Jan Bert Lieve Vertonghen (niderlandcha: Jan Bert Lieve Vertonghen)—belgiyalik futbolchi, Portugaliyaning „Benfika“ klubi va Belgiya terma jamoasi himoyachisi.1987-yil 24-aprelda Flandriyaning Sint-Niklas shahrida tugʻilgan.Belgiya terma jamoasining oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchisi (132).

Bolalik va yoshlik yillar tahrir

Jan Vertonghen 1987-yil 24-aprelda Sint Niklasda Paula va Ria Vertonghenning oʻgʻli boʻlib tugʻilgan. Janning ikkita ukasi ham bor edi, katta Uord va kichik Lode[1]. Uchala aka-uka Vertonghen ham Sint-Niklas yaqinidagi Tilrode qishlogʻidagi bolalar jamoasida futbol oʻynashni boshladi.Keyin 12 yoshida, Jan Antverpenning „Germinal Beerschot“ yoshlar jamoasiga kirdi[1]. Aynan shu yerdan 15 yoshli Vertonghen 2003-yilda Amsterdamning „Ayaks“ klubiga koʻchib oʻtdi[1].Jan maktabni tugatmaganligi sababli,Vertonghen Amsterdamning Bijlmer tumanidagi maktabga borishga majbur boʻldi[1].Dastlab Jan „Ayaks“ning B-1 va A-1 yoshlar jamoalaridan oʻtdi va 2005-yilda Amsterdam yoshlar jamoasiga oʻtdi[1].

2005-yil 1-iyulda Vertonghen oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi."Ayaks" bilan shartnoma uch yillik edi.2005/06-yilgi mavsumda „Ayaks“ yoshlar jamoasi tarkibida Jan Gollandiya kubogida ishtirok etgan.Shunday qilib 2005-yil 20-sentabrda boʻlib oʻtgan „Kambyur“ga qarshi ikkinchi tur oʻyinida Vertonghen juda qiziq gol urdi. Hammasi „Ayaks“ futbolchisi Derk Burrigterning jarohat olib, maydonda yotgani bilan boshlandi."Kambyur"futbolchilari „feyr-pley“ qoidalariga amal qilib, toʻpni maydon tashqarisiga tepib yuborishdi.Jarohatlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatganidan soʻng, Vertonghen toʻpni "Kambyur"ga qaytarishi kerak edi, ammo Jan buni oshirib yubordi va 50 metrdan toʻpni balandlatib toʻgʻridan-toʻgʻri "Kambyur" darvozasining uzoq toʻqqizligiga joyladi.Shu tariqa uchrashuvda „Ayaks“ 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi, biroq goldan soʻng „Ayaks“ yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jon van den Brom jamoasidan gol oʻtkazib yuborishni soʻradi."Kambyur" hujumchisi Teys Xauving shunchaki toʻpni „Ayaks“ darvozasiga kiritdi.Natijada „Ayaks“ "Kambyur"ni 3:1 hisobida magʻlub etdi,Nurdin Buxari amsterdamliklar uchun bitta gol urdi,Vertonghen dubl qayd etdi.

Keyingi turda „Ayaks“ yoshlar jamoasi Apeldornning „AGOVV“ jamoasi bilan toʻqnash keldi. Uchrashuv 25-oktabr kuni Amsterdam Arenada boʻlib oʻtdi, biroq Vertonghen asosiy oʻyinchi sifatida eʼlon qilinmadi, ammo zaxirada qoldi. Faqat ikkinchi boʻlimda 0:0 hisobida, 69-daqiqada Jan Tom Kalkxyosa oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi va jamoalar 15 daqiqadan iborat qoʻshimcha ikki boʻlimda gʻolibni aniqlashlari kerak edi.Faqat 116-daqiqada Olaf Lindenberg oʻyinda hisobni ochdi.Yakunda „Ayaks“ son jihatdan koʻpchilik boʻlib oʻynab, gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi.Chunki mehmonlar futbolchisi 83-daqiqada maydondan chetlatilgandi.

Bir oy oʻtgach 20-dekabr kuni Gollandiya kubogining 1/16 final bosqichi oʻyini boʻlib oʻtdi.hVertongen jamoasi birinchi divizion klubi „Helmond Sport“ bilan uchrashdi. „Ayaks“ 10-daqiqadayoq kamchilik boʻlib qolgandi, himoyachi Yasper Kok maydondan chetlatildi.Oʻyin oxirida „Xelmond“ futbolchilari hisob ochishga muvaffaq boʻlishdi,39-daqiqada Orlando Smekes gol urdi. Ikkinchi boʻlim boshida Raydell Poupon hisobni tenglashtira oldi, ammo 12 daqiqadan soʻng Xelmond yana oldinga chiqib oldi.Ammo 64-daqiqada Vertonghen ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.Toʻqqiz kishi bilan oʻynagan „Ayaks“ 2:1 hisobida magʻlub boʻldi va Gollandiya kubogi musobaqasidan chiqib ketdi.

Klubdagi faoliyati tahrir

"Ayaks" tahrir

 
Vertonghen „Ayaks“ bilan 2011-yilda

2006-yilning yozida Jan bosh murabbiy Xenk ten Keyt tomonidan asosiy tarkibga olindi.Janning rasmiy debyuti 2006-yil 23-avgustda Yevropa Chempionlar ligasining 2006/07-yilgi mavsumda Daniyaning „Kopengagen“ jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi.Vertonghen 61-daqiqada himoyachi Xedviges Maduro oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.Uchrashuv „Kopengagen“ning mehmonda 0:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi va birinchi oʻyinda „Ayaks“ mehmonda 1:2[2] hisobida gʻalaba qozonganiga qaramay, daniyaliklar toʻplar farqi evaziga Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yoʻl olishdi[3].Chempionlar ligasidan chiqqan „Ayaks“ 2006/07-yilgi UEFA kubogiga yoʻllanma oldi.Vertonghen UEFA kubogidagi debyutini 2-noyabr kuni Avstriyaning „Austria“ qarshi guruh bosqichida oʻtkazdi.Faqat 78-daqiqada 3:0 hisobida amsterdamliklar foydasiga Jan Uesli Sneyder oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[4].30-noyabr kuni Jan UEFA Kubogidagi ikkinchi oʻyinini oʻtkazdi, Ispaniyaning „Espanyol“ klubiga qarshi oʻyinda jamoasi oʻz maydonida 0:2 hisobida magʻlub boʻldi[5].

2006-yil 3-dekabrda Vertonghen Erediviziyada debyutini „Villem II“ ga qarshi uy uchrashuvida oʻtkazdi, jan ilk daqiqalardanoq maydonga tushdi va markaziy yarim himoyachi rolini oʻynadi.Uchrashuv 6:0[6] hisobida amsterdamliklarning yirik gʻalabasi bilan yakunlandi.2007-yilning 3-yanvarida Jan „Ayaks“ bilan shartnomasini 2011-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi, avvalgi kelishuv 2008-yilning yozida tugaydi[7].

"Valveyk" jamoasida ijarada tahrir

2007-yil 31-yanvar „Valveyk“ klubiga ijaraga berildi[8].Vertonghendan tashqari „Ayaks“ boshqa yosh oʻyinchilarni ham turli jamoalarga ijaraga berdi, xususan Donovan Slingard,Mikael Kron-Deli,Raydell Poupon va Derk Burrigter shular jumlasidandir.

3-fevral kuni Jan „Valveyk“ safida „NAC“ qarshi safar oʻyinida debyut qildi, uning jamoasi 2:1 hisobida magʻlub boʻldi.Uchrashuv klubning qolgan ikki yangi aʼzosi, yaʼni Entoni Oboday va Tarik Sektuy[9] uchun debyut boʻldi.

Yetti kundan soʻng,10-fevral kuni Vertonghen „Gerakles“ga qarshi liga oʻyinida klub uchun debyut golini kiritdi.35-daqiqada Jan 16 metrlardan darvozani ishgʻol qildi va Martin Ryoser[10] darvozaga yordamchi boʻldi.Natijada „Valveyk“ oʻz uyida 2:0 hisobida gʻalaba qozondi, ammo bu gʻalaba klub uchun 2006/07-yilgi chhempionatdagi uchinchisi boʻldi.

2007-yilning 8-aprelida „Valveyk“ Amsterdamning „Ayaks“ klubi bilan uchrashdi va Jan oʻyinda qatnashdi.9-daqiqadayoq „Ayaks“ futbolchisi Gabri oʻyinda hisobni ochgan boʻlsa, oradan bir daqiqa oʻtib „Valveyk“ darvozani ishgʻol qilishga muvaffaq boʻldi,Vertonghen boshi bilan gol urdi.Goldan 8 daqiqa oʻtib Jan yana gol urish uchun ajoyib imkoniyatga ega boʻldi, ammo uning zarbasi noaniq ketdi. 21-daqiqada „Valveyk“ darvozaboni Ervin Lemmens xatosidan soʻng Uesli Sneyder jamoasini yana oldinga olib chiqdi,Klas-Yan Xüntelar golli uzatmani amalga oshirdi. Ikkinchi boʻlimda Vertonghen jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirdi, ammo „Ayaks“ darvozaboni Marten Stekelenburg uni bartaraf etdi.Uchrashuv tugashiga yigirma daqiqa qolganida hujumchi Luvamo Garsiya oʻyinda hisobni tenglashtirdi, „Valveyk“ oʻyin oxirigacha durangni saqlab qola oldi.

Toʻrt oy ichida Jan ligada 12 ta oʻyin oʻtkazdi va klub uchun 3 ta gol urdi[11],shuningdek oliy divizionga chiqish uchun 6 ta pley-off oʻyinida maydonga tushdi.Pley-off oʻyinlari natijalariga koʻra „Valveyk“ Gollandiya birinchi divizioniga tushib ketdi.

"Tottenxem" tahrir

 
Vertongen 2015-yilda „Tottenxem“ safida

2012-yil 12-iyulda "Tottenxem" sayti Vertongen[12][13] bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.2012-yilning 29-sentabr kuni Jan,Premer-liganing 6-turida „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻyinda „shporlar“ safidagi ilk golini urdi[14].U Yevropa ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinida „Inter“ga qarshi oʻyinda ham gol urdi.U oʻzining ilk dublini 10-mart kuni „Liverpul“ ga qarshi oʻyinda urdi, bu oʻyinda „shporlar“ 3:2 hisobida magʻlub boʻldi.Mart oyida esa u Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2020-yilning 27-iyulida u shartnomasi tugagach, klubni tark etdi.

"Benfika" tahrir

2020-yil 14-avgust kuni Lissabonning „Benfika“ klubi 33 yoshli Vertonghen bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.Jan yangi klubi uchun birinchi oʻyinni 2020-yil 15-sentabr kuni UEFA Chempionlar ligasining uchinchi saralash bosqichida Gretsiyaning „PAOK“ klubiga qarshi bir oʻyindan iborat oʻyinda (1:2) oʻtkazdi.

2020-yilning 3-dekabr kuni Yevropa Ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvida u „Benfika“ uchun „Lex“ga qarshi oʻyinda ilk golini urdi.

Belgiya terma jamoasi tahrir

 
Vertongen Rossiyadagi jahon chempionatida bronza medali bilan (2018-yil 14-iyul, Sankt-Peterburg)

2007-yil may oyining oʻrtalarida Jan bilan birga yoshlar jamoasidan Faris Xadun Belgiyaning terma jamoasiga chaqirildi.Iyun oyida Belgiya terma jamoasi 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash musobaqasida Portugaliya terma jamoasi bilan uchrashishi kerak edi.2007-yil 2-iyunda Bryusselda boʻlib oʻtgan portugaliyaliklarga qarshi oʻyinda Jan debyut qildi, ammo belgiyaliklar oʻz uyida Portugaliya terma jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.

Belgiya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Jan 2008-yilgi Olimpiada o'yinlarida toʻrtinchi oʻrinni egalladi, uchinchi oʻrin uchun oʻyinda belgiyaliklar Braziliya olimpiya terma jamoasiga 0:3 hisobida yutqazishdi.

2009-yil 12-avgust kuni Chexiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:3) terma jamoadagi ilk golini kiritdi.2014-yil 26-iyunda Braziliyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u San-Pauluda Koreya Respublikasiga qarshi oʻyinning 77-daqiqasida yagona golni kiritdi (1:0).

2017-yilning kuzida u JCh-2018 saralashida Gretsiya (2:1) va Bosniya va Gersegovina (4:3) termalariga qarshi safar oʻyinlarida gol urgan.

2018-yilning 2-iyunida debyutidan roppa-rosa 11 yil oʻtib, u Belgiya terma jamoasi safida portugallarga qarshi oʻyinda 100-uchrashuvini oʻtkazdi.Vertonghen milliy terma jamoada 100ta oʻyin oʻtkazgan birinchi belgiyalik futbolchiga aylandi.

2018-yil 2-iyul kuni Rossiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati 1/8 final oʻyinida u Yaponiya terma jamoasiga qarshi 69-daqiqada 0:2 hisobida yutqazayotgan vaqtda Belgiya birinchi golini urdi va oʻyinni gʻalabaga qadar olib bordi.Rostov-na-Donda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Shahsiy hayot tahrir

2007-yil 23-yanvarda Janning otasi vafot etdi.Pol Vertonghen 58 yoshida miya shishi tufayli vafot etdi.Pol 14 yildan koʻproq vaqt davomida ogʻir kasal edi,Jan olti yoshga toʻlganda, otasi birinchi epileptik tutqanoqni boshdan kechirgandi.

Jan Amsterdamlik boʻlgan hozirgi sevgilisi Sofi de Vries bilan Bijlmer oʻrta maktabida uchrashdi.U sanʼat maktabida taʼlim oldi va teatr direktori boʻldi.

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari tahrir

"Ayaks"
"Tottenxem"

Shaxsiy yutuqlari tahrir

Rekordlar tahrir

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Jan Vertonghen is thuis in Mokum.“ (nl). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-avgust.
  2. „Копенгаген — Аякс (1:2).“. uefa.com. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  3. „Аякс — Копенгаген (0:2).“. uefa.com. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  4. „Ajax — Austria Wien (3:0).“ (en). uefa.com. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  5. „Ajax — Espanyol (0:2).“ (en). uefa.com. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  6. „Ajax — Willem II (6:0).“ (nl). vi.nl. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  7. „Ajax verlengt contract Jan Vertonghen.“ (nl). ajax.nl. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  8. „Vertonghen op huurbasis naar RKC.“ (nl). ajax.nl. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  9. „NAC Breda — RKC Waalwijk (2:1).“ (nl). vi.nl. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  10. „RKC Waalwijk — Heracles Almelo (2:0).“ (nl). vi.nl. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  11. „Вертонген — сезон 2006/07.“ (nl). vi.nl. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  12. „JAN COMPLETES MOVE“ (en). tottenhamhotspur.com (2012-yil 12-iyul). 2012-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-iyul.
  13. „«Тоттенхэм» объявил о трансфере Вертонгена“. Sports.ru (2012-yil 10-iyul). 2012-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-iyul.
  14. „«Тоттенхэм» прервал победную серию «Манчестер Юнайтед» на «Олд Траффорд»“. 2012-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  15. „Stem op de Ajacied van het Jaar.“ (nl). ajax.nl. 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  16. „Vertonghen Ajacied van het jaar.“ (nl). ajax.nl. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.

Havolalar tahrir