Me’da osti bezining endokrin qismi

== Adabiyotlar ==Meʼda osti bezining endokrin qismi (pars endocrinica pancreatis) epiteliy hujayralaridan tashkil topgan pankreatik (langergans) orolchalaridan (inculae pancreaticae) iborat. Ular bezning ekzokrin qismidan biriktiruvchi toʻqimali qatlamlar vositasida ajralgan. Orolchalar bezning hamma qismida bo‘lsada, dum qismida ko‘p boʻladi. Bu orolchalarning soni bir millionga yaqin, kattaligi 0,1—0,3 mm boʻlib, umumiy massasi bez ogʻirligining 1— 2% ini tashkil qiladi. Pankreatik orolchalar va hujayralardan iborat. B hujayralar insulin gormoni ishlab chiqaradi. Uning taʼsirida qonda qand moddasi kamayib jigar va mushaklarda Glikogen holida to‘planadi. U glukozadan yog‘ hosil boʻlishini kuchaytirib, yogʻning parchalanishini sekinlatadi. Insulin oqsil hosil boʻlishini faollashtiradi. Uning yetishmovchiligi qandli diabet kasalligiga olib keladi. a hujayralar glukagon gormoni ishlab chiqaradi. Glyukagon gormoni taʼsirida jigarda glikogen glukozaga parchalanadi. Uning miqdorini ko‘payishi qonda qand miqdorining oshishiga, Giperglikemiyaga olib keladi. Undan tashqari, glukagon yogʻni yog‘ to‘qimasiga parchalanishini kuchaytiradi.

Taraqqiyoti

tahrir

Meʼda osti bezi orolchalari homila taraqqiyotining 3-oyida birlamchi ichak epiteliyi kurtagidan paydo bo‘ladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqda orolchalar soni 120 ming boʻlib, ular meʼda osti bezi hajmining 3,5% ini tashkil qiladi. Bola hayoti davomida ularning soni koʻpayib 800 mingdan oshadi va bez massasining 1—2% ini tashkil qiladi. Orolchalar qon tomirlarga boy.

Jinsiy bezlarning endokrin qismi

tahrir

Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralardan tashqari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormonlar taʼsirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo boʻladi. Moyakning endokrin qismi buralma urug‘ naychalarining oʻrtasidagi qon va limfa kapillarlari yonidagi interstitsial to‘qimada joylashgan o‘ziga xos Leydig hujayralaridan iborat. Bu hujayralar, erkaklar jinsiy gormoni testosteron ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, kamroq taʼsir kuchiga ega gormonal moddalar va oz miqdorda ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab chiqariladi. Androgenlar jigar, buyrak, ayniqsa, mushaklarda oqsil moddalar sintezini kuchaytiradi va oliy nerv faoliyatiga taʼsir qiladi.

Erkaklarning jinsiy gormoni

tahrir

Androgenlarni homila davrida o‘sayotgan moyaklar ishlab chiqaradi. Ular erkaklar ichki va tashqi jinsiy aʼzolarining takomillashuvini taʼminlab, ayollar jinsiy naylarining o‘sishini to‘xtatadi.

Ayollarning jinsiy bezlari

tahrir

Ayollar jinsiy bezlari follikulalarining donador qavati va tuxumdon interstitsial to‘qimasi hujayralari estrogen gormonlar va oz miqdorda testosteron ishlab chiqaradi. Sariq tana esa progesteron ishlab chiqaradi. Ayollarning jinsiy gormonlari asosan qiz bola balog‘atga yetganidan keyin ishlab chiqarila boshlaydi. Estrogenlar ayollar oiganizmi jinsiy aʼzolarining taraqqiyoti va oʻsishiga, progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taraqqiyotiga taʼsir qiladi.

[1]

  1. Odam anatomiyasi. Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007 — 259-260-bet. Qaraldi: 9-dekabr 2022-yil.