Qiziljar (tuman)
Qiziljar tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoliy qismida joylashgan hudud. Qiziljar tumani 1997-yili Beskoʻl va Sokolov tumanlarini biriktirish natijasida tashkil topdi. Tumanning maʼmuriy markazi – Beskoʻl qishlogʻi[6][7].
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Shimoliy Qozogʻiston viloyati |
Maʼmuriy markazi | Beskoʻl |
Asos solingan sanasi | 1997-yil[1] |
Akim | Redin Viktor Georgiyevich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2010) | 49 393[1] |
Millatlar tarkibi |
Ruslar - 62,53% Qozoqlar - 24,49% Olmonlar - 3,83% Ukrainlar - 3,21% Tatarlar - 1,75% Beloruslar - 1,05% [2][3] |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar |
Maydoni | 6,15 ming km² |
![]() | |
Soat mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71538[4] |
Pochta indeksi | 150700-150714[5] |
Avtomobil raqami kodi | T, 15 |
Rasmiy sayti | http://kzh-sko.kz/rus/ |
GeografiyasiTahrirlash
Tuman maydoni 6,15 ming km2. Tuman markazi — Beskoʻl qishlogʻi. Viloyat markazi bilan oraliq masofasi 12 kilometr. Qiziljar tumani shaharga yaqin va Yesil daryosining yoqasida joylashgan. Janubida Yesil va Magʻjan Jumabaev, sharqida Oqqayin, gʻarbida Mamlyut tumanlari bilan va shimolida Rossiyaning Tumen viloyati bilan chegaradosh.
AholisiTahrirlash
Tuman aholisi 2010-yil 1-yanvardagi maʼmulot boʻyicha 49 393 kishini tashkil qiladi[1].
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[2][3]:
- ruslar — 30 885 kishi (62,53 %)
- qozoqlar — 6 841 kishi (24,49 %)
- olmonlar — 1 891 kishi (3,83 %)
- ukrainlar — 1 587 kishi (3,21 %)
- tatarlar — 862 kishi (1,75 %)
- beloruslar — 521 kishi (1,05 %)
- polyaklar — 267 kishi (0,54 %)
- armanlar — 160 kishi
- chuvashlar — 111 kishi
- ozarbayjonlar — 110 kishi
- litvalar — 84 kishi
- mordvalar — 84 kishi
- boshqirdlar — 72 kishi
- oʻzbeklar — 62 kishi
- chechenlar — 51 kishi
- boshqalar — 550 kishi (1,11 %)
- Umumiy — 49 393 kishi (100,00 %)
Aholi punktlariTahrirlash
Tumanning katta qishloqlari:
- Beskoʻl
- Sokolov
- Arxangel
- Novokamen
- Novonikol
- Rassvet
- Yakor
- Bogolyubov
- Peterfeld
TransportiTahrirlash
Tuman boʻyicha Qozogʻistonning (Petropavlovsk — Almati), Rossiyaning Janubiy Ural temir yoʻli; Petropavlovsk — Esim (RF), Petropavlovsk — Koʻkshetov, Petropavlovsk — Qoʻrgʻon, Petropavlovsk — Omsk (RF) avtomobil yoʻllari, Ufa — Petropavlovsk — Omsk neft quvuri oʻtadi.
TaʼlimTahrirlash
Tumanda 67 ta umumiy bilim beruvchi maktab, 2 ta kasibiy-texnik maktab, Novonikol „Yosh oʻspirimlar uyi“, 2 ta bolabogʻcha, viloyat yosh oʻspirinlar va bolalarning velosport sport maktabi, bolalar va yosh oʻspirinlarning jismoniy tarbiya maktabi, Arxangel korreksiya bolalar uyi, yetim bolalar uchun Sokolov maxsus maktab-internati, 9 ta madaniyat uyi, 6 ta klub, 15 ta kutubxona, 3 kinoteatr faoliyat yuritmoqda.
TibbiyotTahrirlash
Tumanda markaziy kasalxona, qishloq kasalxonasi, 9 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 8 feldsher-akusherlik punkt, 47 feldsher punkt, 14 dorixona, 1 sanepidstansa bar. 1989-yili Pribrejniy qishloq okrugining hududida radon suvi topildi, bu qaynar koʻzi asosida davolash profilaktoriyasi faoliyat yuritmoqda. 1991-yili Mixaylov qishlogʻida er osti mineral suvlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
OAVTahrirlash
Qiziljar tumanida 1967-yildan boshlar rus tilida „Mayak“, 2003-yildan qozoq tilida „Qiziljar“ gazetalari chiqariladi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ 1,0 1,1 1,2 Социально-экономический паспорт района
- ↑ 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq milliy ensiklopediyasi 4 tom
- ↑ Кызылжарский район. Asl nusxadan arxivlandi (2012-07-05). 2011-08-06.