu-d-daʼavot“,
  • „Kitob xutabu-n-nabiy“,
  • „Kitob tibbi-n-nabaviy“

Manbalar tahrir

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 557.