Magʻjan Jumabaev tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoli-sharqida joylashgan. Tuman maydoni 7,81 ming km². 2010-yili 1-yanvarda tuman aholisi 41,8 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining zichligi 5,4 kishi/km². Tuman markazi Bulayev shahri 1893-yili tashkil topgan, 1969-yili shahar maqomini oldi. Bulayevdan viloyat markazigacha oraliq masofa 106 kilometr. Shimoli-sharqiy tomonidan Rossiyaning Omsk va Tumen viloyatlari bilan, gʻarbidan - Oqqayin va Qiziljar, janubidan - Tayinsha va Aqjar tumanilari bilan chegaradosh.

Magʻjan Jumabaev tumani
qoz. Мағжан Жұмабаев ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Bulayev
Asos solingan sanasi 1928-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 41,789
Zichligi 5,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 54,41%
Qozoqlar - 29,77%
Olmonlar - 5,48%
Ukrainlar - 5,15%
Tatarlar - 1,36%
Beloruslar - 1,03% [1][2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 7,810 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71531[3]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Xaritada
Magʻjan Jumabaev tumani xaritada
Koordinatalari: 54°54′54″N 70°27′0″E / 54.91500°N 70.45000°E / 54.91500; 70.45000 G O

Tarixi tahrir

Tuman 1928-yilda tashkil topdi. 1997-yili Vozvishen tumani bilan qoʻshib yuborildi. 2000-yil Bulayev tumani Magʻjan Jumabaev nomi bilan qayta nomlandi.

Aholisi tahrir

Tuman aholisi 2010-yili 1-yanvarda 41 789 kishini tashkil qildi.[1]

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

Manbalar tahrir