Jalilabad tumani
Jalilobod tumani (ozarbayjoncha: Cəlilabad rayonu) Ozarbayjonning 66 ta tumanidan biri. Mamlakatning janubi-sharqida joylashgan va Lankaran-Astara iqtisodiy rayoniga kiradi. Tuman Mosolli, Yordimli, Bilasuvor, Neftchala tumanlari bilan chegaradosh. Markazi va eng yirik shahri — Jalilobod. 2020-yil holatiga koʻra, tumanda 225 300 kishi istiqomat qiladi[2].
Jalilobod tumani Cəlilabad rayonu | |
---|---|
Shahar | |
39°12′00″N 48°18′00″E / 39.20000°N 48.30000°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
{{{mintaqa_turi}}} | Lankaran-Astara |
{{{tuman_turi}}} | tuman |
Hukumat | |
• Hokim | Rafig Jalilov[1] |
Maydon | 1,440 km2 (560 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | ozarbayjon tili |
Aholisi (2020) |
225 300[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+4:00 |
Telefon kodi | +994 |
Pochta indeks(lar)i | 1500 |
|
Tarixi
tahrirJalilobod hududida joylashgan Hamashara shahri miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid. Shahar balandligi 3-metr-high (9.8 ft) qal’a bilan oʻralgan edi. Arablar hududga bostirib kirganidan keyin Hamashara shahri vayron boʻldi va keyingi davrlarda Hasilli shahri tashkil topdi. 1930-yillarda ruslarning Ozarbayjonga koʻchishi natijasida ozarbayjonlar va ruslar birga yashagan Astarxon-bozor shahri tuman markaziga aylandi.
Tuman 1930-yil 8-avgustda tashkil etilgan. 1967-yil 2-iyulga qadar Astraxan-bozor deb atalgan. Tuman nomi 1977-yil 2-iyunda ozarbayjon yozuvchi-dramaturgi Jalil Mammadqulizoda sharafiga Jalilobod deb atalgan. 1964-yil 26-may kuni Jalilobod Bilasuvar maʼmuriy-hududiy birligi tarkibiga kirdi. 1965-yil 6-yanvarda yana mustaqil tumanga aylandi.
1999-yil tumanda 190 dan ortiq munitsipalitet tashkil etildi. Munitsipalitet saylovida 841 kishi ishtirok etdi.
Tumanda qadimgi Bajiravon va Mugʻon shaharlari, Alikoʻmektepe va Misharchay turar-joylari, Qozon lojasi, Bajiravon tepaliklari, miloddan avvalgi IV ming yillikga oid Gurudere turar-joy mavzesi, bronza davriga odi Jinlitepa va Zardushtiy kulbalari Piraxonjar kabi arxeologik yodgorliklar mavjud[6]
Aholisi
tahrirDavlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2018-yil holatiga koʻra, tuman aholisi 219,5 ming kishini tashkil etib, 2000-yildagi 172 ming kishidan 47,5 ming kishiga (27 foizga yaqin) oshgan[3]. Jami aholining 110 700 nafarini erkaklar, 108 800 nafarini ayollar tashkil etadi[4]. Aholining 28,7 foizdan ortigʻini (63,2 mingga yaqin kishi) 14-29 yoshdagi yoshlar va oʻsmirlar tashkil etadi[5]. 219 286 nafari ozarbayjon, 130 nafari rus, 15 nafari turk, 14 nafari tatar, 12 nafari ukrain, 21 nafari tolish va 22 nafari boshqa millat vakillaridir.
Tuman | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jalilobod tumani | 172,0 | 174,1 | 176,0 | 177,9 | 179,8 | 182,3 | 184,8 | 187,0 | 189,4 | 191,7 | 194,1 | 196,5 | 198,8 | 202,0 | 205,6 | 209,3 | 213,0 | 216,6 | 219,5 | 222,4 | 225,3 | 227,6 |
shahar aholisi | 48,2 | 49,0 | 49,7 | 50,5 | 51,4 | 52,4 | 53,4 | 54,1 | 54,9 | 55,8 | 56,3 | 56,9 | 57,3 | 57,9 | 58,6 | 59,5 | 60,2 | 60,9 | 61,4 | 62,0 | 62,6 | 62,9 |
qishloq aholisi | 123,8 | 125,1 | 126,3 | 127,4 | 128,4 | 129,9 | 131,4 | 132,9 | 134,5 | 135,9 | 137,8 | 139,6 | 141,5 | 144,1 | 147,0 | 149,8 | 152,8 | 155,7 | 158,1 | 160,4 | 162,7 | 164,7 |
Galereya
tahrir-
Jalilobod tumaniga kiraverishdagi yo‘l belgisi
-
Jalilobod tumanidagi Shahidlar yo‘lagi
-
Tumandagi „Aztelekom“ MChJ
Manbalar
tahrir- ↑ „President Aliyev appoints new head of Jalilabad district“. Report News Agency.
- ↑ 2,0 2,1 „Population of Azerbaijan“. stat.gov.az. State Statistics Committee. Qaraldi: 2021-yil 22-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „Political division, population size and structure: Population by towns and regions of the Republic of Azerbaijan“ (en). The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „Political division, population size and structure: Population by sex, towns and regions, urban settlements of the Republic of Azerbaijan at the beginning of the 2018“ (en). The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „Political division, population size and structure: Population at age 14-29 by towns and regions of the Republic of Azerbaijan at the beginning of the 2018“ (en). The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Vikiomborda Jalilabad tumani haqida turkum mavjud |