KakliktogʻHisor tizma togʻlarining janubi-gʻarbiy etaklaridagi adir, Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Janubiy da Qizildaryo, shim.da Yakkabogʻdaryo, gʻarbda Qashqadaryo vodiylari, sharqda Kam va Koʻktepa togʻlariga tutashadi. Uz. 13–14 km, sharqsan gʻarbga tomon yoʻnalgan, shim.ga tomon pasayib boradi. Eng baland joyi 1072 m, adir zamini neogen va toʻrtlamchi davrning konglomeratlaridan iborat, yuzasi esa turli qalinlikdagi lyossimon jinslar bilan qoplangan. K. relyefi ancha parchalangan, baʼzan chuqur jarlar vujudga kelgan, ularning tubida buloqlar (Kinchashma) jilgʻa hosil qilgan. Oddiy (quyi qism) va toʻq boʻz tuproqlarda rang, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, oqquray, karrak, choʻlyalpiz, togʻ shuvogʻi, mingbosh, chitir, yuqori qismida bugʻdoyiq keng tarqalgan. Yaylovlarning oʻrtacha mahsuldorligi gektariga 1—3, bahorda 4 i.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil