Mustafa Kemal Atatürk

Mustafo Kamol Otaturk
(Kamol Poshodan yoʻnaltirildi)

Mustafo Kamol Otaturk (asl ismi Mustafo) (turkcha: Mustafa Kemal Atatürk), Mustafo Kamol, Kamol Posho (1881, Saloniki – 1938.10.11, Istanbul) – Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti (1923–38), harbiy sarkarda. Turkiyada familiya boʻyicha maxsus qonun qabul qilingach, Buyuk millat majlisi tomonidan unga Atatürk familiyasi berilgan (1934).

Mustafo Kamol Otaturk
Mustafa Kemal Atatürk
Turkiyaning 1-Prezidenti
Hukmronligining boshlanishi: 29-oktabr 1923
Hukmronligining tugashi: 10-noyabr 1938
Partiya:Jumhuriyat Xalq Partiyasi
Oʻtmishdosh: yoʻq (vakolat yaratildi)
Voris:İsmet İnönü
Tugʻilgan sanasi: 1881
Tugʻilgan joyi:Saloniki, Usmonli imperiyasi
Vafot sanasi:10-noyabr 1938 (57 yoshda)
Vafot joyi:Istanbul, Turkiya
Turmush oʻrtogʻi:Latifa Ushakligul (1923–25)

Turli harbiy maktablar va Istanbul Bosh shtab akademiyasini (1905) tugatgan. Shom (Suriya), Falastin, Salonikida zobit sifatida harbiy xizmat oʻtagan (1905–09). Salonikida uning siyosiy faoliyati boshlangan. Dastlab, Yosh turklarnit „Ittihod va taraqqiy“ partiyasiga aʼzo boʻlgan (1908), keyinchalik ulardan asta-sekin uzoqlashgan. Italiya-Turkiya urushi (1911-12), 2-Bolqon urushi (1913), Birinchi jahon urushida qatnashgan. 1919-yil 19-mayda Istanbuldan Anatoliya (Onadoʻli)ga kelgan. Arzirum va Sivas kongresslari (1919-yil iyul–sentyabr)ga rahbarlik qilib, turk xalqini ingliz va grek (keyinchalik arman) bosqinchilariga qarshi ozodlik urushiga chaqirgan. Sivas kongressida u Anatoliya va Rumeli Mudofaa huquq jamiyati (Vakillik komiteta) raisi qilib saylangan.

O. boshchiligida mamlakatda Kamolchilar inqilobi avj olgan. Istanbul inglizlar tomonidan ishgʻol qilin-gach (1920-yil 16-mart), barcha vatanpar-var kuchlar uning atrofida toʻplangan. Anqarada yangi parlament – Turkiya Buyuk millat majlisi (TBMM) cha-qirilib, unga Majlis va hukumat raisligiga saylangan (1920-yil 23-aprel). Ingliz va grek bosqinchilariga qar-shi kurashda turk armiyasining qoʻmondoni. Biroq, Istanbul hukumati O. va uning safdoshlarini osiy deb eʼlon qilgan va sirtdan oʻlim jazo-siga hukm etgan. Sakariyo daryosi boʻyida bosqinchilar ustidan qozonilgan gʻalaba (1921-yil 23-avgust – 13-sentyabr)dan soʻng unga marshal unvoni va gʻoziy nasabi berilgan. 1922-yil oxirida turk armiyasi O. rahbarligida toʻliq gʻalabaga erishgan.

O. irodali siyosatchi, mohir qoʻmondon, kuchli notiq boʻlgan. O. tashabbusi bilan Usmonli turk sultonligi tugatildi (1922-yil 1-noyabr), Turkiya respublika deb eʼlon qilindi (1923-yil 29-oktabr), xalifalik bekor etildi (1924-yil 3-mart). Davlat boshqaruvi tubdan oʻzgartirilib, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va harbiy sohada chuqur islohotlar oʻtka-zilgan. Mamlakat taraqqiyotining us-tuvor yoʻnalishlarini belgilab beruvchi 6 ta tamoyilni ishlab chiqqan. Uning taʼlimoti Turkiyada otaturkchilik, Gʻarbda esa kamolizm deb baholangan. Turkiya Respublikasida islom dinining taʼsiri kamaytirilib, uni Gʻarb namunasidagi dunyoviy davlatga aylan-tirish jarayoni boshlangan.

O. turkiy xalqlar tarixi, siyosiy va harbiy mavzuga oid koʻplab nazariy asarlar muallifi. Toshkentdagi koʻchalardan biri O. nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Turk xalqining buyuk farzandi Ota-turk, T., 1998; Qosimov A., Turkiya, T., 1992.

Qahramon Rajabov, Temur Gʻiyosov.[1]

Mustafa Kemal Atatürk (talaffuzi: Mustafa Kemal Ataturk; kir. Мустафо Камол Отатурк (Mustafo Kamol Otaturk); 1881 Turkiya; 1938-yil 10-noyabr Istanbul) – Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti.

Hayoti va faoliyati

tahrir
 
1916-yilda Mustafo Kamol

(1881 – 1938)

  • 1881-yil 19-May – Selanik shahrida tugʻildi.
  • 1899-yil 13-Mart – Istanbulda Harbiy maktab Piyoda askar sinfiga oʻqishga kiradi.
  • 1902-yil 10-Fevral – Harbiy maktabni bitirib, Harbiy Akademiyaga oʻqishga kiradi.
  • 1905-yil 5-Feral – Sham shahrida 5 armiyani boshqara boshlaydi.
  • 1906-yil – Sham shahrida Vatan va Xurriyat jamiyatini tashkil kiladi.
  • 1911-yil 27-Noyabr – Mingboshi lavozimiga koʻtariladi.
  • 1913-yil 27-Oktabr – Sofyada Harbiy atashe lavozimiga tayinlanadi.
  • 1914-yil 1-Avgust – Birinchi Jahon urushi boshlandi.
  • 1914-yil 3-Noyabr – Chor Rossiyasi, 5-Noyabrda Angliya va Fransiya Usmon Imperiyasiga urush eʼlon qildi.
  • 1914-yil 11-Noyabr – Usmon Imperiyasi Ittifok kuchlari tomonidan Birinchi Jahon urushiga kiradi.
  • 1914 – 1915-yillar – Birinchi Jahon urushi davrida Usmon Imperiyasi kurolli kuchlarida koʻplab janglarda koʻrsatgan jasorati uchun bir necha marta takdirlandi va yuqori rutbalarga koʻtarildi.
  • 1923-yil – Halifalik bekor qilindi, jumhuriyat eʼlon qilindi va Mustafo Kamol prezident etib saylandi. Yangi Xalq partiyasi tashkil etildi.
  • 1938-yil 10-noyabrda – 57 yoshida Mustafo Kamol Otaturk hayotdan koʻz yumdi.

Hayoti

tahrir
 
Otaturk geografiya darsida (1930-yil)

Mustafo Kamol Gallipoli operatsiyasi vaqtida diviziya komandiri hizmatini bajarib yurganida oʻzini mohir darajada koʻrsata bildi. Keyinroq u Anadoli va Polestina jang maydonlarida oʻzining yangi taktikalarini oliy darajada boshqarishi bilan hammaning nazarini oʻziga qaratdi, Birinchi Jahon urushi vaqtida oliy darajadagi hurmatga sazovor boʻldi. Usmonli imperiyasining jangda magʻlub boʻlib, Antanta tomonidan davlatni parchalab tashlashga rejalar tuzilgandan keyin, Mustafo Kamol Tukr milliy qoʻzgʻalonini uyushtirdi. U keyin Turk mustaqillik urushiga aylandi. Ankarada vaqtincha hukumat uyushtirganidan soʻng, u Antanta davlatlari yuborgan askarlariga qarshi hujum uyushtirib, ularni magʻlub etadi.

Sirtqi interventsiyalik kuchlarni qaytargandan keyin Mustafo Kamol Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tomonlariga ijobiy reformalar kirita boshlaydi. U feformalarning asosiy yoʻnalishlari Komolning siyosiy ideologiyasida batafsil berilgan. Otaturkning prinsipi boʻyicha Turkiya davlati shu davrgi, demokratiyalik va Sekulyarizm milliy davlat boʻlib tashkil topish kerak edi.

Birinchi jahon urushi Osiyodagi vaziyatni tubdan oʻzgartirdi. Turkiya Olmoniyaning ittifoqchisi boʻlgani bois engilgan mamlakat qismatini boʻlishib oldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi ziddiyatlar tufayli gʻolib davlatlar uzoq vaqt mobaynida tinchlik shartnomasi tuzishga muvoffaq boʻlishmadi. Baribir, 1920-yil 10-avgustda Parij yaqinidagi Sevr shahrida shunday shartnoma imzolandi. Bu Turkiya taqdirini xal kilishi lozim edi. Sevr shartnomasining imzolanishi butun Turkiyada norozilik tugʻyonini uygʻotdi. Milliy – ozodlik xarakatining tashkil etilishi va tayyorlanishida turk armiyasi generali Mustafo Kamol katta rol oʻynadi. U qisqa muddatda turk armiyasini yangidan tuzishga erishdi va bu armiya 1922-yili intervension armiyaning bir qismi boʻlgan grek qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratdi. Shundan keyin Mustafo Kamol izdoshlari kamolchilar, Turkiyadagiday yuz bergan inqilob esa kamolchilik inqilobi deb atala boshlandi. 1923-yil aprelida Mustafo Kamol tashabbusi bilan yangi partiya – Xalk partiyasi tashkil etildi. Xalk partiyasi Mustafo Kamol va uning inqilobiy islohotlari uchun asosiy siyosiy tayanch boʻlib keldi. Turkiya respublikasi Gʻarb davlatlarini Sevr shartnomasi oʻrniga yangi shartnoma imzolashga majbur qildi. 1924-yil 20-aprelda Turkiya respublikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustafo Kamol 1927-yili Xalq respublikasi partiyasining umrbod raisligiga saylandi va unga Otaturk, yaʼni Turklar otasi faxriy unvoni berildi. Shu bilan birga kamolchilik inqilobi kator salbiy xususiyatlarga xam ega edi. Avvalo, davlat xokimiyati shovinistik mazmun kasb etgani xolda Turkiyaning barcha fuqarolari, dini va millatidan qatʼi nazar, turklar ekanligini eʼlon qildi. Otaturk 1938-yili 57 yoshida vafot etdi. Uning ichki va tashqi siyosatini Ismet Inenyu davom etirdi.

Oilaviy va bolalik davri

tahrir

Mustafo Kamol Usmonli imperiyasidagi Salanik shahrida tavallud topgan. Tugʻilgan vaqtdagi toʻliq ismi – Ali Riza oʻgʻli Mustafo. Otasi – Ali Riza Efendi, onasi – Zubayda xonim. Bolam qahramon boʻlsin degan irim bilan otasi Mustafoning beshigining ustiga qilich ilgan ekan. Mustafo Kamolning aniq qaysi kuni tugʻilgani nomaʼlum. Uning sababi, Usmoniylar imperiyasi ikki turli kalendar qoʻllangan: Hijriy kalendari va Rumiy kalendari. Uning tugʻilgan yili 1296-yil deb koʻrsatiladi va qaysi kalendar boʻyicha ekanligi aytilmadi. 1296-yili (Gregorius kalendari) hozirgi kundagi kalendarning 1880–1881-yillariga toʻgʻri keladi. Mustafo Kamolning oʻzing aytishiga qaraganda, onasi unga bahorda tugʻilgansan deb aytgan, opoysi esa Makbule Atadanning aytishiga qaraganda, onalari Mustafo qishda boʻron vaqtida tunda tugʻilgansan deb aytgan. Tarixchi Reshit Saffet Atabinning taklifidan keyin Otaturkning oʻzi tugʻilgan kuni deb, Turk mustaqillik urushi boshlangan kunni, yani 19-mayni tanlagan.

Selanik bilan Manastrdagi harbiy maktablarda tahsil olgan. 1895-yili Manastrdagi Usmonli harbiy akademiyasiga oʻqishga kiradi. Mustafo Kamol Latife Ushakligiga uylanadi. U 3 yildan soʻng ayrim sabablarga koʻra ajrashdi. Otaturk etti qiz bilan bir oʻgʻil bola asirab olgan. Boʻsh vaqtida kitob oʻqishni, otga minishni, shaxmat oʻynashni va suvda suzishni yoqtirgan. Ayniqsa Raqsga tushushga humor boʻlgan. Mustafo Kamol koʻplab kitoblar yozib, shaxsiy kundalik ham tutgan. Otaturk 1938-yili 57 yoshida vafot etdi. Uning ichki va tashqi siyosatini Ismet Inenyu davom etirdi.

Otaturk tamoyillari

tahrir
  1. Respublikachilik
  2. Millatparvarlik
  3. Xalqparvarlik
  4. Dunyoviylik
  5. Davlatchilik
  6. Inqilobchilik

Otaturk davridagi oʻzgarishlar:

tahrir

Huquq sohasida:

  • Shariat vakolatlarining bekor qilinishi;
  • 1921 va 1924-yil Konstitutsiyalari;
  • Turk Madaniy qonuni; (Fuqarolik Kodeksi)
  • Turk Jazo qonuni;
  • Boshqa qonunlar;

Iqtisod sohasida:

  • Izmir Iqtisod kongressi
  • Iqtisodning milliylashtirilishi
  • Qishloq xoʻjaligi
  • Sanoat
  • Transport va boshqalar;

Ijtimoiy sohada:

  • Xotin-qizlar haq-huquqlari;
  • Shapka, kiyinishdagi oʻzgarishlar;
  • Xalkaro sanalarning qabul qilinishi;
  • Dam olish kunlarining qabul qilinishi;
  • Familiya toʻgʻrisidagi qonun;
  • Sogʻliq va ijtimoiy himoya sohasida oʻzgarishlar;

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir

Mustafa Kemal Atatürk