Jaffa apelsin (arabcha: ‏برتقال يافا), shuningdek, Shamouti apelsini (arabcha: برتقال شموطي) nomi bilan ham ataladi. Unchalik katta boʻlmagan urugʻlari va qattiq poʻstlogʻi boʻlgan, eksport qilish uchun qulay apelsin navi. XIX asr oʻrtalarida arab fermerlari tomonidan ishlab chiqilgan nav nomi ilk bor eksport qilingan shahar Jaffa sharafiga qoʻyilgan[1][2]. Apelsin shaharning asosiy sitrus eksporti hisoblangan. U achchiq apelsin bilan birga Oʻrta yer dengizi, Janubiy Yevropa va Yaqin Sharqda yetishtiriladigan uchta asosiy meva navlaridan biridir. Jaffa Kipr, Iroq, Isroil, Falastin, Livan, Suriya, Iordaniya hamda Turkiyada davlatlarida oʻstiriladi[2][3].

Yaffa apelsinlari Quddusdagi Mahane Yehuda bozorida sotilmoqda

Xususiyatlari

tahrir
 
Bir Salimdagi apelsin bogʻlari.

Jaffa apelsinlari shamouti nomida ham tanilgan, ular deyarli urugʻsiz boʻlib, „aʼlo“, „shirin“ va „nozik tamga ega“ degan maʼnoni bildiradi[2][4][5]. Mintaqada yetishtiriladigan boshqa asosiy apelsin navlari Eronda qobigʻi uchun oʻstiriladi[2]. Jaffa apelsin ovalsimon shakli va poʻstlogʻining qalinligi bilan ajralib turadi. Poʻstlogʻining rangi quyuq toʻq sariq va mevadan ajratib olish juda oson. Uning qalin poʻstlogʻi eksport uchun asosiy mos keladigan xususiyati hisoblanadi[4][5]. Undan juda kam sharbat ishlab chiqarishda foydalaniladi va tez achchiqlanishga moyilligi sababli, yaxshi saqlansa ham sharbat ishlab chiqarishga yaroqsiz[5]. Jaffa apelsinlari sovuqqa juda chidamli va odatda apelsin oʻsishi uchun qulay boʻlgan subtropik mintaqalardan tashqarida ham oʻsa oladi. Jaffa apelsinlari Alternaria qoʻziqorin turiga moyil boʻlib, muqobil turgʻunlikka ega. Afrika, Gʻarbiy Osiyo va Yevropa davlatlari chorrahasi boʻlgan Falastin turkiy davrning oxirlarida (milodiy 1200–1900-yillar) imperatorlik hukumati va global tarqatish tarmoqlari eksporti uchun bir qancha tovarlar ishlab chiqargan. Mahsulotlar Nabulsi sovuni, qand, arpa, apelsin va paxta kabilardan iborat boʻlgan. Paxta butun mintaqa boʻyicha birinchi oʻrinda boʻlsa-da, Falastinda ishlab chiqarishning ramzi sifatida Jaffa apelsini yagona tovar boʻlib qolgan.

Tarixi

tahrir
 
1841-yilgi Jaffa apelsin plantatsiyalari xaritasi.

Jaffa apelsini arab fermerlari tomonidan XIX asr oʻrtalarida Jaffa shahri yaqinidagi „Baladi“ navli daraxtda mutatsiya natijasida yaratilgan yangi nav boʻlgan[1][2]. Nordon apelsinni gʻarbga Xitoy va Hindistondan mahalliy savdogarlar olib kelgan boʻlsa, Jaffa apelsin Xitoydan olib kelingan shirin apelsin (sinensis) dan yaratilgan[2]. Qrim urushidan soʻng (1853—1856-yillar) mahalliy qishloq xoʻjaligining eng muhim yangiligi sitrus yetishtirishning tez fursatda koʻpayishi boʻldi[4]. Jaffa (Shamouti) apelsin yetishtiriladigan boshqa navlar orasida birinchi oʻrinda turgan. Uning Yevropaga eksport qilinganligi haqida birinchi manbalarni 1850-yillarda Britaniya konsullik hisobotlarida uchratish mumkin[1][4]. Eksport bozorining rivojlanishiga sabab boʻlgan omillardan biri XIX asrning birinchi yarmida paroxodlarning mukammalllashuvi boʻlgan va bu orqali apelsinlar Yevropa bozorlariga haftalar ichida emas, balki bir necha kunda eksport qilingan[6].

Eksport miqdori

tahrir

Eksport miqdori 1845-yilda 200 ming apelsinni tashkil qilib, 1870-yilda esa ularning soni 38 milliontagacha koʻpaygan[6]. Bu vaqtdagi sitrus mevalar plantatsiyalari faqat kichik fermerlarniki boʻlib qolmay, badavlat falastinlik savdogarlar va zodagonlar ham apelsin yetishtirish bilan shugʻullangan va mevalar ham hosilga kirgunicha bir necha yil davomida katta kapital sarmoyalarni talab qilgan[4][7]. Jaffa opelsinlari ilk marta „Jaffa“ yorligʻi ostida 1870-yilda nemis Templer Sarona koloniyasi (1868-yilda tashkil etilgan) tomonidan sotilgan[8]. 1872-yildagi Yevropalik sayohatchi Jaffa haqidagi tasavvurlarini quidagicha izohlaydi: „Jaffa atrofi apelsin bogʻlari bilan boy, ular haqli ravishda qadrlanadi va egalari uchun asosiy mablagʻ manbai hisoblanadi. Jaffada yetishtiriladigan mevalarning yillik sarmoyasi10 000 funtni tashkil qiladi[7]“. 1880-yillarda amerikalik ishlab chiqaruvchi H. S. Sanford ham Florida shtatida Jaffa apelsinini yetishtirishga urinib koʻradi[9].

Sanoatining rivojlanishi

tahrir
 
Jaffa apelsin qutilari eksport uchun yuk kemasiga tashilmoqda, taxminan 1930-yil.

Apelsin sanoatining tobora rivojlanishi Yevropaning Jaffaga boʻlgan qiziqishini oshirdi. 1902-yilda sionist amaldorlar apelsin ishlab chiqarish jadalligini oʻrganishda turli Falastin egalari, Angliya, Turkiya, Misr hamda Avstriya-Vengriya kabi asosiy eksport bozorlarini misol qilib olgan. Anʼanaviy arabcha yetishtirish usuli „ibtidoiy“ deb hisoblansada, moliyaviy harajatlar jihatdan yigirma yil oʻtib ularning oʻrnini egallagan sionistik-Yevropa ishlab chiqarilishiga nisbatan ancha tejamkor ekanligi isbotlangan[7].

Falastinga kirib kelgan sionistlar Jaffa apelsin sanoatini rivojlantirish uchun yangi yetishtirish usullarini ishlab chiqdi. 1930-yilgi Hope Simpson soʻrovnomalariga koʻra quidagilar aniqlangan:

"Yahudiylarning tadqiqotlari boshlanishidan avval arablar tomonidan joriy etilgan apelsin yetishtirish usullari ana shu yangi tadqiqotlar natijasida yanada rivojlangan. Falastinda apelsin hamda greypfrut yetishtirish texnikasining mukammallashuvi yahudiy dehqonlarining ishlab chiqqan ilmiy usullari bilan bogʻliq".

 
Petah Tikvada apelsinlarni qadoqlash, 1938-yil.

1928-yil oxirlarida yahudiylar tomonidan 60 ming dunam apelsin bogʻlarini oʻzlashtirilgan. Birinchi jahon urushigacha unumdor apelsinzordagi bir dunam yerning narxi 50-75 funt sterlingga yetgan boʻlsa, 1929-yilga kelib huddi shu bogʻlar 150-200 funt sterlingacha baholangan[10]. 1933-yilda yahudiylarning apelsin sanoati arablarga tegishli apelsin sanoatini ortda qoldirdi[11]. 1939-yilda Falastindagi yahudiylar hamda arablarga tegishli apelsin bogʻlari 75,000 akr (300 km2) maydonni tashkil etgan. Bogʻlarda 100 000 dan ortiq ishchi ishlagan. Ikkinchi jahon urushi davrida (1939-1945) mintaqa boʻyicha sitrus mevalar yetishtirish koʻrsatkichi ancha pasayib ketgani sababli arablarga tegishli apelsin sanoati faoliyati yahudiylar apelsin ishlab chiqarishidan ancha ilgarilab ketadi[11]. 1948-yilgi urushdan keyin, Falastin arablari qoʻlidagi apelsin bogʻlarining aksariyati yangi Isroil davlati tasarrufiga oʻtadi. Apelsin yetishtirish sanoati arablarning faoliyatidan mahrum boʻlgach „kashshof ishchi harakati loyihasi“ sifatida taqdim etiladi[12].

Merosi

tahrir

Jaffa apelsinlari hosili Isroil hamda Falastin hududlarida noyabr va mart oylarida yigʻib olinadi. Sotuvga chiqarish mavsumi sentyabrda boshlanib, aprelga qadar davom etadi. Bir yillik hosilning yarmidan koʻp qismi eksport qilinadi. Yevropa Ittifoqi uchun asosiy yetkazib beruvchi Isroil davlati boʻlib, boshqa sitrus mevalar qatorida Jaffa apelsinlari asosiy mahsulot hisoblanadi[3]. 1950-1960-yillarda Jaffa apelsinlari Isroil davlatining timsoli boʻlgan. Hozirgi kunda Isroil iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi ahamiyatining umumiy pasayishi, mavjud suv resurslarining ortiqcha cheklovlari va mehnat muhojirlariga tayanish hosildorlikning pasayishiga olib kelgan[13][14]. Jaffa apelsinlariga Tel-Aviv-Yafo shahrida „Katta apelsin“ laqabi berilgan[15].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Issawi, 2006, p. 127.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Basan, 2007, p. 83.
  3. 3,0 3,1 Ladaniya, 2008, pp. 48–49.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Krämer, 2008, p. 91.
  5. 5,0 5,1 5,2 Page, 2008, p. 99.
  6. 6,0 6,1 Gerber, 1982.
  7. 7,0 7,1 7,2 LeVine, 2005, p. 34.
  8. https://www.tabletmag.com/sections/food/articles/rise-and-fall-of-israels-oranges
  9. Derr, 1989, p. 79.
  10. „Arab versus Jew: Jaffa and its oranges“. The Sydney Morning Herald.
  11. 11,0 11,1 Aderet 2015: „The two authors discovered that in 1933 the Arabs lost their primacy, in the wake of competition and large investments in the Jewish sector of the citrus industry. However, the situation was reversed again during World War II, at the end of which the total area of Arab-owned orchards exceeded that belonging to the Jews.“
  12. Aderet 2015: "After 1948, this reality disappeared from the Israeli and Palestinian consciousness. In the nascent state, the citrus industry was presented as a pioneering Labor-movement project, "void of any Arab presence, economically prosperous and enveloped in the scent of oranges, „ as the article in Zmanim puts it.“
  13. Marshall Cavendish, 2006, p. 938.
  14. Issawi, 2006, p. 32.
  15. NYT Travel – Introduction to Tel Aviv