Kattasoy (boshlanishida Oqsuv) — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Dukantsoyning eng katta chap irmogʻi. Chotqol togʻ tizmasining janubiy yon bagʻirlaridagi (2000 m) buloqlardan boshlanadi. Uzunligi 20 km, havzasining maydon 86 km2, 46 ta kichik irmogʻi bor. Kattasoy yon bagʻirlari baland koʻtarilgan tor vodiyda, katta nishablikdagi serostona toshloq oʻzanda oqadi. Ancha sersuv, yillik oʻrtacha suv sarfi 1,0 — 1,5 m’/sek. Kattasoy bahorda toʻlib oqadi, yozning oxiri va kuz oylarida esa suvi kamayib ketadi. Kattasoydan Yangiobod shahri suv oladi.Shahar atrofidagi yerlar sugʻoriladi[1].

Kattasoy
Dukentsoy (oldinda) va Kattasoy irmogʻi (keyinda)
Dukentsoy (oldinda) va Kattasoy irmogʻi (keyinda)
Tavsif
Uzunligi 20
Davlat Oʻzbekiston
Kattasoy

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil