Koʻz tomchisi
Koʻz tomchisi – koʻz yuzasiga bevosita qoʻllanadigan suyuqlik boʻlib, odatda oz miqdorda, masalan, bir yoki bir nechta tomchi miqdorida ishlatiladi. Koʻz tomchilari koʻzning tuz balansiga mos kelishi uchun tarkibida tuzlar ham boʻladi. Faqat tuzlar emas, balki tarkibi moysimon moddalar boʻlgan koʻz tomchilari ham mavjud. Bular asosan quruq koʻzlarni namlashda, qichishish yoki qizarish bilan kechuvchi koʻz tirnalish holatlarida sunʼiy koʻz yosh hosil qilish uchun qoʻllanadi. Bundan tashqari koʻz tomchilaridan davolash maqsadida ham foydalaniladi. Kasallik turiga qarab davolovchi koʻz tomchilari tarkibida steroidlar, antigistaminlar, simpatomimetiklar, beta retseptorlari blokatorlari, parasimpatomimetiklar, parasimpatolitiklar, prostaglandinlar, steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dorilar, antibiotiklar, antifungallar yoki topikal anesteziklar boʻlishi mumkin.
Koʻz tomchilari ogʻiz orqali yuboriladigan dorilarga qaraganda kamroq nojoʻya taʼsirga ega va tomchilarni tomizgandan keyin qisqa vaqt davomida koʻz ichki burchagiga bosish orqali bunday xavfni kamaytirish mumkin.
Bir marta ishlatiladigan steril plastik aplikatorlarni ishlab chiqishdan oldin, koʻz tomchilari rezina qopqoqli shisha pipetka yordamida yuborilgan.
Yaroqlilik muddati
tahrirKoʻz tomchilarining koʻpi shishalari ochilgandan soʻng ifloslanishni oldini olish uchun konservantlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa-da, ular doimiy ifloslanishning oldini ololmaydi. Oftalmologlar shishalarni ochilgandan keyin uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda saqlashni tavsiya etadilar[1]. Konservantlarni oʻz ichiga olmaydigan koʻz tomchilari bir marta ishlatiladigan idishlarga qadoqlanadi. Dispenserlar odatda, tomchilarni kattalashtiradi, inson koʻzi atigi 25 mikrolitrga bardosh bera oladi[2].
Turlari va qoʻllanilishi
tahrirTurli farmakologik sinfdagi koʻz tomchilari bemorlar tomonidan qopqogʻining turli xil ranglari orqali aniqlanishi mumkin. Masalan, tomirlarni kengaytiruvchi (dilatator) tomchilarning qopqogʻi allergiyaga qarshi tomchilardan farqli rangga ega.
Quruq koʻzlar
tahrirKoʻz tomchilari baʼzida tarkibida dori boʻlmasligi va faqat namlantiruvchi va koʻz yoshi oʻrnini bosuvchi eritmalardan iborat boʻlishi mumkin. Sunʼiy koʻz yoshi tomchilarining keng assortimenti mavjud boʻlib, ular turli xil sirtni davolash strategiyalarini taklif qiladi. Bunday tomchilarda bikarbonat ionlari, gipotoniklik, yuqori yopishqoqlikdagi gel va malhamlarning konservantlarsiz turlari mavjud boʻlib, barchasi har xil ishlaydi. Shuning uchun, samarali boʻlgan sunʼiy koʻz yoshi tomchisini topish uchun bir nechta turini sinab koʻrishga toʻgʻri kelishi mumkin[3].
Steroid va antibiotikli koʻz tomchilari
tahrirSteroid va antibiotikli koʻz tomchilari koʻz infeksiyalarini davolash uchun ishlatiladi. Bunday koʻz tomchilari shuningdek, profilaktik xususiyatlarga ega va koʻz operatsiyalaridan keyin infeksiyalarni oldini olish uchun ham ishlatiladi. Steroid va antibiotikli koʻz tomchilari belgilangan muddat davomida uzilishlarsiz ishlatilishi kerak. Preparatni qoʻllash toʻxtatilsa, infeksiya qaytalanishi mumkin[4].
Pushti koʻz
tahrirAntibiotikli koʻz tomchilari infeksiyali konyunktivit bakteriyalar tomonidan qoʻzgʻatilganda buyuriladi, ammo virus sabab boʻlganda emas. Allergik konyunktivit boʻlsa, sunʼiy koʻz yoshlari koʻz yoshi plyonkasida mavjud boʻlgan bezovta qiluvchi allergenlarni suyultirishga yordam beradi[5].
Allergiya
tahrirBaʼzi koʻz tomchilarining tarkibida gistamin antagonistlari yoki nosteroid yalligʻlanishga qarshi dori vositalari boʻlishi mumkin. Ular allergenlarga, jumladan aerozollangan chang zarrachalariga koʻzdagi hujayralarining javob reaksiyasini kamaytirishga yordam beradi.
Glaukoma
tahrirGlaukomani boshqarishda ishlatiladigan koʻz tomchilari koʻz suyuqligining yaxshiroq chiqib ketishiga yordam beradi va koʻz tomonidan ishlab chiqariladigan suyuqlik miqdorini kamaytirib, koʻz bosimini pasaytiradi. Bunday koʻz tomchilari tarkibida prostaglandin analoglari, beta-blokatorlar, alfa-agonistlar va karbonat angidraza ingibitorlari kabi faol moddalar saqlaydi. Bir necha turdagi dori vositalariga muhtoj boʻlgan bemorlar uchun kombinatsiyalangan dorilar ham mavjud[6].
Kengaytiruvchi koʻz tomchilari
tahrirKengaytiruvchi koʻz tomchilari koʻz qorachigʻini maksimal darajada kengaytirib, optometristga rangdor parda ortidagi koʻz soqqasining ichki qismini yaxshi koʻrish imkonini beradi. Lekin quyoshli ob-havoda kengaytiruvchi modda taʼsiri yoʻqolguncha, koʻzni qamashtirishi va yorugʻlikka sezgirlik holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Rossiya va Italiya kabi baʼzi mamlakatlarda tropikamid – koʻz qorachigʻini kengaytiruvchi tomchi dori vositalari arzon narxdagi noqonuniy giyohvand modda sifatida qoʻllanadi[7]. Boshqa antixolinergik moddalar singari, tropikamid tinchlanish maqsadida isteʼmol qilinganda aqliy buzilish holatini keltirib chiqaradi. Koʻpincha tropikamid venaga yuborilganda soʻzlashning buzilishi, hushdan ketish, atrofdagilarga javob bermaslik, gallyutsinatsiyalar, buyrak ogʻrigʻi, disforiya, tana haroratining koʻtarilishi, qaltirash, oʻz joniga qasd qilish fikrlari, tutqanoq, psixomotor qoʻzgʻalish kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin[7].
Inyeksiya uchun dorilar
tahrirInyeksiya uchun moʻljallangan fiziologik eritma tomchilari zamonaviy igna almashtirish dasturlarida qoʻllanadi, chunki inyeksiyalar intravenoz yoki oftalmik yoʻl bilan qoʻllaniilganda samarali boʻlishi mumkin (agar dori kichik dozalarda kuchli boʻlsa). Intravenoz qoʻllanilish bilan oftalmik yoʻl bilan yuborilgan latanoprost kislotasining tasiri solishtirilganda intravenoz yuborilgan tomchi vositalari taʼsir samarasi tez boʻlgan(yarim yemirilish davri 17 daqiqa)[8].
Nojoʻya taʼsirlari
tahrirSteroid va antibiotik koʻz tomchilarini birinchi marta ishlatganda bir-ikki daqiqa achishishi mumkin. Agar achishish davom etsa, shifokorga murojaat qilish lozim. Bundan tashqari, xloramfenikol saqlovchi tomchilarni ishlatayotganda koʻrish qobiliyati oʻzgarsa, tomoq ogʻrigʻi uzoq davom etsa, isitma chiqsa, qon ketishi yoki koʻkarishlar paydo boʻlsa, bu haqda shifokorni xabardor qilish kerak. Shuningdek, allergik reaksiya belgilari toshma, qichishish, shish, bosh aylanishi va nafas olish qiyinligi kabi alomatlarga eʼtibor berish lozim[4]. Uzoq vaqt davomida tarkibida steroid boʻlgan koʻz tomchilarini qoʻllash steroidli glaukoma va kataraktani keltirib chiqarishi mumkin[9].
Prostaglandin analoglari koʻzning rangdor pardasi va qovoqlar terisida oʻzgarishlar, kipriklarning oʻsishi, koʻrishning xiralashishi, koʻzlarning qizarishi, qichishishi va kuyishiga olib kelishi mumkin. Beta-blokatorlarning nojoʻya taʼsiriga qon bosimining pasayishi, yurak urishi tezligining pasayishi, charchoq, nafas qisishi va kamdan-kam hollarda libido va depressiyaning pasayishi kiradi. Alfa agonistlari qoʻllanilganda kuyish, charchoq, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ogʻiz va burun qurishi, shuningdek, allergik reaksiya ehtimoli yuqori boʻlishi mumkin. Karbonat angidraza ingibitorlari koʻzni achishtirib bezovta qilishi mumkin[10].
Lubrikant koʻz tomchilari koʻzda ogʻriq yoki koʻrishda oʻzgarishlar kabi baʼzi nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin va agar shunday holat kuzatilsa shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bundan tashqari, qizarish paydo boʻlsa va 3 kundan ortiq davom etsa darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Shelf-life of Eye Drops“. American Academy of Ophthalmology (2014-yil 10-mart). Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
- ↑ Allen, Marshall. „Drug Companies Make Eyedrops Too Big, And You Pay For The Waste“. NPR (2017-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 20-oktyabr.
- ↑ Jayden, Wills „New breakthrough product to help put eye drops in“. www.eyedrophelper.com (2010-yil 1-iyul). 2021-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Generic Name: Steroid and Antibiotic Eye Drops“. Qaraldi: 2010-yil 3-may.
- ↑ „Pink Eye (Conjunctivitis) Treatments“. Qaraldi: 2010-yil 3-may.
- ↑ „Glaucoma Medications and Their Side Effects“. 2014-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-may.
- ↑ 7,0 7,1 Bersani, Francesco Saverio; Corazza, Ornella; Simonato, Pierluigi; Mylokosta, Anna; Levari, Ermelinda; Lovaste, Raffaele; Schifano, Fabrizio (September 2013). "Drops of madness? Recreational misuse of tropicamide collyrium; early warning alerts from Russia and Italy". General Hospital Psychiatry 35 (5): 571–573. doi:10.1016/j.genhosppsych.2013.04.013. ISSN 1873-7714. PMID 23706777. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/23706777/.
- ↑ „Latanoprost Drug Information, Professional“. Drugs.com. Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
- ↑ Feroze, Kaberi B.; Khazaeni, Leila (2021). "Steroid Induced Glaucoma". StatPearls (StatPearls Publishing). https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK430903/.
- ↑ „Side Effects“. 2014-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-may.