Marisol Prado

Chililik shifokor, psixiatr va akademik

Rossana Marisol Prado Villegas (1968-yil 5-aprelda Santyago shahrida tugʻilgan)[1] — chililik shifokor, psixiatr va akademik. 1906-yil tashkil etilgan Chili universiteti talabalar federatsiyasining 2010-yilgacha yagona va ilk ayol prezidenti.

Marisol Rossana Prado Villegas
Chili universiteti talabalar federatsiyasi prezidenti
Mansab davri
1997 – 1998
Oʻtmishdoshi Rodrigo Roco
Vorisi Ivan Mlynarz
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-aprel 1968-yil (1968-04-05) (56 yosh)
Santyago, Chili
Millati Chili
Kasbi Psixiatr, akademik

Hayoti va taʼlimi

tahrir

Prado Chili universitetida tibbiyot yoʻnalishida tahsil olgan. 1995-yilda Chili Kommunistik yoshlar partiyasiga aʼzo boʻlgan. Rodrigo Roco davrida talabalar federetsiyasining kommunikatsiya va bosh kotibi sifatida faoliyat olib borgan. 1997-yilda taxminan 40% ovoz bilan federatsiya prezidenti etib saylangan. Uning talabalar bosh rahbari sifatidagi faoliyati davomida Chili 1990-yillarda talabalarning eng muhim ommaviy safarbarliklaridan birini boshdan kechirgan. 1990-yil mart oyida Augusto Pinoshet davlat rahbari sifatida soʻnggi (Oʻqituvchilik toʻgʻrisidagi) konstitutsiyaviy qonunni qabul qilgan. Buning natijasida amalga oshirila boshlagan oliy taʼlimni xususiylashtirish jarayoniga javoban ushbu safarbarlik e’lon qilingan.

Katolik cherkoviga yaqin boʻlgan Prado 1998-yilda Mintaqaviy yoshlar yigʻilishida ishtirok etgan. U New left universitet harakatining asoschilaridan biri boʻlgan.

Prado doktoranturadan keyingi taʼlimni psixiatriya va klinik psixologiya yoʻnalishida Barselona avtonom universitetida tamomlagan.

Faoliyati

tahrir

Prado hozirda Chili universiteti tibbiyot fakultetida yordamchi professor sifatida faoliyat yuritadi.

Manbalar

tahrir