Maqbul Fida Husayn (hindcha: मक़बूल फ़िदा हुसैन, urdu: مقبول فدا حسين, maratxi: मकबूल फिदा हुसेन; 17-sentabr, 1915 – 9-iyun, 2011[1]) hind rassomi, suratkash, kinochi edi. Uni "Hindistonlik Picasso", deb atashadi, uning ijodi hind badiiy tasviriga katta taʼsir koʻrsatgan.[2]

Maqbul Fida Husayn

Maqbul Husayn. Doha, Qatar, 23-sentabr, 2010.
Haqiqiy ismiमक़बूल फ़िदा हुसैन
Tavalludi 17-sentyabr 1915-yil
Pandharpur, Mumbay, Hindiston
Vafoti 9-iyun 2011-yil(2011-06-09)
(95 yoshda)
London, Birlashgan Qirollik
Sohasi badiiy tasvir, kinematograf, fotografiya
Mashhur suratlari "Ona Hindiston"; Ramayana va Mahabharataga illustratsiyalar
Mukofotlari Padma Shri (1955)
Padma Bhushan (1973)
Padma Vibhushan (1991)

Maqbul Husayn Cézanne va Matisse asarlaridan ilhomlanib, ularning uslubida Mahabharata va Ramayana kabi hind dostonlariga illustratsiyalar chizgan. Shuningdek u kubist uslubida ham ijod qilgan, bunda u kundalik hindlar hayotini tasvirlar edi.

Maqbul Fida Husayn 2011-yili 9-iyunda Londondagi Royal Brompton kasalxonasida yurak xurujidan vafot etdi.[3]

Manbalar

tahrir
  1. Maqbool Fida Husain, India’s Most Famous Painter, Dies at 95
  2. „India's most highly prized artist MF Husain dies aged 95“. BBC News. Qaraldi: 9-iyun 2011-yil.
  3. Artist and legend MF Husain dies in London, 2011-06-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-13

Havolalar

tahrir