Jualiy tumani (qozoqcha: Жуалы ауданы) — Qozogʻiston Respublikasining janubidagi Jambul viloyatidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi — Bauirjan Momishuli qishlogʻi. Tumanning maydoni — 4,2 ming kv. km². Tuman hokimi — Murtazo Jalgas[3]. Ushbu tuman ikki davlat (Qirgʻiziston va Oʻzbekiston) bilan chegaradosh.

Jualiy tumani
qoz. Жуалы ауданы
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Bauirjan Momishuli
Asos solingan sanasi 1933-yil 27-dekabr
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2019) 52 169
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 90,01%
Ruslar - 6,13%
boshqa xalqlar - 3,87%
[1][2]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Rasmiy sayti http://zhb.sko.kz
Xaritada
Jualiy tumani xaritada
42°37′1″N 70°45′59″E / 42.61694°N 70.76639°E / 42.61694; 70.76639

Tarixi

tahrir

Tuman 1933-yil 27-dekabrda Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibida Juvali tumani sifatida tuzilgan. 1939-yil 14-oktyabrdan Jambul viloyati tarkibida boʻlgan. 1993-yil 4-mayda Jualiy nomiga oʻzgartirildi.

Geografiyasi

tahrir

Jualiy tumani Teris daryosining yuqori va oʻrta oqimini (quyi oqimi Assa deb ataladi), Jualiy togʻ tizmasining katta qismini (markaziy qismining balandligi 900 m, boshqa joylari 1200 m) egallaydi. Shimolda Qoratov tizmasi, gʻarb va janubi-gʻarbdan Boraldaytau togʻlari, janub va janubi-sharqda Talas Olatov tizmasi bilan oʻralgan. Foydali qazilmalari: koʻmir, qurilish materiallari. Yanvarning oʻrtacha harorati −2 °C, iyulniki 18 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin 400 mm boʻlib, asosan bahorga toʻgʻri keladi. Qor qoplami taxminan 30 sm, u noyabrdan mart oyining oxirigacha davomli boʻladi. Viloyat hududidan bir nechta daryolar oqib oʻtadi: Teris, Oqsoy, Koʻksoy, Oqjar, Boralday, Qoʻshqarata va boshqalar. Teris daryosida Teris-Ashchibuloq suv ombori qurilgan. Viloyatning shimoliy qismida Bilikoʻl koʻli bor. Tuprogʻi toʻq va och jigarrang. Daryo boʻylarida shuvoq, tipchak, chalov va buta oʻsimliklari (spiraea, naʼmatak, doʻlana) oʻsadi. Togʻlarda yovvoyi olma, nok va boshqa mevali daraxtlarni uchratish mumkin. Talas Olatau togʻ yon bagʻirlari Aksu-Jabagʻli qoʻriqxonasining shimoliy qismiga toʻgʻri keladi. U yerda hayvonlardan boʻri, tulki, togʻ echkisi, choʻchqa, quyon, oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul, keklik uchraydi; suv havzalarida — qorakoʻl baligʻi, sazan, som, karas baliqlari, marinka va boshqa koʻplab baliq turlarini uchratish mumkin.

Demografiyasi

tahrir

2019-yil boshida tuman aholisi soni 52 169 nafar boʻlgan. Aholi dinamikasi :

Nomlar/Yillar 1999-yil 2000-yil 2001-yil 2002-yil
Jualiy tumani 50,4 ming 49,1 ming 49,6 ming 49,6 ming
B. Momishuli nomidagi qishloq 10,5 ming 11,9 ming 11,8 ming 11,8 ming

Maʼmuriy birligi

tahrir

2006-yil boshiga kelib tuman tarkibiga 15 ta qishloq okrugi kiritiladi.

B. Momishuli qishloq okrugi

tahrir
  • B. Momishuli nomidagi qishloq.

Oqsoy qishloq okrugi

tahrir
  1. Qayrat qishlogʻi
  2. Dehqon qishlogʻi

Aqtoʻbe qishloq okrugi

tahrir
  1. Bayterek qishlogʻi (oktyabr)
  2. Janatalap qishlogʻi
  3. Kurkureusu stansiyasidagi qishloq
  4. Oqtoʻgʻon qishlogʻi (Maryanovka)

Bilikoʻl qishloq okrugi

tahrir
  1. Qarabastau qishlogʻi
  2. Darbaza qishlogʻi (1-boʻlim Bilikoʻl)
  3. Jilibulaq qishlog‘i (4-bo‘lim Bilikoʻl)
  4. Abduqodir qishlog‘i (Lenin yo‘li)

Boralday qishloq okrugi

tahrir
  1. Koʻltoʻgʻan qishlogʻi (Alekseevka)
  2. Ertay ovuli (Kenes)
  3. Risbeka botir nomidagi ovul (Shubargash)

Burnooktyabr qishloq okrugi

tahrir
  1. Nurlikent qishlogʻi (Burno-Ivanov, Burnnooktyabr)
  2. Kazbastau razyezdi
  3. Tuktibay ovuli (Gagarino)

Jetitoʻbe qishloq okrugi

tahrir
  1. Qariqoʻrgʻon qishlogʻi (Kazanka)
  2. Qo‘ng‘irto‘be ovuli (Uspenovka)
  3. Qosmurat qishlogʻi (Lyubimovka)
  4. Maybuloq qishlogʻi (Mayoq)
  5. Tasbastau qishlogʻi (Blagoveshchenka)
  6. Shinbulaq ovuli (Bratskoe)

Ko‘kbastau qishloq okrugi

tahrir
  1. Teris qishlogʻi
  2. Baqali ovuli
  3. Koʻktoʻbe qishlogʻi (Novovoznesenovka)
  4. Qoʻsboltek ovuli (Kastalevka)

Kurenbel qishloq okrugi

tahrir
  1. Kurenbel qishlogʻi (Samsonovka)
  2. Qaratas qishlogʻi (Chapayev)

Qarasaz qishloq okrugi

tahrir
  1. Qarasaz ovuli (Petrovka)
  2. Aqbastau ovuli (Yasnaya Polyana)
  3. Jurumbay qishlogʻi (Zykovka)
  4. Qarasuv qishlogʻi (Yuryevka)
  5. Koʻktas qishlogʻi (Yusupovka)

Qoʻshqarata qishloq okrugi

tahrir
  1. Qo‘shqarata qishlog‘i (Kantemirovka)
  2. Aqtasti qishlogʻi (Nekrasovka)
  3. Qiztoʻgʻan qishlogʻi

Shaqpaqata qishloq okrugi

tahrir
  1. Shaqpaqata (Kremenevka)
  2. Tattibay Duysebayuli ovuli (Amangeldi)
  3. Amansay qishlogʻi (Kalinino)
  4. Shaqpaq stansiyasi yaqinidagi qishloq (Choqpak)
  5. Intimaq qishlogʻi

Qizilariq qishloq okrugi

tahrir
  1. Qizariq qishlogʻi
  2. Aqtoʻbe qishlogʻi (Novopokrovka)
  3. Alatau qishlogʻi (Andreevka)
  4. Surum stantsiyasidagi qishloq
  5. Teraschibulaq qishlogʻi

Mingbuloq qishloq okrugi

tahrir
  1. Kolbastau ovuli (Evgenevka)
  2. Talapti qishlogʻi

Iqtisodiyoti

tahrir

Iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi: vinochilik, goʻsht va sutchilik. Tumanda asosan don va yem-xashak ekinlari hamda sabzavotlar, kartoshka, poliz ekinlari yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, ot kabilar boqiladi. Tuman hududidan „Toshkent — ​​Olmaota“ temir yoʻli hamda „Toshkent — ​​Olmaota“, „Bauyrjon Momishuli-Qoʻshqoʻrata“ avtomobil yoʻllari oʻtgan.

Tumandan yetishib chiqqan taniqli shaxslar

tahrir
  • Karim Bayaliev (1927-yilda tugʻilgan), yozuvchi, jurnalist.
  • Bauirjon Momishuli (1910—1982) — Sovet Ittifoqi Qahramoni, Moskva jangi qatnashchisi.
  • Baxitjan Ertaevich Ertaev (1952-yilda tugʻilgan), Qozogʻiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi, general-leytenant.
  • Abzal Saparbekuli — Qozogʻiston elchisi.
  • Azimsharov Alixan Azimsharovich (1949-yil) — Terapevt.
  • Chingisboyeva Oltinkul Jursinaliyeva (1948-yil) — feldsher- akusher.
    • Sherxon Murtazo (1932—2018) — yozuvchi, jamoat arbobi, Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Qozogʻiston xalq yozuvchisi.
    • Mirazova Ayagul Toreevna (1948-yil) — Qozogʻiston Mehnat Qahramoni, Qozogʻiston SSR xalq taʼlimi aʼlochisi, pedagogik mehnat faxriysi, Olmaota shahri faxriy fuqarosi.

Manbalar

tahrir

Ushbu maqolani yozishda „Qozogʻiston. Milliy entsiklopediya“ kitobi (1998—2007) hamda Creative Commons BY-SA 3.0 Unported litsenziyasi ostida „Qozoq entsiklopediyasi“ tahririyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanilgan.