Mariya Aleksandrovna Kuznetsova

Mariya Aleksandrovna Kuznetsova (1899, Namangan — 1956.20.1, Toshkent)— Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Oʻzbek professioval teatrining birinchi aktrisalaridan. Millati rus boʻlsada, oʻzbek xalqining hayoti, tili, urf-odati va sanʼatini mukammal bilgan. Barcha rollarini oʻzbek tilida ijro etgan. Ijodini badiiy hanaskorlik toʻgaragidan boshlagan. 1918—21 yillar Hamza rahbarligidagi "Oʻlka sayyor siyosiy truppasi"da, 1921—25 yillar Qoʻqon teatrida, 1925-yildan Oʻlka davlat namuna drama truppasi (keyinchalik Hamza teatri)da aktrisa. K. Hamza pyesalaridagi Vafisa ("Fargʻova fojiasi"), Jamila ("Iffat karbonlari"; "Boy ila xizmatchi"), Maryam ("Zaharli hayot") va boshqa ayollar obrazining birinchi ijrochilaridan. Aktrisa oʻz ijodiy yoʻliga ega boʻlishidaM. Uygur va Ya. Bobojonovlarnnt xizmati katta boʻldi. Eng yaxshi rollari: Antoniva ("Isyon"), Hoji ova ("Boy ila xizmatchi"), Miller xonim ("Makr va muhabbat"), Kabanixa ("Momaqaldiroq"), Ogudalova, Galchixa ("Sepsiz qiz", "Aybsiz aybdorlar"), Xolniso ("Shohi soʻzana"), Zuhra ("Ogʻriq tishlar"), Akuliva Ivanovva ("Meshchanlar"), Maysara ("Maysaraning ishi", Muqimiy teatrida) va boshqa harakterli, hajviy obrazlari oʻziga xos ijro uslubi, qahramonlar ichki dunyosining chuqur va yorqin ifodasi, hayotiyligi va maishiy boʻyokdarga boyligi bilan aj-ralib turadi. "Bukj xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]

Mariya Aleksandrovna Kuznetsova
Tavalludi 13-dekabr 1899-yil
Vafoti 20-yanvar 1956-yil(1956-01-20)
(56 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq artisti (medali).jpgUzbek orden rib.pngOrderredbannerlabor rib.pngOrder badge of honor rib.png

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil