Kel, jonim

oʻzbek xonandasi Ravshan Sobirov ijro etgan qoʻshiq

Kel, jonim“ (shunchaki „Kel jonim“ oʻlaroq ham yoziladi) — oʻzbek xonandasi Ravshan Sobirov ijro etgan qoʻshiq. Dastlab 2004-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. Qoʻshiq soʻzini Husan Sodiqov yozgan, kuyini esa Sobirov bastalagan. Qoʻshiq si minor tonalligida ijro etilgan[1].

„Kel, jonim“
Ravshan Sobirov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2004
Janr pop
Davomiyligi 3:48
Matn muallif(lar)i Husan Sodiqov
Bastakor(lar) Ravshan Sobirov
Klipi
„Kel, jonim“ YouTubeda

„Kel, jonim“ qoʻshigʻi Sobirov reperturadidagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq uchun Buxoro shahrida klip suratga olingan. Klip kadrlari Masjidi Kalon, Ulugʻbek madrasasi, Abdullaxon timi, Boloyi hovuz masjidi hamda Savva Morozov savdo uyi kabi meʼmoriy yodgorliklarda suratga olingan.

2013-yil „Kel, jonim“ qoʻshigʻining klub musiqasi janridagi remiksi eʼlon qilingan. Remiks Sobirovning „Sen bilgin“ nomli albomiga kiritilgan[2].

Manbalar tahrir

  1. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 14-noyabr 2022-yil.
  2. „Sen bilgin“. Spotify. Qaraldi: 14-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir