Kordova amirligi (arabcha: إمارة قرطبة, Imārat Qurṭubah) yoki Kordovadagi Umaviylar amirligi[2][3][4] Pireney yarim orolida joylashgan oʻrta asrlar islom qirolligi.

Kordova amirligi
arabcha: إمارة قرطبة
Qurṭuba amirligi
756-yil–929-yil
Kordova xalifaligi 929-yilda (yashil rangda)
Kordova xalifaligi 929-yilda (yashil rangda)
Poytaxt Kordova
Boshqa tillar Andalus arabchasi, berber, mozarabcha, oʻrta asr ibroniychasi
Hukumat Islomiy mutlaq monarxiya
Tarix  
• Abdurahmon I Kordova amiri deb e’lon qilindi.
15-may 756-yil
• Abdulrahmon III Kordova xalifasi deb e’lon qilindi[1].
16-yanvar 929-yil
Pul birligi Dirham
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Umaviylar xalifaligi
Kordova xalifaligi
Hozirda hududida quyidagilar mavjud Portugaliya
Ispaniya

Iberiya janubidagi amirlikning arablar Al-Andalus deb atagan hududda joylashgan qismlari 8-asr boshidan Umaviylar xalifaligi tarkibiga kirgan. 750-yilda Abbosiylar inqilobi natijasida sulola taxtdan agʻdarilgach, Umaviy shahzodasi Abdurahmon I sobiq poytaxt Damashqdan qochib, 756-yilda janubiy Iberiyada mustaqil amirlik tuzdi.

Kordova (arabcha: قرطبة Qurṭuba) viloyati markazi poytaxtga aylantirilib, bir necha oʻn yillar ichida Oʻrta yer dengizi mintaqasidagi eng yirik va eng gullab-yashnagan shaharlardan biriga aylandi. Dastlab Bagʻdoddagi Abbosiy xalifa qonuniyligini tan olgandan soʻng, 929-yilda amir Abdurrahmon III oʻzini xalifa deb e’lon atab, Kordova xalifaligi mustaqilligini eʼlon qildi.

Tarixi

tahrir

Roderic arablar keyinchalik al-Andalus deb atagan Ispaniyani 710-yildan 712-yilgacha boshqargan vestgot qiroli edi. Umaviylar xalifaligi avvalroq vestgotlarga qarshi Iberiyaning janubiy qismida kichik hujumlar amalga oshirgan edi. Biroq, toʻliq miqyosdagi bosqinchilik yurishi 711-yilning aprelida, Toriq ibn Ziyod boshchiligidagi qoʻshin janubiy Ispaniyani Shimoliy Afrikadan ajratib turuvchi tor kanalni kesib oʻtgandan keyin boshlandi. Bu hudud hozirda Gibraltar deb nomlanib, bu soʻz arabcha Jabal at-Ṭoriqdan (جبل طارق) olingan boʻlib, „Toriq togʻi“ degan maʼnoni anglatadi.

Ispaniyaga oʻtgan Toriq qoʻshinlari Loukkos daryosi boʻyida Roderik qoʻshini bilan toʻqnashdilar. Vestgot kuchlari magʻlubiyatga uchrab, Roderik oʻldirildi. Bu voqea Ispaniya va Gʻarbiy Yevropaga yoʻl ochib berdi. 711—718-yillarda Umaviylar Ispaniyani bosib olgandan soʻng Pireney yarim orolida Umaviylar xalifaligining viloyati (viloya) tashkil etildi. Viloyat hukmdorlari maʼmuriy markaz sifaqtida Kordovani tanladilar. Boshqaruvni voliy yoki amir maʼmuriy unvonlari bilan amalga oshirishdi[5].

756-yilda taxtdan agʻdarilgan Umaviylar qirollik oilasining shahzodasi Abdurahmon I Abbosiylar xalifaligi hokimiyatini tan olishdan bosh tortib, Kordovaning mustaqil amiri boʻldi. Umaviylar Damashqdagi hokimiyatni 750-yilda Abbosiylarga boy berganidan keyin Abdurahmon olti yil davomida qochib yurgan. Hokimiyat mavqeini qayta tiklash niyatida Umaviylar hukmronligiga qarshi chiqqan va turli mahalliy hukmdorlarni mustaqil amirlikka birlashtirgan musulmon hukmdorlarini magʻlub etdi[6]. Biroq, Abdurahmon qoʻl ostida Al-Andalusning (jumladan, Toledo, Zaragoza, Pamplona va Barselona) dastlabki birlashtirilish jarayoni uchun yigirma besh yildan koʻproq vaqt ketdi.

Keyingi bir yarim asr davomida Abdurahmon Ining avlodlari Kordova amirlari boʻlib, Andalusning qolgan qismini va baʼzan, hatto Gʻarbiy Magʻribning bir qismini ham nominal nazorat qilishgan. Biroq, har doim haqiqiy nazorat, xususan, nasroniylar chegaralari boʻylab yurishlar ustidan nazorat mustaqil amirning qatʼiyatiga qarab oʻzgarib turgan. Masalan, amir Abdulloh ibn Muhammad al-Umaviy (tax. 900) davrida hokimiyat vakolatlari Kordovaning oʻzidan tashqariga chiqmadi.

912-yilda Abdulrahmon III taxtga chiqqach, amirlikning siyosiy tanazzulga yuz tutayotgani yaqqol koʻzga tashlandi. Abdulrahmon III Andalus boʻylab Umaviylar hokimiyatini tezda tiklab, chegaralarni Shimoliy Afrikaning gʻarbiy qismiga qadar kengaytirdi. 929-yilda oʻz hokimiyatini kuchaytirib, Pireney yarim orolini vayron qilgan gʻalayon va mojarolarga barham berish uchun Abdulrahmon III oʻzini Kordova xalifasi deb eʼlon qildi. Oʻz davrida amirlik mavqeini Bagʻdoddagi Abbosiylar xalifasi emas, balki Tunisda hokimiyatni qoʻlga kiritib, Shimoliy Afrikani nazorat qilish uchun kurashayotgan shia Fotimiy xalifasiga nisbatan ham yuqoriroqqa koʻtardi. Kordova amirligi asta-sekin zaiflashib, 1492-yilda Granada xristianlar tomonidan bosib olingach, musulmonlar taʼsiri barham topdi[7].

Madaniyat

tahrir

Al-Andalus sharqiy madaniyatlar taʼsiriga tushgan. Abdurahmon I Suriya madaniyatiga qiziqish bildirgan[8]. Abdurrahmon II davrida Bagʻdod madaniyati urfga kirdi. Uning hukmronligi davri amirlik tarixidagi madaniyat va homiylikning yuksak nuqtasi hisoblanadi[8][9](p89–99). Amir Abbosiylar va Vizantiya saroylariga islom dini ilmi, arab tili grammatikasi, she’riyat, munajjimlik, tibbiyot va boshqa fanlarga oid kitoblarni olib kelish uchun elchilar yubordi[9](p94). Abbos ibn Firnos bu davrning eng koʻzga koʻringan shoirlari va bilimdonlaridan biri boʻlib, sharqdan oʻzi bilan texnik va ilmiy bilimlarni olib kelgan.[9](p94–95). Yuqori toifa erkaklar ham, ayollar ham o‘sha davrdagi al-Andalus va boshqa islomiy jamiyatlarga xos boʻlgan odobni oʻrganishlari kerak edi. Ayollar, masalan, qirollik kanizaklari, baʼzan chet elga odob va madaniyatning boshqa turlarini oʻrgatish uchun yuborilgan[9](p89–95). Musiqachi Ziryab „oʻz davrining asosiy yoʻnalishi“ boʻlgan moda, soch turmagi va gigiyena kabilarni yaratgan. Uning shogirdlari mazkur tendensiyalarni butun Yevropa va Shimoliy Afrikaga qadar tarqatishdi[10]. Ziryab, shuningdek, bir necha avlodlargacha davom etgan sanʼat, musiqa va moda akademiyasiga asos solgan[9](p97). Abdurahmon II, shuningdek, sharqda ham mavjud boʻlgan tiraz deb nomlanuvchi rasmiy kashtadoʻzlik matolarini ishlab chiqaradigan ustaxona tashkil etgan.[8][9](p91).

Arxitektura

tahrir
 
785-yilda asos solingan Ispaniyadagi Kordova katta masjidining eng qadimgi qismidagi ustunlar va ikki qavatli arkalar

Hokimiyatni egallaganidan soʻng, Abdurahmon I dastlab Kordova chekkasidagi bir necha saroy-villalarda,koʻproq muddat ar-Rusafa deb nomlangan saroyda yashadi[11]. Ar-Rusafa dastlab Rim villasi yoki Rim-Vestgot mulki boʻlgan boʻlishi mumkin. Saroyni oʻsha asr boshida Toriq ibn Ziyod boshchiligidagi musulmonlar bosqiniga hamroh boʻlgan Razin al-Burnusiy ismli berberlar boshligʻi egallab olgan va moslashtirgan[12]. 784-yilda oʻziga qarshi muvaffaqiyatsiz fitnadan soʻng, Abdurahmon I oʻz qarorgohini shahardagi Alkazar joylashgan hududga koʻchirdi[11]. Abdurahmon I va vorislari Alkazarni Al-Andalusdagi rasmiy qirollik va hokimiyat qarorgohiga aylantirib, doimiy ravishda rivojlantirib bordilar[11]. Abdulrahmon II shahar va saroy bogʻlarining suv taʼminotini yaxshilashga harakat qildi[13]. U, shuningdek, Gvadalkvivir daryosi boʻylab Albolafiya va boshqa noriyalarni (charxpalak) qurgan boʻlishi mumkin[14]. (Tarixchilar Albolafiyani 10-asrga[15] yoki Almoraviylar davriga, yaʼni 12-asrga tegishli deb hisobladi[16]).

785-yilda Abdurahmon I Gʻarbiy islom dunyosi meʼmorchiligining eng muhim yodgorliklaridan biri boʻlgan Kordova katta masjidiga asos solgan. Masjid oʻzining ikki qavatli arklari (shu jumladan, pastki qavatdagi taqa kamarlari) bilan bir-biriga bogʻlangan ustunlar qatoridan iborat boʻlgan ulkan hypostyle zali bilan ajralib turardi. Arkalar qizil gʻisht va och rangli toshlardan iborat edi. Keyinchalik masjid 836-yilda Abdulrahmon II davrida kengaytirilgan. Bunda masjid oʻlchamlari kengaygan holda asl dizayn saqlanib qolgan. Masjid keyingi hukmdorlar Muhammad, Munzir va Abdulloh davrlarida yana yangi xususiyatlar bilan bezatilgan. Masjidning gʻarbiy darvozalaridan biri, Bob al-Vuzaro (bugungi kunda Puerta-de-San-Esteban deb ataladi) shu davrga tegishli boʻlib, koʻpincha keyingi Margʻib meʼmorchilik shakllari va naqshlarining muhim prototipi sifatida qayd etilgan[17][18][19][20].

Saroylar va Kordova katta masjidi koʻcha ustida qurilgan baland yopiq yoʻlak (sabbat) orqali bogʻlanib, xalifaga qibla devori orqasidagi yoʻlak orqali masjidning maqsura maydoniga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoni yaratilgan. Birinchi sabbat Umaviylar amiri Abdulloh (h. 888–912) davrida xavfsizlik nuqtai nazaridan qurilgan. Keyinchalik Hakam II davrida masjid kengaytirilgandan soʻng, masjidga olib boruvchi yoʻlakka aylantirilgan[18]:70[21][22][23]:21.

Asl Sevilla[izoh 1] katta masjidi tax. 830-yilda Abduulrahmon II tomonidan qurilgan yoki kengaytirilgan. Hozirda ushbu masjid Ilohiy Qutqaruvchi Kollegial cherkoviga (Iglesia Colegial del Salvador) aylantirilgan. Binoda masjidning kichik qoldiqlarigina saqlanib qolgan[18]. Shiddatli qoʻzgʻolondan soʻng Abdurahmon II Meridada Merida Aljazabasi nomi bilan mashhur qalʼa qurdi. Ushbu qalʼadan keyinchalik Santyago ritsarlari ham foydalangan va bugungi kungacha saqlanib qolgan[18].

Hukmdorlar roʻyxati

tahrir

Yana qarang

tahrir

Izohlar

tahrir
  1. Keyinchalik Sevilla soboriga aylantirilgan Almohad masjidi (12-asr) bilan adashtirmaslik kerak.

Manbalar

tahrir
  1. Azizur Rahman, Syed. The Story of Islamic Spain. Goodword Books, 2001 — 129-bet. ISBN 978-81-87570-57-8. „[Emir Abdullah died on] 16 Oct., 912 after 26 years of inglorious rule leaving his fragmented and bankrupt kingdom to his grandson ‘Abd ar-Rahman. The following day, the new sultan received the oath of allegiance at a ceremony held in the "Perfect salon" (al-majils al-kamil) of the Alcazar.“ 
  2. Catlos, Brian A.. Kingdoms of Faith: A New History of Islamic Spain (en). New York: Basic Books, 2018 — 36 (and after)-bet. ISBN 9780465055876. 
  3. Albarrán, Javier „Al-Andalus“, . War in the Iberian Peninsula, 700–1600 (en). Routledge, 2018. ISBN 978-1-351-77886-2. 
  4. Kennedy, Hugh. Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus (en). Routledge, 1996. ISBN 978-1-317-87040-1. 
  5. Catlos. Kingdoms of Faith. C. Hurst & Co., 2018 — 29-bet. ISBN 978-1-78738-003-5. 
  6. Barton, 37.
  7. Bouchard, Constance Brittain, Chief Consultant. (Distinguished Professor of Medieval History, University of Akron) “Knights in History and Legend” Firefly Books Ltd.. 2009. ISBN 978-1-55407-480-8. Page 202
  8. 8,0 8,1 8,2 „Córdoba“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture. Oxford University Press, 2009. ISBN 9780195309911. 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 Catlos, Brian A.. Kingdoms of Faith: A New History of Islamic Spain. New York: Basic Books, 2018. ISBN 9780465055876. 
  10. 1001 inventions & awesome facts from Muslim civilization.. Washington, D.C.: National Geographic, 2012 — 18-bet. ISBN 978-1-4263-1258-8. 
  11. 11,0 11,1 11,2 Marçais, Georges. L'architecture musulmane d'Occident. Paris: Arts et métiers graphiques, 1954 — 153–154-bet. 
  12. Forcada, Miquel (2019). "The garden in Umayyad society in al-Andalus". Early Medieval Europe 27 (3): 349–373. doi:10.1111/emed.12347. 
  13. „Córdoba“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture. Oxford University Press, 2009. ISBN 9780195309911. 
  14. Headworth, H. G. (2004). "Early Arab Water Technology in Southern Spain". Water and Environment Journal 18 (3): 161–165. doi:10.1111/j.1747-6593.2004.tb00519.x. 
  15. Miranda, Adriana de. Water Architecture in the Lands of Syria: The Water-wheels. L'Erma di Bretschneider, 2007 — 55-bet. ISBN 9788882654337. 
  16. „Albolafia (2 o 2) - Alcazar of the Christian Monarchs | Virtual Tour“. alcazardelosreyescristianos.cordoba.es. Qaraldi: 2021-yil 20-fevral.
  17. Marçais, Georges. L'architecture musulmane d'Occident. Paris: Arts et métiers graphiques, 1954 — 134–182-bet. 
  18. 18,0 18,1 18,2 18,3 Barrucand, Marianne; Bednorz, Achim. Moorish architecture in Andalusia. Taschen, 1992 — 39–49-bet. ISBN 3822876348. 
  19. Dodds, Jerrilynn D. „The Great Mosque of Córdoba“, . Al-Andalus: The Art of Islamic Spain. New York: The Metropolitan Museum of Art, 1992 — 11–26-bet. ISBN 0870996371. 
  20. Bloom, Jonathan M.. Architecture of the Islamic West: North Africa and the Iberian Peninsula, 700–1800. Yale University Press, 2020 — 17–21-bet. ISBN 9780300218701. 
  21. Fatima „El sabat de la Mezquita“ (es-ES). Arte en Córdoba (2014-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  22. „The andalusi Alcazar“ (en-US). ArqueoCordoba. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
  23. Arnold, Felix. Islamic Palace Architecture in the Western Mediterranean: A History. Oxford University Press, 2017. ISBN 9780190624552.