Kaxa Malxazovich Maxaradze (gruzincha: კახი მალხაზის ძე მახარაძე ; 1987-yil 20-oktabr, Tbilisi, Gruziya SSR, SSSR) — gruziyalik futbolchi, yarim himoyachi. 2006-yildan 2015-yilgacha Gurjiston terma jamoasida, 2020-yildan Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ klubida oʻynagan.

Kaxa Maxaradze
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi კახი მალხაზის ძე მახარაძე
Tavallud sanasi 20-oktyabr 1987-yil (1987-10-20) (36 yosh)
Tavallud joyi Tbilisi
Boʻyi 187 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv (futbol klubi, Toshkent)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2006 Dinamo (futbol klubi, Tbilisi) 29 (2)
2007 Chixura 7 (0)
2007-2008 Dinamo Batumi 20 (1)
2008 Lokomotiv Tbilisi 27 (3)
2009-2010 Lokomotiv Toshkent 23 (2)
2011-2015 Paxtakor (futbol klubi) 163 (31)
2016-2018 Lokomotiv Toshkent 124 (6)
2019 Soʻgʻdiyona (futbol klubi) 26 (5)
2020-yildan h.v. Lokomotiv Toshkent[1] 12 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-sentabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-sentabr 2022-yil uchun)

Faoliyati tahrir

2004-yilda professional faoliyatini Gruziyaning eng mashhur klublaridan biri — "Dinamo"da boshladi va uch mavsum oʻtkazdi, jami uchta oʻyinda ishtirok etdi. 2007-yilgi mavsumda „Dinamo“ga (Batumi) koʻchib oʻtdi, yerda ikki mavsum oʻynadi va oʻn ikkita oʻyinda uchta gol urdi.

2009-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzoladi. „Lokomotiv“da birinchi ligada oʻynagan. Ikki mavsumda oʻn toʻqqizta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 2009-yilda „Lokomotiv“ rasmiy saytida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, „yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi[2].

2011-yilning fevral oyida Oʻzbekistonning mashhur klublaridan biri — Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Paxtakor“ tarkibida u yetakchi futbolchiga aylandi, Osiyo Chempionlar ligasio‘yinlarida ishtirok etdi. 2011-yilda Oʻzbekiston chempionatining bronza medali va Oʻzbekiston kubogi sohibi, 2012-yilda esa Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

2013-2015-yillar oraligʻida Maxaradze „Paxtakor“ sardori boʻlgan[3]. Umumiy hisobda Maxaradze „Paxtakor“ safida 120ta o‘yinda maydonga tushib, 26ta gol urgan. 2016-yilning yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bu shartnoma boʻyicha, 2018-yilning oxirigacha toʻp surgan. 2017-yilda „Oʻzbek futbolining eng nufuzli 30 nafar shaxslari“ roʻyxatidan joy olgan.[4]

Jamoa karyerasi tahrir

2004-yil 18-oktabr kuni terma jamoalar miqyosida xalqaro o‘yinlarda debyut qilgan. Gruziya[5] yoshlar terma jamoasi tarkibida slovakiyalik tengdoshlariga qarshi oʻynadi va jamoaga 4:2 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Hozirgacha Gruziya terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. U oxirgi marta 2015-yilning mart oyida Germaniyaga qarshi oʻyinda terma jamoaga chaqirilgandi.

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari tahrir

„Lokomotiv“ tarkibida:

  • O‘zbekiston chempioni: 2016, 2017
  • O‘zbekiston kubogi sohibi: 2016, 2017

„Paxtakor“ tarkibida:

  • O‘zbekiston chempioni: 2012, 2014, 2015
  • O‘zbekiston kubogi sohibi: 2011 yil
  • O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2011 yil

Dinamo Tbilisi tarkibida:

  • Gruziya chempioni: 2004/2005
  • Gruziya Superkubogi sohibi: 2005 yil

Shaxsiy yutuqlari tahrir

Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida:

  • Klub rasmiy sayti boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009 yil.

Nizolar tahrir

2022-yil 4-sentabr oqshomida O‘zbekistondagi bir qator sport nashrlari va futbol klublari elektron pochtasiga Osiyodagi nomdor bukmekerlik kompaniyasi rasmiy vakili nomidan xat jo‘natilgan. Unga ko‘ra, kompaniya Toshkentning „Lokomotiv“ klubini Superliga bahslarida kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishda ayblagan. Xatda „temiryo‘lchilar“ sardori Kaxi Maxaradzening nomi qayd etilgan.[6]

Shaxsiy hayoti tahrir

Otasi, Malxaz Maxaradze — futbolchi, 1980-yillarning oʻrtalarida Tbilisi „Dinamo“sining mashhur oʻyinchisi. Akasi, Boris Maxaradze — professional futbolchi.

Manbalar tahrir