Kontakt dermatit
Kontakt dermatit – bu kimyoviy yoki fizik vositalar taʼsirida yuzaga keladigan terining oʻtkir yoki surunkali yalligʻlanishi[1]. Kontakt dermatitning belgilari qichishish, teri quruqligi, qizil toshmalar, pufakchalar yoki shishni oʻz ichiga oladi. Bu toshmalar yuqumli yoki hayot uchun xavfli emas, lekin noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Kontakt dermatit | |
---|---|
Kontakt dermatitdagi toshmalar | |
Mutaxassislik | Dermatologiya |
Turlari | oddiy va allergik |
Sabablari | Turli ta'sirlovchi moddalar, allergenlar |
Tashxis usullari | yamoq testi |
Differensial tashxis | atopik dermatit, neyrodermit, eshakyemi |
Davolash | qo'zg'atuvchi bilan kontaktni yo'qotish, mahalliy kortikosteroid malhamlar, antigistaminlar |
Epidemiologiyasi
tahrirKontakt dermatit barcha kasbiy teri kasalliklarining 95% ni tashkil qiladi[2]. Kontakt dermatitning tarqalishi boʻyicha bir nechta aniq statistik maʼlumotlar mavjud[3].
Sabablari
tahrirKontakt dermatitning uch turi mavjud: irritant kontakt dermatit; allergik kontakt dermatit; va fotokontakt dermatit. Fotokontakt dermatit ikki toifaga boʻlinadi: fototoksik va fotoallergik.
Irritant kontakt dermatit
tahrirTaʼsirlovchining epidermal keratinotsitlarga bevosita sitotoksik taʼsiri irritant kontakt dermatitni keltirib chiqaradi[1]. Bu teri butunligini buzadi va tugʻma immunitet tizimini faollashtiradi.
Irritant kontakt dermatitda taʼsirlovchilar kimyoviy va fizik shakllarga boʻlinishi mumkin. Umumiy kimyoviy taʼsirlovchi moddalarga quyidagilar kiradi: erituvchilar (alkogol, ksilen, turpentin, esterlar, aseton, ketonlar va boshqalar); metallga ishlov berish suyuqliklari (toza yogʻlar, sirt faol moddalar bilan suvga asoslangan metallga ishlov berish suyuqliklari); lateks; kerosin; etilen oksidi; baʼzi oziq-ovqat va ichimliklar[4], oziq-ovqat aromatlari va ziravorlar[5], parfyumeriya[4], topikal dorilar va kosmetikadagi sirt faol moddalar (natriy lauril sulfat); ishqorlar (drenaj tozalash vositalari, sovun)[6].
Allergik kontakt dermatit
tahrirAllergik kontakt dermatit odamlarda uchraydigan immunotoksiklikning eng keng tarqalgan shakli sifatida qabul qilinadi[7]. Allergenlarga nikel, oltin, Peru balzami (Myroxylon pereirae), xrom va zaharli pechak, zaharli eman, zaharli sumak kabi toksikodendron oilasi oʻsimliklarining yogʻli qoplamasi kiradi.
Fotokontakt dermatit
tahrirFotokontakt dermatit ikkita toifaga boʻlinadi, fototoksik va fotoallergik[8]. Fotokontakt dermatit ekzematoz holat boʻlib, teridagi zararsiz yoki kam zararli moddalar hamda ultrabinafsha nurlar (320-400nm UVA) oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir natijasida paydo boʻladi (ESCD 2006)[9].
Belgilari
tahrirKontakt dermatitda terining faqat yuzaki qismlari zararlanadi. Taʼsirlangan toʻqimalarning yalligʻlanishi epidermisda (terining eng ustki qatlami) va dermisning tashqi qavatida (epidermis ostidagi qatlam) kuzatiladi[10].
Kontakt dermatit natijasida katta va qichishadigan toshmalar paydo boʻladi. Ularning davolanishi bir necha kundan bir necha haftagacha davom etishi mumkin. Bu uni kontaktli eshakyemidan ajratib turadi (kontaktli eshakyemida toshma bir necha daqiqadan bir necha soatgacha boʻlgan muddatda yoʻqoladi).
Irritant dermatit odatda taʼsirlovchi moddaning teriga teggan joyi bilan chegaralanadi, allergik dermatit esa terida kengroq tarqalishi mumkin. Irritant dermatit odatda qoʻllarda, terining ochiq joylarida uchraydi. Ikkala turdagi dermatitlarning belgilari quyidagilardan iborat:
- Qizil toshma: Bu odatiy reaksiya. Toshmalar irritant kontakt dermatitda darhol paydo boʻladi; allergik kontakt dermatitda toshma baʼzan allergen taʼsiridan keyin 24-72 soatgacha boʻlgan muddatda paydo boʻladi.
- Pufakchalar yoki pufaklar: pufakchalar, shishlar va qavarchiq (boʻrtma) koʻpincha allergen yoki taʼsirlovchi modda teriga bevosita taʼsir koʻrsatganda hosil boʻladi.
- Teri qichishishi: irritant kontakt dermatit qichishishdan koʻra koʻproq ogʻriqli boʻladi, allergik kontakt dermatit koʻpincha qichishadi.
- Terining tashqi koʻrinishi: irritant kontakt dermatitda teri quruq va yoriqli, allergik kontakt dermatitda esa pufakchalar va pufaklar kuzatiladi[11].
- Lixenifikatsiyalangan shikastlanishlar[1]
Kontakt dermatitning har qanday shakli tananing har qanday qismiga taʼsir qilishi mumkin, irritant kontakt dermatit koʻpincha taʼsirlovchi bilan bevosita aloqada boʻladigan soha, jumladan, qoʻllarni shikastlaydi.
Diagnostikasi
tahrirKontakt dermatit reaksiyalari yuzaga kelish uchun taʼsirlovchi yoki allergen sabab boʻladi shu sababli bemor uchun qoʻzgʻatuvchi agentni aniqlash va undan qochish kerak. Bunga odatda turli allergiyani tekshirish usullaridan biri boʻlgan yamoq testlarini oʻtkazish orqali erishish mumkin[12]. Yamoq testlari allergenlarning teriga taʼsiri va bu sohada kontakt dermatit rivojlanishini tekshirish uchun taʼsir sohasidagi IV turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyasi konsepsiyasiga asoslangan[13].
Oldini olish
tahrirSanoat sharoitida ish beruvchi oʻz ishchisiga zararli taʼsirlovchi moddalar taʼsirini kamaytirish uchun kerakli xavfsizlik uskunalarini taʼminlashga majburdir. Bu ish muhitiga qarab himoya kiyimi, qoʻlqop yoki himoya kremi shaklida boʻlishi mumkin. Taʼsirlovchi moddalarning toʻliq taʼsirini yoʻq qilish mumkin emas, lekin koʻp tomonlama yondashuv yordamida oldini olish mumkin. Koʻp tomonlama yondashuv sakkizta asosiy elementni oʻz ichiga oladi. Ular:
- Taʼsirlovchi va allergenlarni aniqlash
- Terini zararlamaslik uchun tegishli nazorat choralari yoki oʻrin bosuvchi kimyoviy vositalardan foydalanish
- Shaxsiy himoya.
- Shaxsiy va atrof-muhit gigiyenasiga rioya qilish
- Ish joyida zararli taʼsirlovchi moddalardan foydalanishni tartibga solish kerak
- Taʼlim orqali potensial allergiya va taʼsirlovchilar haqida bilimlarni oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar
- Xavfsiz mehnat sharoitlari va amaliyotlarini targʻib qilish
- Ishga joylashishdan oldin va keyin muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtish[14]
Davolash
tahrirOʻz-oʻzini parvarish qilish
tahrir- Agar qabariq paydo boʻlsa, kuniga 3 marta 30 daqiqa davomida qoʻllanadigan sovuq nam kompresslar bemor ahvolini yaxshilashi mumkin[15].
- Kalamin losoni qichishishni kamaytirishi mumkin[15].
- Difengidramin (Benadryl, Ben-Allergin) kabi ogʻiz antigistaminlari qichishishni bartaraf etishi mumkin[15].
Tibbiy yordam
tahrirAgar toshma yaxshilanmasa yoki oʻz-oʻzini parvarish qilishdan 2-3 kun oʻtgach tarqalishda davom etsa yoki qichishish va ogʻriq kuchli boʻlsa, bemor dermatolog yoki allergolog bilan bogʻlanishi kerak. Tibbiy davolanish odatda losyonlar, kremlar yoki ogʻiz orqali yuboriladigan dori-darmonlarni oʻz ichiga oladi.
- Kortikosteroidlar. Shikaslangan sohada yalligʻlanish bilan kurashish uchun gidrokortizon kabi kortikosteroid dori buyurilishi mumkin. Uni teriga krem yoki malham sifatida qoʻllash mumkin. Agar reaksiya terining nisbatan katta qismini qamrab olsa yoki ogʻir boʻlsa, tabletka yoki inyeksiya shaklida kortikosteroid buyuriladi.
Ogʻir hollarda, dermatolog tomonidan halobetazol kabi kuchliroq dori vositasi buyurilishi mumkin.
- Antigistaminlar. Retseptsiz beriladigan antigistaminlar yetarli foyda bermasa, kuchli preparatlarga oʻtiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Bains, Sonia N.; Nash, Pembroke; Fonacier, Luz (2019-02-01). "Irritant Contact Dermatitis" (en). Clinical Reviews in Allergy & Immunology 56 (1): 99–109. doi:10.1007/s12016-018-8713-0. ISSN 1559-0267. PMID 30293200. https://doi.org/10.1007/s12016-018-8713-0.
- ↑ "Irritant Contact Dermatitis". Clinical Reviews in Allergy & Immunology 56 (1): 99–109. February 2019. doi:10.1007/s12016-018-8713-0. PMID 30293200.
- ↑ Diepgen, Tl; Weisshaar, E (September 2007). "Contact dermatitis: epidemiology and frequent sensitizers to cosmetics" (en). Journal of the European Academy of Dermatology and Venereology 21 (s2): 9–13. doi:10.1111/j.1468-3083.2007.02381.x. ISSN 0926-9959. PMID 17716286. https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1111/j.1468-3083.2007.02381.x.
- ↑ 4,0 4,1 „Balsam of Peru contact allergy.“. DermNet NZ (2013-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.
- ↑ „Contact Dermatitis and Related Conditions“. Clevelandclinicmeded.com. 2012-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.
- ↑ Irritant Contact Dermatitis. DermNetNZ.org
- ↑ "Allergic contact dermatitis". International Immunopharmacology 2 (2–3): 201–211. February 2002. doi:10.1016/S1567-5769(01)00173-4. PMID 11811925.
- ↑ "Guidelines for care of contact dermatitis". The British Journal of Dermatology 145 (6): 877–885. December 2001. doi:10.1046/j.1365-2133.2001.04499.x. PMID 11899139. https://archive.org/details/sim_british-journal-of-dermatology_2001-12_145_6/page/877.
- ↑ „Photocontact Dermatitis“. www.skinchannel.com. 2011-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-mart.
- ↑ European Society of Contact Dermatitis. „What is contact dermatitis“.
- ↑ RAJAGOPALAN, R (September 1998). "An economic evaluation of patch testing in the diagnosis and management of allergic contact dermatitis*1". American Journal of Contact Dermatitis 9 (3): 149–154. doi:10.1016/s1046-199x(98)90017-3. ISSN 1046-199X. PMID 9744907. http://dx.doi.org/10.1016/s1046-199x(98)90017-3.
- ↑ "Contact dermatitis in patient with chronic venous insufficiency". Trakia Journal of Sciences 12 (3): 245–249. 2014. doi:10.15547/tjs.2014.03.005.
- ↑ Schwartz, Louis; Peck, Samuel M. (1944). "The Patch Test in Contact Dermatitis" (en). Public Health Reports 59 (17): 546. doi:10.2307/4584864. https://www.jstor.org/stable/4584864.
- ↑ Mathias, C.G. Toby (October 1990). "Prevention of occupational contact dermatitis". Journal of the American Academy of Dermatology 23 (4): 742–748. doi:10.1016/0190-9622(90)70284-o. ISSN 0190-9622. PMID 2146291. http://dx.doi.org/10.1016/0190-9622(90)70284-o.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 „Contact dermatitis Lifestyle and home remedies – Diseases and Conditions“. Mayo Clinic (2011-yil 30-iyul). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.