Jom’e masjidi yoki Jama masjidi, Jami masjidi yoki Badi masjidi nomlari bilan ham tanilgan, Hindistondagi eng katta masjidlardan biri, Hindistonning Uttar-Pradesh shtati, Jaunpur shahridagi Jaunpur sultonligidan Husayn Shoh Sharqiy tomonida joylahgan 15-asrda barpo etilgan masjiddir. Bu Jaunpurning asosiy sayyohlik joylaridan biri hisoblanadi. Masjid Jaunpur shimoli-sharqida 2,2 km, Zafarobod shimoli-gʻarbida 7.3 km, Mariaxu shimoli-sharqida 16,8 km, shimoli-gʻarbida 26.3km[1] va Atala masjididan 1 km uzoqlikda joylashgan.

Masjid
Jomʼe masjidi
Jomʼe masjidining fasadi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Jaunpur
Koordinatalar 25°45′32.41″N 82°41′6.23″E / 25.7590028°N 82.6850639°E / 25.7590028; 82.6850639
Binokorlik 14381473
Maqomi Jomʼe masjidi
Gumbaz yoʻgʻonligi 11.4 metr

Har juma kuni maxsus juma namozlari oʻqiladi. Shuningdek, har kuni besh vaqt namoz ham oʻqiladi.

Jom’e masjidi gʻarbiy yarmining rejasi

Tarixi

tahrir

Masjid XV asrda sunniy Jaunpur sultonligining Sharqiy sulolasi vakili tomonidan qurilgan. Sulola kuchli amaldor Malik Sarvar (shuningdek, Malik-as-Sharq nomi bilan ham tanilgan, „sharq tengdoshi“ degan maʼnoni anglatadi) tomonidan Jaunpurda Tugʻloqiylar sulolasi qudrati pasayganidan soʻng tashkil etilgan boʻlib, u ortiqcha sarf-xarajatlar tufayli ichki tanazzulga yuz tutgan. Masalan, Firuz Tugʻloq tomonidan va 1398-yilda Amir Temur tomonidan Dehlining talon-taroj qilinishi bunga sabab boʻlgan[2]. Malik-as-Sharq 1394-yilda Firuzshoh tomonidan 1360-yilda ibodatxonalarini buzib tashlagan hindu shaharchasi yaqinida asos solgan Jaunpur shahrini egallab olgan va 1398-yilda Dehli talon-taroj qilinganidan keyin oʻzini mustaqil sultonlik deb eʼlon qilgan[3]. Jaunpur sultonligi Hindistonning Bixar va Uttar-Pradesh viloyatlaridagi hududni nazorat qilgan hamda Hindistonda Sheroz-e-Hind (Hindistonning Sherozi) nomi bilan tanilgan Islomning madaniy markazi boʻlgan, uning hukmdorlari sanʼat, arxitekturaning oʻziga xos uslublariga alohida eʼtibor qaratgan[4].

Masjidning poydevori 1438-yilda Ibrohimshoh tomonidan qoʻyilgan, ammo bu huhhagi qurilish ishlari ilk marotaba 1440-yilda uning vafotidan soʻng boshlangan. Qurilish maqsadi nomaʼlum boʻlgan, ammo ikkita keng tarqalgan rivoyatga koʻra, Ibrohimshoh masjidni mahalliy aholi yalangoyoq uzoq masjidga bormasligi uchun qurgan yoki ocharchilik paytida aholini ish bilan taʼminlash uchun barpo ettirgan[5][6]. Majmua bosqichma-bosqich bunyod etilgan va nihoyat Sharqiy monarxi Husayn Shoh tomonidan 1473-yilda qurib bitkazilgan[7][8].

Sayyidlar sulolasi davrida tinchlik boʻlganidan soʻng, Dehlida Lodilar sulolasining yuksalishi Husayn Shoh Sharqiy va Bahlul Lodi hamda Sikandar Lodi orasida bir necha urushlarni keltirib chiqargan, bu esa Jaunpur sultonligining qulashiga sabab boʻlgan[9][10]. Aksariyat manbalarga koʻra, bu urushlar davomida Sikandar Lodi tomonidan Husayn Shohning jamoat ishlarining aksariyat qismini, jumladan Jom’e masjidining Sharqiy darvozasini, Janjri masjidining deyarli toʻliq qismini va Sharqiy diniy boʻlmagan binolarning koʻp qismini yoʻq qilishga yoki zarar yetkazilgan[11][12][13][14]. Bu fikrdan farqli oʻlaroq, Ram Nath Sikandar Lodining dindor musulmon sifatidagi maqomi masjidlarga zarar yetkazishiga toʻsqinlik qilganini va diniy boʻlmagan binolarning yoʻqligi Sharqiy sulolaning arxitekturada qobiliyatsizligi sababli ularning hech qachon mavjud boʻlmagani bilan bogʻliqligini taʼkidlaydi[15].

Inglizlar hukmdorligi ostida

tahrir

Jaunpur meʼmorchiligining boshqa elementlari singari Jom’e masjidi ham Britaniya hukmronligi ostida qayta talqin qilingan. 1783-yilda William Hodges „Select Views in India (Hindistondagi koʻrinishlarni tanlash)“ kitobida masjidga kirish qismining eskizini tasvirlagan[16][17]. Hodgesga xarobalarning ahamiyatiga eʼtibor qaratgan goʻzal rassomlar maktabi va tabiat bilan hamohanglashgan xarobalarning koʻplab rasmlari taʼsir koʻrsatgan.

Hindiston kontekstida xarobalarga eʼtibor qaratish Hindistonni tanazzulga uchragan sivilizatsiyasini tasvirlashga yordam bergan. Michael S. Dodsonning taʼkidlashicha, rassomlar ushbu mavzuni Britaniya imperiyasining abadiyligini ifoda etish uchun qoʻllagan boʻlsalar-da, Hindistonni vayronagarchilik bilan identifikatsiyalashning yashirin jihati mustamlaka hukumati uni tiklash uchun mas’ul boʻlishi kerak degan gʻoyani oʻzida mujassamlashtirgan. Bu ikkinchi gʻoya mustamlakachi hukumat Hindistonda koʻplab tadqiqotlar oʻtkazganligi sababli mashhur boʻlgan, masalan, Hindistonning Arxitektura tadqiqoti (ASI) shular jumlasidandir. Albert Führer tomonidan Jaunpur arxitekturasi, jumladan Jom’e masjidi boʻyicha batafsil izlanishlar oʻtkazilgan. Dodsonning soʻzlariga koʻra, bu tendentsiya George Curzon tomonidan 1919-yilda oʻz yurisdiksiyasi ostidagi Jom’e masjidini oʻz ichiga olgan, ammo boshqa monumental asarlarni qamrab olmagan. Bu holat 1904-yilda Qadimgi yodgorliklarni saqlash toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish bilan yakunlangan.

Oʻsha paytda Jaunpurda kunduzi azon aytilmagan, faqat quyosh chiqishi va botishi vaqti maʼlum qilingan. Karamat Ali Jaunpuriy bu gʻayriislomiy marosimni isloh qilgan va Jaunpur masjidlarida katta saʼy-harakatlar bilan azon ayttirgan. Tarixiy Jom’e masjidini boshqarish ortida ham turli xavotirlar boʻlgan. Bu masjid azon va namoz oʻrniga diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, baraat, klub va nikoh marosimlari kabi dunyoviy yigʻinlar uchun foydalanilgan. Jom’e masjidining ayrim joylariga qoramollar ham bogʻlab qoʻyilgan. Bu holat Jaunpuriy masjidda besh vaqt namozni qayta tiklashga muvaffaq boʻlgunicha davom etgan. Xuddi shunday, Jom’e Masjidda Jaunpuriy oʻlimidan keyin ham koʻp yillar davomida uning bir qator juma vaʼzlari oʻqilgan. Jaunpuriyni vaʼzgoʻylik harakatlari tufayli bir necha bor oʻldirishga urinishgan, ammo u jang sanʼatidagi mahorati sabbali ham tirik qolishga muvaffaq boʻlgan[18][19][20].

Arxitekturasi

tahrir

 

 
Jaunpur Jom’e masjidining janubiy darvozasi
 
Jaunpur Jom’e masjidi majmuasining panoramik koʻrinishi
 
Jaunpur Jom’e masjidi majmuasi

Jom’e masjidi Jaunpurdagi eng mashhur uchta masjiddan biri, qolganlari Atala masjidi va Lal Darvaza masjididir. Ulardan eng kattasi va eng yangisi Ayni Jom’e masjidi hisoblanadi. Jom’e masjidi va Lal Darvaza masjidi asosan Atala masjidi namunasiga asoslangan tarzda barpo etilgan. Michael S. Dodsonning soʻzlariga koʻra, bu uslubning diqqat markazida uning orqasidagi gumbazni toʻsib qoʻyadigan ulkan va vizual jihatdan ustunlik qiluvchi peshtoq (portal) turadi Ushbu uslubda qurilgan barcha masjidlar shimolga, janubga, sharqqa va gʻarbga qaragan toʻrtta katta darvozalari boʻlgan hovlida joylashtirilgan. Ulardan eng ahamiyatlisi Gʻarbga (Makka tomon) qaragan boʻlib, unda peshtoq va gumbaz mavjud[21].

Masjid balandligi qariyb 20 fut boʻlgan poydevorda qurilgan va unga zinapoyalar orqali kirish mumkin[22]. Bu xususiyati uni asosi boʻlmagan va Dehlidagi koʻplab boshqa masjidlarga oʻxshtib qurilgan Atala masjididan ajratib turadi. Umumiy uslub Dehli arxitekturasi taʼsirida boʻlsa-da, peshtoq yonidagi baʼzi arkalar Bengaliya meʼmorchiligidan olingan deb ishoniladi[23]. Hovli har tomondan monastirlar bilan oʻralgan, A. A. Führerning taʼkidlashicha, ikkinchi qavat Sikandar Lodi Jaunpurni zabt etgan davrida vayronaga aylanishidan oldin ikki qavatli boʻlgan. Gʻarbiy devorda bir nechta mehroblar joylashgan boʻlib, ularning har biri yon tomonida naqshinkor oʻyilgan plitalar bilan bezatilgan[24]. Peshtoqning balandligi 200 futdan oshadi, uning orqasidagi gumbazning diametri 38 futga teng. Peshtoqning har ikki tomonida bir nechta arka bilan bezatilgan uzunligi 70 fut boʻlgan ikkita dominant propilon mavjud[25][26]. Masjid gʻishtdan qurilgan boʻlib, ularning bir qismi ilgari mavjud boʻlgan hind ibodatxonalari asosida qurilgan. Sharqiy qismlarning umumiy uslubi minimal bezaklarni oʻz ichiga olgan boʻlsa-da, hindu ibodatxonalarining bu qismga taʼsiri uning naqshlarida yaqqol seziladi[27].

A. A. Führerning masjiddagi izlanishi davomida aniqlangan yozuvlarida yunon xochlari kabi bir qancha yunoncha elementlar mavjudliginianiqlagan. Bu AIS (Führer homiy tashkiloti) yasoschisi sharqshunos James Prinsepning hind badiiy anʼanalari yunon sanʼatining hosilasi ekanligini taʼkidlab keltirgan loyihasi bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin[28][29].

Butun Sharqiy qirollik oilasi masjid yonida dafn etilgan. Lodi sulolasidan farqli oʻlaroq qabrlarda maxsus meʼmorchilik bezaklarining yoʻqligi Abha Narain Lambah tomonidan Sharqiy monarxlarning harbiy soddaligi ramzi sifatida talqin qilinadi[30]. Bu Ram Nath tomonidan sharqiy qirollik aʼzolarning diniy savodxonligi boʻlmagan yoki harbiy arxitekturaga eʼtibor bermasligining dalili sifatida ham talqin qilinadi. Shuningdek uning fikricha, bu holat Jaunpuri meʼmorchilik uslubining yoʻqligidan dalolat beradi[31].

Bitiklar

tahrir

Jom’e masjidida bir nechta yozuvlar mavjud. Markaziy mehrob atrofida ikkita Qurʼon oyatlari joylashtirilgan boʻlib, biri Tugʻro tilidagi „Al-Fath“ surasidan olingan dinga oʻtishni tasvirlovchi oyat, ikkinchisi esa „Al-Baqara“ surasidagi arabcha harflar bilan Allohning qudratini madh etuvchi oyatdir. Yana bir yozuv Mauxari sulolasi davrida yozilgan 6-asrga oid sanskrit matnidir[32]. Bu dastlab Iśvaravarmanga tegishli edi, ammo Hans Bakkerning taʼkidlashicha, bu aslida uning oʻgʻli Iśanavarman hukmronligida yozilgan. Yozuvda birinchi toʻrtta Mauxariy hukmdori tasvirlangan va maqtalgan[33]. Ushbu yozuvning mavjudligi masjidlar qurilishida mahalliy hind materiallaridan qayta foydalanganligidan dalolat beradi[34].

Tahlili

tahrir

Abha Narain Lambahning taʼkidlashicha, Jom’e masjidi Tugʻloq meʼmorchiligi uslubining davomi hisoblanadi. U Tugʻloq masjidlarining umumiy joylashuvi, bezaklarining umumiy siyrakligi va koʻzga koʻringan pashtoqlarida oʻzini namoyish etadi. U arxitekturaning bejirim militaristik uslubini koʻrsatadi, bu uning fikricha, Tugʻloqlar va Sharqiy sulolalarning militaristik xarakterini ham namoyon etadi. Ushbu talqin Boburiylargacha boʻlgan sultonliklarning meʼmorchilik uslubining arxitekturaviy xilma-xilligini koʻrsatuvchi davri sifatida ham eʼtirof etiladi[35].

Ram Nath, monastirlarni kazarmaga oʻxshatib, undagi militaristik uslub haqida gapiradi. Biroq, uni masjidda qoʻllanilishini oʻrinsiz deb biladi. Peshtoqning gumbazni toʻsib qoʻyish monumentalligini ham xato deb hisoblaydi. Umuman olganda, u Jom’e masjidini yangi oʻziga xos uslub deb emas, balki oldindan mavjud uslub bilan aralashtirilgan muvaffaqiyatsiz tajribalar seriyasi deb hisoblaydi. U masjidning qadr-qimmatini, mahalliy hunarmandlar va masjidlar uchun toshlar olingan avvalgi hind ibodatxonalariga tegishli boʻlgan individual tosh ishlarida deb bilgan[36].

Tilga olinishi

tahrir

Qohiradagi Amerika universiteti islom sanʼati va arxitekturasi professori Bernard OʻKane oʻzining „Mosques: the 100 Most Iconic Islamic Houses of Worship (Masjidlar: 100 ta eng koʻzga koʻringan islom ibodat uylari)“ kitobida mazkur masjidni kiritgan[37].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. ACME MApper
  2. Askari, S. H. (1960). Discursive notes on the Sharqi monarchy of Jaunpur. Proceedings of the Indian History Congress, 23(1), 152-163
  3. Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.
  4. Behl, Aditya. „The Magic Doe: Desire and Narrative in a Hindi Sufi Romance, circa 1503.“ In Indiaʼs Islamic Traditions, edited by Richard M. Eaton, 180-209. New Delhi, India: Oxford University Press, 2003.
  5. Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.
  6. Führer, A. Anton., Burgess, J., Smith, E. W. (1971). The Sharqi architecture of Jaunpur: with notes on Zafarabad, Sahet-Mahet and other places in the north-western provinces and Oudh. Varanasi, India: Indological Book House pp. 53-8.
  7. Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.
  8. Datta, Rangan. „Jaunpur in Uttar Pradesh — the land of ‘Shahi’ forts, mosques and more“. My Kolkata (2023-yil 22-aprel). Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  9. Ram Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-107.
  10. Behl, Aditya. „The Magic Doe: Desire and Narrative in a Hindi Sufi Romance, circa 1503.“ In Indiaʼs Islamic Traditions, edited by Richard M. Eaton, 180-209. New Delhi, India: Oxford University Press, 2003.
  11. Jama Masjid. (n.d.). Government of Uttar Pradash. https://jaunpur.nic.in/tourist-place/jama-masjid/
  12. Führer, A. Anton., Burgess, J., Smith, E. W. (1971). The Sharqi architecture of Jaunpur: with notes on Zafarabad, Sahet-Mahet and other places in the north-western provinces and Oudh. Varanasi, India: Indological Book House pp. 53-8. This source is not ideal. It is mentioned as a source by various reliable secondary sources. That said the author frequently plagiarized and while he did engage in some important archaeological digs some later work of his was completely fabricated. That said I could find no evidence that his descriptions of this mosque were fabricated. I will try to only use this source if it is collaborated later on or as a primary source in the final draft. (This source is usually corroborated where I’ve used it so far. The only things dependent on it were a few facts about the mosques architecture and the Quranic inscriptions)
  13. Behl, Aditya. „The Magic Doe: Desire and Narrative in a Hindi Sufi Romance, circa 1503.“ In Indiaʼs Islamic Traditions, edited by Richard M. Eaton, 180-209. New Delhi, India: Oxford University Press, 2003.
  14. Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.
  15. Ram Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-107.
  16. Wright. „A View of a Musjid, i.e. Tomb at Jionpoor“. www.bl.uk. — „This is plate 13 from William Hodges' book, 'Select Views in India'. In 1783 Hodges went to Jaunpur and sketched the mosques built by the kings of the Sharqi dynasty in the 15th century. This picture shows the entrance gateway to the Atala Mosque, which was built in 1408, making it the earliest of all the Sharqi buildings at Jaunpur. The arched entrance to the Atala mosque is over 22 metres high. Along with the arch of the Friday Mosque at Jaunpur, it is the highest in India.“. 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
  17. Tillotson, G. H. R. (1992). "The Indian Travels of William Hodges". Journal of the Royal Asiatic Society 2 (3): 377–398. doi:10.1017/S1356186300003011. ISSN 1356-1863. https://www.jstor.org/stable/25182573. Qaraldi: 25 December 2020. Jom’e masjidi (Jaunpur)]]
  18. Abul Hasan Ali Hasani Nadwi. Karvan-e-Iman o Azimat. Lahore: Syed Ahmad Shahid Academy, 1980. 
  19. Chowdhury, Abdul Batin. سیرت مولانا کرامت علی جونپوری. 
  20. Nadvi, Mujibullah. {{{title}}}. Raibareli, India: Sayyid Shahid Academy, 2009 — 35–40-bet. 
  21. Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.
  22. Jami Masjid of Jaunpur. (n.d.). Archnet. https://archnet.org/sites/5268
  23. Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.
  24. Führer, A. Anton., Burgess, J., Smith, E. W. (1971). The Sharqi architecture of Jaunpur: with notes on Zafarabad, Sahet-Mahet and other places in the north-western provinces and Oudh. Varanasi, India: Indological Book House pp. 53-8.
  25. Jami Masjid of Jaunpur. (n.d.). Archnet. https://archnet.org/sites/5268
  26. Jama Masjid. (n.d.). Government of Uttar Pradash. https://jaunpur.nic.in/tourist-place/jama-masjid/
  27. Ram Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-10
  28. Führer, A. Anton., Burgess, J., Smith, E. W. (1971). The Sharqi architecture of Jaunpur: with notes on Zafarabad, Sahet-Mahet and other places in the north-western provinces and Oudh. Varanasi, India: Indological Book House pp. 53-8.
  29. Huxley, Andrew. „Dr Führer’s Wanderjahre: The Early Career of a Victorian Archaeologist.“ Journal of the Royal Asiatic Society, 3rd ser., 20, no. 4 (October 2010): 489-502.
  30. Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, „ in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.
  31. Ram Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-107.
  32. Führer, A. Anton., Burgess, J., Smith, E. W. (1971). The Sharqi architecture of Jaunpur: with notes on Zafarabad, Sahet-Mahet and other places in the north-western provinces and Oudh. Varanasi, India: Indological Book House pp. 53-8.
  33. Bakker, Hans. „The So-called 'Jaunpur Stone Inscription of Īśānavarman.'“ Indo-Iranian Journal 52, no. 2 (2009): 207-16.
  34. Ram Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-107.
  35. Abha Narain Lambah, "The Sharqis of Jaunpur, " in The Architecture of the Indian Sultanates, ed. Abha Narain Lambah and Alka Patel (Mumbai: Mārg̲ Publications, 2006), 43-56.
  36. Ram Nath, History of Sultanate Architecture (New Delhi: Abhinav Publications., 1978), 98-107.
  37. OʻKane, Bernard. Mosques: The 100 Most Iconic Islamic Houses of Worship. New York, NY: Assouline, 2018.

Havolalar

tahrir

Eslatmalar

tahrir
  • Nath, R. 1978-yil. Sultonlik arxitekturasi tarixi. Yangi Dehli, Abhinav nashrlari, 102-104.
  • Uilyams, Jon A. va Karolin. 1980-yil. Musulmon Hindiston arxitekturasi. 4-toʻplam: Jaunpur sultonligi, taxminan 1360-1480. Santa Barbara, Kaliforniya: Visual Education, Inc.