Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Kurt Donald Cobain (1967 — 1994), Nirvana guruhining solisti va guruhning qoʻshiq matnlarini, musiqasini yozgan mashhur musiqachi.

Cobain (1991)

HayotiTahrirlash

Kurt Cobain, 1967-yil 20 fevralda Vashingtonda tugʻildi. Ota-onasi ajrashgan boʻlgani uchun bolalik chogʻlarini qarindoshlarinikida oʻtkazdi. Yngwie Malmsteenni gitara chalishini yoqtirar edi. Shu sababdan birinchi gitarasini 14-yoshligida, amakisidan bir velosiped oʻrniga oldi. Kolledjda oʻqiyotgan davrlarida odam anatomiyasi va adabiyotga qiziqar edi. Koʻp vaqtini kutubhonalarda sheʼr kitoblaridagi sheʼrlarni yodlash bilan oʻtkizar edi. U yerda Nirvananing baʼzi qoʻshiqlarini yozadi.

Kurt Cobain kollejdaligida narkotik bilan tanishadi. Organizmi Marihuanaga oʻrganib qoladi. 1980da narkotiklarning odamlarga qanchalik yomon taʼsir qilganini koʻrib, tashlamoqchi boʻladi, biroq tashlay olmadi. Endi narkotik uning hayotini bir parchasiga aylandi va kelajakda bu albatta unga oʻz taʼsirini oʻtkazadi.

Elektro gitara olgan kunidan boshlab doʻstlari bilan guruh qurmoqchi boʻladi. „Nirvana“ni tashkil qilishdan oldin shaharma-shahar sayohat qilib ijod qilar edi. Keyinchalik kolledjda pank rok musiqasi muhlisi Krist Novoselic bilan tanishadi. Bir necha yildan keyin ular guruh quradilar.

Bir necha yil bir qancha barabanchi alishtirdilar. Keyin nihoyat Chad Channingni qoʻshilishi bilan Nirvana guruhi tashkil qilinadi. Birinchi albomlari „Bleach“ni 1989-yil chiqaradilar. Kurt Channingni baraban chalishini yoqtirmaydi va oz vaqt oʻtgandan keyin Chadning oʻrniga Dave Grohl keladi. Nevermind albomi chiqgan 1991-yil guruhning eng muvafaqqiyatli yillardan biri edi. Albomdagi „Smells Like Teen Spirit“ bir qancha hit-paradda birinchi oʻrin oldi.

1992-yil Courtney Love bilan turmush quradi va oʻsha yili qizi, Frances Bean Cobain tugʻiladi. 1993 va 1994-yillar Kurtning mashhurlik choʻqqisiga erishgan yillar boʻladi. Bu Mashhurlik Kurtga uncha yoqmas edi.

1994-yil Aprel oyida koʻp dozada narkotik qabul qilib, oʻzini oʻldirgan Kurt, oʻlganidan keyin juda koʻp soʻroq belgilari qoldiradi. Cobain narkoman ekanligini hamma bilsada, oʻlimidan keyin bir qancha teorilar paydo boʻladi.

Bu teoriyalardan bittasi, Cobainning qonida bir odamni oʻldirishga yetadigan, juda kotta dozada geroin topilganligidir. Cobain oʻldiradigan dozadan 3 martta koʻp geroin qabul qiladi va toʻpponcha bilan ogʻzidan otilgan holda topiladi. Bu vahshiyliklarni oʻziga qilishi mumkun emas edi. Oʻlimidan oldin yozib qoldirgan hatning ohirida Courtneyning yozuvlari ham bor edi. Bu mavzu halizgacha ochiqlana olmadi.

Cobain, guruhni ijodini tushunmasdan unga muhlislik qilgan muhlislarga jahli chiqar edi. Eng yomon hodisalardan bittasi, ikki erkak Nirvananing „Polly“ qoʻshigʻini kuylab bir yosh ayolni zoʻrlaganliklari edi. Cobain bu hodisaga oʻz qarshiligini quyidagicha izohladi: "Oʻtgan yili bir yosh qiz, „Polly“ nomli qoʻshigʻimizni kuylayotgan ikki sperma va tuhum isrofchilari tarafidan zoʻrlandi. Muhlislarimizni orasida shunaqa planktonlar borligini bilib yashash man uchun juda qiyin."

Kurt Cobain haqidagi oʻlim nazariyalariTahrirlash

  • Kurt Cobainning qonida topilgan geroin, bitta insonni oʻldirishga yetadigan geroin miqdoridan uch baravar koʻp edi. Bunaqa kotta miqdorda geroin qabul qigan inson oʻzini otishi mumkun emas. Cobain ancha vaqtdan beri geroin qabul qilar edi, uning organizmi bunga oʻrgangan degan ochiqlamalar ham boʻldi. Lekin inson organizmi bunday katta miqdorga oʻrgana olmaydi. Geroin hammaga bir hil taʼsir qiladigan modda.
  • Cobainni atrofidagi jismlar va u oʻzini otgan to'pponchada uning barmoq izlari yoʻq edi.
  • Odamni oʻldiradigan miqdordagi geroindan 3 barobar koʻp miqdorda geroin qabul qilib, shunday ham oʻlishini bilgan odam nima uchun oʻzini otsin?
  • Eng asosiy voqealardan biri Kurt oʻlganidan keyin uning kredit kartasining topilmaganligi. Kurt oʻldirilganidan 2 soat keyin uning kredit kartasidan nomaʼlum odamlar gul yuvormoqchi boʻlibdilar. Kart kimlarning qoʻliga qanday qilib tushib qolgan edi?
  • Oʻlishidan oldin yozgan hatining ohirgi 4-5 qatori va hatning boshidagi 'Boddah' (Cobainning bolaligida oʻzi toʻqib chiqargan hayoliy doʻsti) soʻzi boshqa qoʻl tarafidan yozilganligi.Ohirida boshqa qoʻl tarafidan yozilgan Iltimos Courtney, davom et, Frances uchun. Hayot mansiz yanada osonroq boʻladi. Seni sevaman. Seni sevaman yozuvlari boʻlmasa, hat oʻlim hatidan koʻra musiqiy kariyera bilan hayrlashuv hatiga oʻhshaydi.
  • Amerikalik polygram mutahassisi Eldon Hokega Courtney, Kurtni oʻldirishi uchun 50 ming dollar taklif qilgani haqida 'Kurt & Courtney' hujjatli filmida gapiradi. Gapirganidan 8 kundan keyin poyezd halokatida oʻladi. Bularning hammasi juda shubhali.
Vikiiqtibosda
Kurt Cobain haqida sahifa mavjud.
Nirvana
Guruh Tarkibi
Kurt CobainKrist NovoselicDave Grohl
Aaron BurckhardDave FosterChad ChanningDale CroverDan Peters Jason EvermanPat Smear
Diskografiya
Studiyaviy va Konsert albomlari: Bleach | Nevermind | In Utero | MTV Unplugged in New York | From the Muddy Banks of the Wishkah
Termalar: Blew | Hormoaning | Nevermind: It's An Interview | Incesticide | Outcesticide | Nirvana | Sliver: The Best of the Box
Singllar: Love Buzz | Sliver | Molly's Lips | Here She Comes Now | Smells Like Teen Spirit | Come as You Are | Lithium | On a Plain | In Bloom | Oh, The Guilt | Heart-Shaped Box | All Apologies | Rape Me | Pennyroyal Tea | About a Girl (Unplugged) | The Man Who Sold the World (Unplugged) | Where Did You Sleep Last Night | Lake of Fire (Unplugged) | Aneurysm (live) | Drain You (live) | You Know You're Right
Videorelizlar va box-setlar
Live! Tonight! Sold Out!! | Singles | With the Lights Out | Classic Albums - Nirvana - Nevermind
Shuningdek
Maqolalar: Grunge | Sub Pop | Courtney Love | Heavier Than Heaven | Hype! | Kurt va Courtney | Ohirgi kunlar | Fecal Matter |
Come as You Are: The Story of Nirvana | Foo Fighters | Sweet 75 | Eyes Adrift