Langar“ soʻzining etimologiyasi haqida juda koʻp ilmiy va halq nuqtai nazaridan berilgan taʼrif hamda tavsiyalar bor. Tadqiqotchilar orasida fidoyi tilshunos olim, professor T.Nafasov oʻzining „Oʻzbek xalq toponimlari“ kitobida „Langar“ soʻzining maʼnosini shunday sharhlaydi: „Langar – soʻzi koʻp maʼnoli boʻlib, muvozanat, qoʻnimgoh, ibodatxona, karvonsaroy, xonaqoh, yoʻldagi bekat maʼnolarini bildiradi“.[1]

Xatirchi tumanidagi Langar qoʻrgʻoni Oqtogʻning oʻrta qismida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan. Uning eng baland nuqtasi Takatogʻ choʻqqisi boʻlib, dengiz sathidan 2004 metr balandlikda.[2] Xatirchidan shimolda Nurota va Qoʻshrabot chegaralari boʻylab joylashgan Oqtov (togʻ)ning choʻqqisiga yondosh Langar qoʻrgʻonidan Chuya darasoyga oshuvda, toshlar toʻshida Langar otaning qabri bor. Xatirchi sarhadidagi Langar ota qabrining asl oʻrnidan 100 metrlar chamasi pastroqda, aynan soyning yoqasida boʻlgan va keyinchalik koʻchirilgan. Hozirgi obod qiyofasi keyingi oʻrinda tiklangan. Xonaqoh yoki boshqa imoratlar saqlanib qolmagan. Langar Ota nomiga nisbat berilgan yana bir ziyoratgoh Oqtogʻ tepasidagi Langar qoʻrgʻonida ham mavjud. Qabrning aniq oʻrni xususida turlicha fikrlar bor. Qayd etilishicha, bu zot Hazrati Abdulxoliq Gʻijduvoniyning muridlaridan boʻlgan. Yaqinida Qoʻtirbuloq degan kichik buloq oqadi. Uning shifo xususiyatidan bahramand boʻlganlar bor. Mazkur ziyoratgohda masjid mavjud boʻlib, Langar ota masjidi deb ataladi.[3]

Langar otalarga nisbat berilgan ziyoratgohlar Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Nurobod tumani Ingichka qoʻrgʻonidagi Ostonabobo qishlogʻida, Kattaqoʻrgʻon tumani Moybuloq xoʻjaligi togʻ darasidagi Yonbosh qishlogʻida, Navoiy viloyati Xatirchi tumani Langar ota qoʻrgʻonida, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Eski Langar qishlogʻida va Qamashi tumani Katta Langar qishlogʻida mavjud.Buxoro viloyati Gʻijduvon shahrida ham shunday oʻrin va qabrbor.

Bulardan tashqari A.Berdimurodovva A.Ahmedovning „Langar shayxlari tarixi“ risolasida Hindiston va Tojikiston mamlakatlarida ham borligi taʼkidlanadi.[4]

Langar otalar tarixini oʻrganish borasida adabiyotshunos olimlarimizdan akademik B.Valixoʻjayev, Gʻ.Gʻafurov, jurnalistlar T.Boymirov, Sh. Shoniyozov va boshqa tadqiqotchilar aniq manbalar, rivoyatlar asosida tadqiqot ishlari olib borishgan hamda izlanishlar natijalarini risola, maqolalarida eʼlon qilishgan.[5]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Langar qishlogʻi Navoiy viloyati, Xatirchi tumani.