Jalilobod
Jalilobod (ozarbayjoncha: Cəlilabad) Ozarbayjon Respublikasi Jalilabad tumani maʼmuriy markazi. Jalilobod shahrining 1967-yilgacha boʻlgan nomi Astraxon-bozor[2].
Jalilobod Cəlilabad | |
---|---|
Shahar | |
39°12′15″N 48°29′45″E / 39.20417°N 48.49583°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Tuman | Jalilobod |
Hukumat | |
Qachondan beri shahar | 1952 |
Rasmiy til(lar)i | ozarbayjon tili |
Aholisi (2012) |
43 300 |
Vaqt mintaqasi | UTC+4:00 |
Telefon kodi | +994 25 24[1] |
Pochta indeks(lar)i | AZ1500 |
|
Geografiyasi va iqlimi
tahrirJalilabod Mugʻon tekisligida, Misharchoy daryosi boʻyida, poytaxt Bokudan 215 km, Novogolovka temir yoʻl vokzalidan 12 km gʻarbda joylashgan[3].
Tarixi
tahrirDastlab, aholi punkti Hosilli deb nomlangan, bu odam ismidan kelib chiqqan (Hosil kishi ismi, -li qoʻshimcha). Keyinchalik Hosilli qishlogʻi Astraxon-bozor' nomini oldi[4]. 1967-yilda shahar ozarbayjon yozuvchisi Jalil Mammadqulizoda sharafiga Jalilobod deb nomlandi[3].
1989-yil 29-dekabrda Jalilabodda Neymat Panaxov boshchiligidagi Ozarbayjon Xalq fronti faollari shahar partiya qoʻmitasi binosini egallab oldilar, oʻnlab odamlar yaralandi[5].
1992-yildan Dariligʻ qishlogʻi Jalilabod shahri tarkibiga kiradi.
Aholisi
tahrir1886-yildagi oila roʻyxatlari materiallariga koʻra, Asulluda (Hosilli) 36 ta tutun (yaʼni xonadon) va 236 kishi yashagan va barchasi „tatar“ shialar (ozarbayjon shialar) boʻlgan[6].
1921-yilgi Ozarbayjon qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ozarbayjon SSR Lankoran uyezdi Astraxon-bozorda 1908 kishi (455 xoʻjalik) roʻyxatga olingan. Aholisi asosan ozarbayjon turklari (ozarbayjonlar)[7].
1959-yilgi aholini roʻyxatga olishda Astraxon-bozorda 6076 kishi yashagan[8]. 1979-yilgi roʻyxatga olishda Jalilobod shahri aholisi 19 962 kishini tashkil qilgan[9], 1989-yilgi roʻyxatga olishda 25 846 kishiga koʻpaygan[10].
Iqtisodiyoti
tahrirShaharda yogʻ-pishloq va vinochilik zavodlari bor.
Sporti
tahrir1990-yilda tashkil etilgan Umid futbol jamoasi Jalilobod sharafini himoya qiladi[11].
Arxeologik qazishmalar
tahrirBu hududda olib borilgan arxeologik qazishmalarda granit pechkalar, sopol idishlar, eneolit davriga oid mehnat qurollari va uy-roʻzgʻor buyumlari topilgan. Shuningdek, hududda Milliy fanlar akademiyasi Arxeologiya va etnografiya instituti xodimlari tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida Chemenli qishlogʻida topilma aniqlandi. Taxminlarga koʻra, qabrlar miloddan avvalgi davrga toʻgʻri keladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Şəhərlərarası telefon kodları“ (az). mincom.gov.az. 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 3,0 3,1 Азербайджанская советская энциклопедия. Баку: Главная редакция Азербайджанской советской энциклопедии, 1987 — 411-bet.
- ↑ Поспелов Е. М.. Имена городов: вчера и сегодня (1917 — 1992): Топонимический словарь. М.: Русские словари, 1993 — 153—154-bet.
- ↑ Том де Ваал.. „Глава 6. 1988-1990 гг. Азербайджанская трагедия“ (ru). Русская служба Би-би-си (2005-yil 8-iyul). 2021-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-dekabr.
- ↑ Свод статистических данных о населении Закавказского края, извлечённых из посемейных списков 1886 г., Тифлис, 1893.
- ↑ Азербайджанская сельско-хозяйственная перепись 1921 года. Вып 3. Ленкоранский уезд, Издание А. Ц. С. У., Баку, 1922 — 42—43-bet.
- ↑ „Всесоюзная перепись населения 1959 г. Численность городского населения союзных республик (кроме РСФСР), их территориальных единиц, городских поселений и городских районов по полу“. Демоскоп Weekly. 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-dekabr.
- ↑ „Всесоюзная перепись населения 1979 г. Численность городского населения союзных республик (кроме РСФСР), их территориальных единиц, городских поселений и городских районов по полу“. Демоскоп Weekly. 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-dekabr.
- ↑ Демоскоп Weekly - Электронная версия бюллетеня Население и общество. „Всесоюзная перепись населения 1989 г.“ (ru). Институт демографии Государственного университета - Высшей школы экономики. — Численность городского населения союзных республик, их территориальных единиц, городских поселений и городских районов по полу. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-sentyabr.
- ↑ Azerbaijan — List of Foundation Dates (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |