Katta OʻradaryoQashqadaryo viloyatidagi daryo. Gʻuzordaryoning oʻng irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy qismidagi Harkush dovonidan (3448 m) Egrisuv nomi bilan boshlanadi. Uz. 113 km, havzasi 1410 km². Daryo, asosan, togʻlar orasida oqadi. Yirik irmoqlari: Qizilsoy, Almatsoy, Zarangbuloq, Shoʻrsuv va b. Oʻrtacha yillik suv sarfi 4,6 m³/sek, yillik oqimi 140 mln. m³. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Mart-may oylarida suvi koʻpayadi. Pachkamar suv omboriga quyiladi. Atrofdagi qishloq xoʻjaligi yerlarini va shu yerdagi qishloqlarni suv bilan taʼminlaydi.[1]

Katta Oʻradaryo
Tavsif
Uzunligi
Suv sarfi m³/s
Davlat Oʻzbekiston

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil