Jessalyn Gilsig

kanadalik aktrisa

Jessalyn Sarah Gilsig — kanadalik aktrisa. U Boston Public filmidagi Lauren Davis, Nip/Tuckdagi Gina Russo, Glee teleserialidagi Terri Schuester va Vikings filmidagi Siggy Haraldson rollari bilan mashhur.

Jessalyn Gilsig
Tavalludi
Jessalyn Sarah Gilsig

1971 (yoshi 52–53)
Fuqaroligi Kanada
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1984-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Bobby Salomon
(turm. 2005; ajr. 2010)
Bolalari 1 nafar
Veb-sayti jessalyng.com

Yoshligi va taʼlimi tahrir

Gilsig Kanadaning Quebek (Kvebek) provinsiyasidagi Monreal shahrida yozuvchi va tarjimon Claire hamda muhandis Toby Gilsigning qizi sifatida tugʻilgan[1]. 12 yoshida Kanada Milliy Kino Kengashining Masquerade filmida ovozli rolda aktrisalik faoliyatini boshlagan[1]. Aktrisa asli yahudiy millatiga mansubdir[2][3]. Gilsig 1989-yildan 1993-yilgacha Monrealdagi McGill universitetida ingliz tili boʻyicha tahsil olgan va u yerni 1993-yilda tamomlagan[4]. Keyinchalik, Harvard universitetining teatr malakasini oshirish institutida aktrisalik tahsilini davom ettirdi[4].

Faoliyati tahrir

 
Jessalyn Gilsig Glee teleserialining premyerasida, Santa Monica, California, 2009-yil 11-may

Gilsig oʻz faoliyatini dublyajda ovoz berish bilan boshlagan[1]. U Masquerade[1] kabi filmlarda va Young Robin Hood kabi teleseriallarda ovoz bergan[5]. U 1995-yilda New York shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda Broadwaydan tashqari bir nechta spektakllarda ishtirok etgan[6]. Shuningdek, aktrisaning David E. Kelley bilan aloqasi uning Boston Public filmidagi bosh rolini oʻynashiga olib keldi[7].

Kelleyning The Practicening ikkita epizodida ikkilamchi rolni oʻynaganidan soʻng, Gilsig boshqa bir qisqa muddatli teleserial Snoopsning ikkita epizodida ishtirok etdi[7]. Garchi Gilsigning epizodlari efirga uzatilishidan oldin serial bekor qilingan boʻlsa-da, Kelley Lauren Davisning 2000-yil sentabr oyida FOX telekanalida premyerasi boʻlgan seriali Boston Publicdagi bir epizodini maxsus uning uchun yozgan[7]. Gilsig 2002-yilning may oyida ikkinchi mavsum tugaganidan keyin serialni tark etadi[8].

Shaxsiy hayoti tahrir

Gilsig futbol jamoasining himoyachisi Bobby Salomon bilan oʻrta maktab oʻquvchi boʻlgan paytlarida tanishib qoladi va qisqa muddat davomida u bilan uchrashib yuradi. Aktrisa uni „kelishgan yigit edi“ deb taʼriflagan. Kino produseri Salomon 2002-yilda Hollywoodga koʻchib oʻtdi va ikkalasi yana uchrasha boshladilar[2]. Ular 2005-yil 1-yanvarda anʼanaviy yahudiylar nikoh toʻyida turmush qurishdi (Gilsigning otasi yahudiy)[2][3] Gilsig va Salomonning bir nafar qiz farzandlari bor[9].

Filmografiyasi tahrir

 
Jessalyn Gilsig va Jayma Mays „Oltin globus“ mukofoti taqdirlash marosimida (2010-yil 17-yanvar)

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1984 Masquerade (ovozi)[1] Qisqa metrajli film
1989 Journey Home, TheThe Journey Home Qisqa metrajli film
Jacknife Dugona
1998 The Horse Whisperer Lucy[7]
Quest for Camelot Kayley (ovozi)[7]
2004 Chicks with Sticks Paula Taymore
See This Movie Annie Nicole
2007 Flood Sam Morrison
2008 Prom Night Aunt Karen Turner
2009 Stepfather, TheThe Stepfather Julie King[10]
2011 About Fifty Jessica
2013 Somewhere Slow Anna Thompson
2020 Spree Andrea

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol
1991 Little Flying Bears, TheThe Little Flying Bears Tina (ovozi)
1991-1992 Young Robin Hood Gertrude of Griswald (ovozi)[5]
1992 Saban's Gulliver's Travels
1998 To Have & to Hold Paula
Viper Alyssa
1999 Seven Days Carla Boyles
Sentinel, TheThe Sentinel RJ Shannon
Cooler Climate, AA Cooler Climate Callie
Practice, TheThe Practice ADA Jennifer[7]
2000 Snoops Suzanne Shivers[7]
2000-2002 Boston Public Lauren Davis[7]
2002 Haunted Elise Martin
2003 Without a Trace Whitney Ridder
2003-2008 Nip/Tuck Gina Russo
2004 NYPD Blue detektiv Kelly Ronson
2005 Fathers and Sons Dianne (akkreditivsiz)
Prison Break Lisa Rix
2006 Law & Order Angela Burquette
2007 Backyards & Bullets Eileen[11]
Destination: Infestation doktor Carolyn Ross[12]
2007-2008 Friday Night Lights Shelley Hayes
Heroes Meredith Gordon
2008 Apostles, TheThe Apostles Christine Rydell[13]
CSI: NY Jordan Gates[14]
XIII Kim Rowland[15]
2008-2009 Imaginary Bitches Jessalyn[16]
2009-2012,
2015
Glee Terri Schuester
2012 Smart Cookies Julie Sterling[17]
2013-2015 Vikings Siggy
2013 The Good Wife Janie Ludwig
2014 Angels and Ornaments Corrine Nelson[18]
2015 Evil Men Adela[19]
2016 Scandal Vanessa Moss
2018 The Sweetheart Samantha
2019 Grand Hotel Roxanne
2021-present Big Shot Holly Barrett

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Jessalyn Gilsig, Biography, Theater Actress, Film Actress, Television Actress (1971–)“. Biography.com (2013). Qaraldi: 27-oktabr 2015-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 Bloom, Nate. „Celebrity Jews: Gilsig and Gitelman“. jweekly.com (9-fevral 2007-yil). Qaraldi: 27-oktabr 2015-yil.
  3. 3,0 3,1 Shira, Dahvi (13–oktabr 2010–yil). „Glee Star Jessalyn Gilsig Files for Divorce“. People. 16–oktabr 2010–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27–oktabr 2015–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. 4,0 4,1 McCabe, Daniel. „Alumni Profiles [Jessalyn Gilsig: Grateful for a Gleeful Gig“]. McGill News. McGill University (spring–summer 2010). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2015-yil.
  5. 5,0 5,1 Rowan, Terry. Character-Based Film Series Part 1. Terry M. Rowan, 2016 — 176 bet. ISBN 9781365021282. 2016-yil 11-noyabrda qaraldi. 
  6. London. „15 After 20, Part 1: Actors Who Trained Together in the Mid-'90s, and Where They Are Now“. AMERICAN THEATRE (31-avgust 2015-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2016-yil.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 7,7 „Tough Lesson – Vol. 56 No. 21“. PEOPLE.com (19-noyabr 2001-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2016-yil.
  8. „Gilsig Makes A 'Public' Exit“. tribunedigital-orlandosentinel. 11-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-noyabr 2016-yil.
  9. Staff. „Actress Jessalyn Gilsig welcomes a daughter“. People (2006-yil 13-noyabr). Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  10. „Dustin Putman's Review: The Stepfather (2009) – [TheMovieBoy“]. www.thefilmfile.com. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  11. „'Nip/Tuck' Actress Joins the Cast of NBC Pilot“. buddytv.com. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  12. „Destination: Infestation (2007) – Dread Central“. Dread Central (11-iyul 2007-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2016-yil.
  13. „Rants & Reviews – The Futon's First Look: "Apostles, The" (FOX) | TheFutonCritic.com“. www.thefutoncritic.com. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  14. „Exclusive: Nip/Tuck Diva Relocates to CSI: NY“. tvguide.com (2008-yil 4-mart). Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  15. „XIII – TV Review“. The Hollywood Reporter (6-fevral 2009-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2016-yil.
  16. „Imaginary Bitches: Sexy Single Chicks and a Not-So-Imaginary Bitch“. daytimeconfidential.com. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  17. „Smart Cookies: Hallmark Channel movie a delight“. NewsOK.com (15-avgust 2012-yil). Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  18. „Jessalyn Gilsig in Angels and Ornaments | Hallmark Movies and Mysteries“. Hallmark Movies and Mysteries. 5-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-noyabr 2016-yil.
  19. Andreeva, Nellie „Parminder Nagra & Jessalyn Gilsig To Co-Star In 'Evil Men' USA Pilot“. Deadline (25-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.

Havolalar tahrir