Koʻruv diski (optik disk yoki koʻruv nervining boshlanish qismi) – koʻzdan chiqayotgan ganglionar hujayra aksonlarining chiqish nuqtasi. Optik disk sohasida tayoqcha va kolbachalar yoʻqligi sababli, u har bir koʻzda kichik koʻr nuqtaga yaʼni yorugʻlik signallari retseptor hujayralar tomonidan qabul qilinmaydigan sohaga toʻgʻri keladi.

Optik diskOptik disk
lotincha: discus nervi optici
Sistema Oftalmologiya
Arteriya Uzun orqa siliar arteriyalar
Kataloglar
  • A08.800.800.120.680.660 va A09.371.729.690
  • D009898
  • 58634
  • A15.2.04.019
Koʻruv diski

Ganglionar hujayra aksonlari koʻzdan chiqqandan keyin koʻruv nervini hosil qiladi. Koʻruv diski esa koʻruv nervining boshlanish qismi va toʻr parda ganglionar hujayralarining aksonlari birlashadigan nuqta hisoblanadi. Sogʻlom inson koʻzining koʻruv diskida koʻzdan miyaga qarab yoʻnalgan 1-1,2 million afferent nerv tolalari mavjud. Koʻruv diski, shuningdek, toʻr pardani qon bilan taʼminlaydigan asosiy arteriyalar uchun kirish nuqtasi va venalarning toʻr pardadan chiqish nuqtasi ham hisoblanadi[1].

Tuzilishi

tahrir

Koʻruv diski markaziy chuqurcha (fovea centralis) ning burun tomonidan 3-4 mm uzoqlikda joylashgan. Koʻruv diski vertikal oval shaklda boʻlib, oʻrtacha oʻlchamlari gorizontal sathda 1,76 mm va vertikal sathdada 1,92 mm ni tashkil etadi[2]. Koʻruv diskida optik chashka deb ataladigan oʻzgaruvchan oʻlchamdagi markaziy botiqlik mavjud. Bu botiqlik sayoz chuqurchadan loviyasimon shaklgacha boʻlgan turli xil shakllarda boʻlishi mumkin va bu botiqlikning shakli baʼzi toʻr parda kasalliklari diagnostikasi uchun klinik ahamiyatga ega.

Funksiyasi

tahrir

Koʻruv diski koʻzdan chiquvchi ganglionar hujayralar aksonlari uchun chiqish nuqtasi boʻlib, unda tayoqchalar va kolbachalar yoʻqligi sababli, u har bir koʻzda kichik koʻr nuqtaga toʻgʻri keladi.

Klinik ahamiyati

tahrir

Odam koʻzining deyarli barcha tuzilmalari tegishli optik uskunalar va linzalar yordamida tekshirilishi mumkin. Zamonaviy bevosita oftalmoskopdan foydalanish yorugʻlikning qaytarilishi prinsipidan foydalangan holda optik diskni koʻrish imkonini beradi. Optik disk va koʻz ichidagi tuzilmalarning toʻliq stereoskopik koʻrinishi uchun tegishli asferik fokusli linzalar (+66D, +78D yoki +90D) bilan birga tirqishli lampa biomikroskopik tekshiruvi talab qilinadi.

Biomikroskopik tekshiruv koʻruv nervining holatini koʻrsatishi mumkin. Xususan, koʻz shifokori ushbu tekshiruvda koʻruv diskining rangini, optik chashka hajmini (chashka-disk nisbati sifatida), qirralarining aniqligini, koʻruv nervida shish bor yoki yoʻqligini, qon ketishini, koʻruv diskidagi tirqishlarni va boshqa noodatiy anomaliyalarni aniqlashi mumkin. Bu oʻzgarishlar glaukoma va boshqa optik neyropatiyalar, optik nevrit, oldingi ishemik optik neyropatiya yoki papilledema (yaʼni, intrakranial bosimning koʻtarilishi natijasida paydo boʻlgan optik diskning shishishi) va koʻruv diski druzenlari tashxisini tasdiqlovchi dalillarni topish uchun muhimdir.

Preeklampsiyasi mavjud boʻlgan homiladorlik ayollar intrakranial bosim oshishi dastlabki bosqichlarda aniqlash uchun koʻruv diskini oftalmoskopik tekshirish orqali tekshirilishi kerak.

Rangpar koʻruv diski

tahrir
 
Inson koʻzining sxematik diagrammasi, pastki chap tomonda koʻruv diski koʻrinadi. Yuqoridan koʻrilgan oʻng koʻzning gorizontal kesmasi koʻrsatilgan.

Sogʻlom optik diskning ranggi toʻq sariqdan pushti ranggacha boʻlib, millatlarga qarab farq qilishi mumkin[3]. Och rangli disk rangi och pushti yoki toʻq sariq rangdan oqgacha boʻlgan optik disk hisoblanadi. Och rangli koʻruv diski patolgik holatning belgisidir.

Instrumental tekshirish

tahrir

Anʼanaviy rangli plyonkali kamera tasvirlari tasvirlashda mos standart boʻlib, optik diskning standartlashtirilgan suratlarini olish uchun mutaxassis oftalmik fotograf, oftalmolog, optometrist yoki oftalmologni talab qiladi. Stereoskopik tasvirlar mutaxassis optometrist yoki oftalmologning qoʻlidagi shubhali oʻzgarishlarni ketma-ket kuzatish va tasdiqlash uchun ajoyib tekshiruv usuli boʻlib xizmat qiladi.

Bundan tashqari samaraliroq va arzonroq diagnostika imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan texnikalar ham ishlab chiqilgan. Heidelberg retinal tomografiyasi (HRT), skanerli lazerli polarimetriya va optik kogerent tomografiya koʻzning turli tuzilmalarini, shu jumladan optik diskni tasvirlash uchun kompyuterlashtirilgan usullar hisoblanadi. Ular diskning nerv tolalari qatlami va uning atrofidagi toʻr pardaning miqdorini aniqlaydi va natijalarni oldindan tekshirilgan normal populyatsiyaning maʼlumotlar bazasi bilan statistik bogʻlaydi. Ular optik disk morfologiyasidagi daqiqali oʻzgarishlarni kuzatish uchun foydalidir. Tasvirlash tekshiruvlari klinik diagnostika uchun ishonchli dalillar keltirmaydi va bu dalillar funksional oʻzgarishlar uchun ketma-ket fiziologik testlar bilan almashtirilishi kerak. Bunday testlar koʻrish maydoni diagrammasi va koʻz shifokori tomonidan toʻliq koʻz tekshiruvining yakuniy klinik talqinini oʻz ichiga oladi.

Koʻzning toʻr pardasi va optik disk sohasidagi xorioideadagi qon oqimini invaziv boʻlmagan holda yaqin infraqizil lazer dopplerografiya yordamida aniqlash mumkin[4]. Lazerli doppler tasviri mahalliy arterial qarshilik indeksini aniqlash imkonini beradi, shuningdek, toʻr parda arteriyalari va venalarini ularning sistola – diastola oʻzgarishlari asosida aniq identifikatsiya qilish imkoniyatini beradi va inson koʻzlaridagi gemodinamika aniqlanadi[5]. Bundan tashqari, Doppler spektrining assimetriyasi optik oʻqqa nisbatan qon oqimining mahalliy yoʻnalishini ochib beradi. Ushbu yoʻnalish boʻyicha maʼlumotlar markaziy arteriya va vena (a. et v. centralis)dagi oqimni tasvirlash uchun standart kulrang rangdagi qon oqimi tasvirlariga asoslanadi[6].

106 ta tadqiqot va 16 260 koʻzni tizimli koʻrib chiqish tasvirlash usullari samaradorligini taqqoslanganda glaukomani aniqlashda uchta tasvirlash testlarining barchasi juda oʻxshash ekanligi aniqladi[7]. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, vizual tekshiruvdan oʻtgan 1000 ta bemordan 200 tasi aniq glaukoma boʻlsa, eng yaxshi diagnostika tasvirlash usullari glaukoma bilan ogʻrigan 200 bemordan 60 tasini oʻtkazib yuboradi va glaukoma boʻlmagan 800 bemordan 50 tasiga notoʻgʻri glaukoma tashxisini qoʻyadi[7].

Anomaliyalar

tahrir

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "blind spot". Encyclopædia Britannica. 2011. https://www.britannica.com/science/blind-spot. Qaraldi: June 21, 2017. 
  2. Tasman, William „Chapter 4: Anatomy of the Visual Sensory System“, . Duane's Ophthalmology. Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins, 2006. ISBN 9780781768559. OCLC 318288606. 
  3. Heidary, Fatemeh; Gharebaghi, Reza; Wan Hitam, Wan Hazabbah; Shatriah, Ismail (2010). "Nerve fiber layer thickness". Ophthalmology 117 (9): 1861–1862. doi:10.1016/j.ophtha.2010.05.024. ISSN 1549-4713. PMID 20816254. https://www.aaojournal.org/article/S0161-6420(10)00598-1/fulltext. 
  4. Puyo, L., M. Paques, M. Fink, J-A. Sahel, and M. Atlan. „In vivo laser Doppler holography of the human retina.“ Biomedical optics express 9, no. 9 (2018): 4113-4129.
  5. Puyo, Léo, Michel Paques, Mathias Fink, José-Alain Sahel, and Michael Atlan. „Waveform analysis of human retinal and choroidal blood flow with laser Doppler holography.“ Biomedical Optics Express 10, no. 10 (2019): 4942-4963.
  6. Puyo, L., M. Paques, and M. Atlan. „Retinal blood flow reversal in out-of-plane vessels imaged with laser Doppler holography“ https://arxiv.org/abs/2008.09813
  7. 7,0 7,1 "Optic nerve head and fibre layer imaging for diagnosing glaucoma". Cochrane Database Syst Rev 2020 (11): CD008803. 2015. doi:10.1002/14651858.CD008803.pub2. PMID 26618332. PMC 4732281. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4732281. 
  8. Amador-Patarroyo, Manuel J.; Pérez-Rueda, Mario A.; Tellez, Carlos H. (1 January 2015). "Congenital anomalies of the optic nerve" (en). Saudi Journal of Ophthalmology 29 (1): 32–38. doi:10.1016/j.sjopt.2014.09.011. ISSN 1319-4534. PMID 25859137. PMC 4314572. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4314572. 
  9. Magrath, GN; Cheeseman EW; Sarrica RA (2013). "Morning Glory Disc Anomaly". Pediatric Neurology 49 (6): 517. doi:10.1016/j.pediatrneurol.2013.05.015. PMID 24095648. 
  10. Barnard. „An Introduction to Diseases of the Optic nerve“. 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-may.
  11. Kindler (1970). "Morning glory syndrome: unusual congenital optic disk anomaly". Am J Ophthalmol 69 (3): 376–84. doi:10.1016/0002-9394(70)92269-5. PMID 5418855. https://archive.org/details/sim_american-journal-of-ophthalmology_1970-03_69_3/page/376. 
  12. Georgalas, Ilias; Ladas, Ioannis; Georgopoulos, Gerasimos; Petrou, Petros (August 2011). "Optic disc pit: a review". Graefe's Archive for Clinical and Experimental Ophthalmology = Albrecht von Graefes Archiv für Klinische und Experimentelle Ophthalmologie 249 (8): 1113–1122. doi:10.1007/s00417-011-1698-5. ISSN 1435-702X. PMID 21638030. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/21638030. 
  13. Puyo, L., M. Paques, M. Fink, J-A. Sahel, and M. Atlan. „In vivo laser Doppler holography of the human retina.“ Biomedical optics express 9, no. 9 (2018): 4113-4129.
  14. Puyo, L., M. Paques, and M. Atlan. „Retinal blood flow reversal in out-of-plane vessels imaged with laser Doppler holography“ https://arxiv.org/abs/2008.09813