Michael Schulte (talaffuzi: Mixael Shulte; 30-aprel 1990-yil[1], Eckernförde, Schleswig-Holstein) – nemis qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavis, gitarachi va aranjirovkachi.

Michael Schulte
Michael Schulte (2018)
Michael Schulte (2018)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 30-aprel 1990-yil (1990-04-30) (34 yosh)
Janrlar pop
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, kompozitor
Faoliyat yillari 2008-yildan hozirgacha
Leybllar Edel AG
Fuqaroligi Olmoniya bayrogʻi Olmoniya

2011-yilda Schulte „The Voice of Germanytelevizon kasting-shousida uchinchi oʻrinni egallagan va 2018-yil fevral oyida Lissabonga Eurovision qoʻshiq tanlovida Germaniya vakili sifatida qatnashish uchun bir ovozdan eng yaxshi deb topilib, tanlovda 4-oʻrinni egallagan[2][3].

Hayoti

tahrir

Michael Schulte oʻz soʻzlariga koʻra, 11 yoshigacha oilasi bilan shimoliy Germaniyaning Schlei koʻrfazi boʻylab ochiladigan temir yoʻl koʻprigi bilan mashhur boʻlgan Lindau qishlogʻida yashagan[4] . Yetti yoshida dastlab gitara, keyin pianino chalishni oʻrgangan va gapira boshlashi bilanoq qoʻshiq aytishga harakat qiladi[5]. Michael Schulte oʻn yoshidanoq oʻz qoʻshiqlarini yaratgan. Oʻn bir yoshga toʻlganda, oilasi Flensburg yaqinidagi Dollerupga koʻchib oʻtadi, u yerda Michael Daniya gimnaziyasida oʻqiydi. 2009-yilda voyaga yetganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olgach, muqobil fuqarolik xizmatini oʻtagan. Musiqa har doim uning hayotining asosiy qismi boʻlgan, shuning uchun oʻzini koʻcha musiqachisi sifatida sinab koʻrishga jur’at etadi, lekin oʻzini koʻpchilik osongina taniydigan joyda emas, balki Ekkernförde shahrida faoliyatini olib boragan[6][7].

Michael asta-sekin sahna tajribasiga ega boʻldi, lekin RTL telekanalidagi „Deutschland sucht den Superstartelevizon kasting-shousida ishtirok etish taklifini rad etadi[5].

Unga mashhurlik internet tufayli kelgan. 2008-yil 4-fevralda Schulte oʻz kanalini YouTube portalida roʻyxatdan oʻtkazadi va darhol barbadoslik qoʻshiqchi Rihannaning birinchi singliUmbrella“ga qilingan kaver versiyasi videoklipini joylashtiradi. Kutilmagan muvaffaqiyatdan ilhomlanib, Michael veb-kamera yordamida oʻz aranjirovkalarini yaratish va namoyish etishda davom etadi, bu esa unga asta-sekin taniqli boʻlishiga sabab boʻladi[3][8]. Vaqt oʻtishi bilan, Schulte oʻz kanalida turli qoʻshiqchilar bilan birgalikda suratga olingan kliplarni joylashtira boshlaydi, masalan, avstraliyalik qoʻshiqchi GotyeningSomebody That I Used to Know“ qoʻshigʻiga Max Giesinger bilan kuylagan kaver versiyasini joylashtirigan[2][9][10].

2024-yil 31-yanvar holatiga koʻra, YouTubedagi kanali obunachilar soni 331 ming kishini, koʻrishlar soni esa 138 milliondan tashkil qilgan[11].

Musiqa tanlovlarida ishtirok etishi

tahrir

The Voice of Germany

tahrir

2011-yilning yozida, Kil haftaligida (nemischa: Kieler Woche ) Schulte mashhur irlandiyalik gitarachi va qoʻshiqchi Rea Garvey, nemis pop-rok guruhining solisti Reamonn[12] bilan konsertda qoʻshiq kuyladi. Rea GarveyThe Voice of Germany“ teleshousining 1-mavsumi (2011—2012) tashkilotchilaridan biri boʻlgan, bu yerda undan tashqari Nena, Xavier Naidoo va The BossHoss[13] ham bor boʻlishgan. Michaelni ushbu musobaqada ishtirok etishga taklif qilgan Rea Garvey edi. Schulte avvaliga peshqadamlar safida edi, ammo oxir-oqibat uchinchi oʻrinni egallaydi[14]. Oʻzining soʻzlariga koʻra, shouning finalida uning britaniyalik pop musiqachisi Ed Sheeran bilan qilagn dueti uning yangi ijodiy gʻoyalari paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Sheeran va Schulte nafaqat tashqi koʻrinishida, balki ichki jihatdan ham bir-biriga oʻxshash musiqiy xislatlarga ega edilar[15][16].

2020-yilda Schulte „The Voice of Germanytelevizion kasting-shousiga nomzod sifatida emas, balki onlayn murabbiy sifatida (inglizcha: Online-Coach Comebackstage) qaytadi. Uni tanlovdan oʻta olmagan daʼvogarlar bilan ishlash imkoniyati quvontirgan, chunki u ularning ahvolini, his-hayajoniniyaxshi tushunar va ularga shouga qaytishiga yordam bergan[17].

Eurovision

tahrir

Germaniyada Eurovision tanloviga ishtirokchilarni saralashda asosan ARD teleradiokompaniyalari uyushmasi shugʻullanadi. 2018-yil 22-fevral kuni Birinchi kanalda „Lissabon uchun bizning qoʻshiqlar“ (nemischa: Unser Lied für Lissabon ) koʻrsatuvi namoyish etildi, unda olti nafar nomzod ishtirok etgan. Yangilangan qoidalar boʻyicha ovoz berish natijasi teng ravishda uchta natijadan iborat boʻladi – teletomoshabinlar, xalqaro hakamlar hay’ati va Eurovision ekspertlarining ovozi. Michael Schulte vafot etgan otasiga[10][18] bagʻishlangan „You Let Me Walk Alone“ balladasini ijro etgani uchun uchta baholash guruhining har biridan 12 ball oladi.

2017-yildan buyon Quyi Saksoniyaning Buxtehude shahrida istiqomat qilayotgan Michael[19][20] muxbirlarga bergan turli intervyularida xotirjamligini, tabiat qoʻynida yashashni yoqtirishini, u yerda „qushlarning sayrashi, shamol shovqini va barglarning shitirlashi ostida“ yangi qoʻshiqlarini yozishi mumkinligini, megapolislar uni hech qachon oʻziga jalb qilmaganligini tan oladi[3] . Biroq Michael „Eurovision-2018“ tanlovi boshlanishidan oldin London, Madrid, Amsterdamda rejalashtirilgan konsertlar va „You Let Me Walk Alone“ qoʻshigʻi taqdimoti bilan bogʻliq gastrol safariga mamnuniyat bilan qoʻshiladi[21]. Tayyorgarlik bosqichida Michael odatiy xotirjamligini saqlab qoldi va uning balladasi ohangiga mos ravishda kulrang jinsi shim va qora koʻylakda final chiqishida paydo boʻlishni rejalashtiradi[5]. Shu jumladan, oʻgʻlining tugʻilishini kutayotgani uchun oʻz otasi haqidagi shaxsiy xotiralari alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi. Gitara chalgan sevimli otasi Michaelga birinchi akkordlarni oʻrgatgan. Otasining eski gitara kamarini u oilaviy yodgorlik sifatida asraydi[5][22][23].

Schulte Germaniya vakili oʻlaroq „Eurovision-2018“dagi chiqishi haqidagi fikrlarini oldingi yillardagi soʻnggi oʻrinlarga nazar tashlab, juda ehtiyotkorlik bilan aytgan va oʻz balladasi bilan hech boʻlmaganda oʻntalikka kirishga umid qiladi. Eurovision tanlovi natijalaridan qatʼi nazar, Michael Schulteni 2018-yil noyabr oyida Germaniyaning Myunxen, Kyoln, Gamburg, Berlin shaharlari boʻylab gastrol safarida ishtirok etadiganlar roʻyxatiga oldindan kiritishadi[24].

Eurovision-2018“ natijalari hakamlar hay’ati tomonidan ovoz berish (shu jumladan finalga chiqa olmagan mamlakatlar) va teletomoshabinlarni tanlash orqali aniqlangan. Bu ikki ovoz berish oʻrtasida sezilarli farq bor. Professional hakamlar hay’atining qaroriga koʻra, eng koʻp ballni Avstriya – 271, Shvetsiya – 253, Isroil – 212, Germaniya – 204, Kipr – 183 oladi. Tomoshabinlar soni boʻyicha beshlikka Isroil, Kipr, Italiya, Chexiya, Germaniya kiradi. Ballar yigʻindisi boʻyicha ikkila ovoz berishda Isroil – 529, Kipr – 436, Avstriya – 342, Germaniya – 340, Italiya – 308 eng yaxshilari boʻlishdi.

Ommaviy axborot vositalari sharhlovchilari Michael Schultening 4-oʻrinni olishini kutilmagan va hatto shov-shuvli deb atashdi. Musiqachining oʻzi bolaligidan Eurovision qoʻshiq tanlovining muxlisi boʻlganini tan oladi[25][26][27].

Lissabondagi xalqaro muvaffaqiyat Michael Schulteni Buxtehudeda ham mashhur qiladi. 2018-yil 18-mayda shahar burgomistri Katya Oldenburg-Shmidt (nemischa: Katja Oldenburg-Schmidt ) qoʻshiqchini shaharning qadimiy ratushasida boʻlib oʻtgan tantanali ziyofatda tabriklaydi[28], u yerda qoʻshiqchi shaharning oltin kitobiga imzo chekadi va balkondan tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirib, ularga oʻz balladalaridan parchalarni kuyladi hamda 2018-yil 13-oktyabrda boʻladigan konsertiga taklif qiladi[20][29][30][31][32].

2018-yil 19-mayda „Stern“ jurnali „Kun bayonoti“ (nemischa: Spruch des Tages ) ruknida qoʻshiqchining quyidagi soʻzlarini joylashtiradi: „Tanlovning Germaniyadagi saralash bosqichiga ariza topshirish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri edi. ESC men uchun hech qachon unutmaydigan ulkan sarguzasht va davr boʻldi“. Michael Schulte, shuningdek, Eurovision-2019 uchun Germaniyadagi saralash bosqichiga ariza berishni va uning shaklini qayerdan topish mumkinligini ham tushuntirgan[33].

Eurovision-2021ning final konsertida Michael Schulte oʻzining 2018-yildagi You Let Me Walk Alone[34] qoʻshigʻini Zoe Wees bilan birga duetda ijro etgan. Schulte Lissabondagi muvaffaqiyatidan besh yil oʻtib, Germaniyaning eng mashhur yakkaxon xonandalardan biri boʻlib qolmoqda. Uning yangi albomi „Remember Me“ taqdimoti 2023-yil sentyabr oyiga rejalashtirilgan[35].

Oilasi va musiqiy faoliyatini davom ettirishi

tahrir

Eurovisondagi chiqishidan bir oy oʻtgach, Buxtehude shahrida Michael Schulte va uning qayligʻi Katarina Mayerning toʻyi boʻlib oʻtadi (nemischa: Katharina Mayer ). Kuyovjoʻra boʻlib, uning doʻsti, mashhur musiqachi Max Giesinger qatnashgan[36][37]. 2018-yil 17-avgustda Michael va Katharinaning birinchi farzandi dunyoga keladi, unga Luis deb ism qoʻyishadi[38][39].

2018-yil 24-iyun kuni Michael Schulte gitarada Kil haftaligi yakunida qoʻshiq aytib, ishtirok etadi, bu haftalikda uch milliondan ortiq tomoshabinlar qatnashgan[40][41].

Birinchi farzandi tugʻilgandan soʻng, Schulte otalar va oʻgʻillar oʻrtasidagi muloqot mavzusini qamrab oluvchi „Never Let You Down“ nomli yangi qoʻshigʻini yozadi[42].

2018-yil 16-noyabrda Berlindagi Potsdam maydonidagi teatrda 1948-yildan beri boʻlib kelayotgan „Bambi“ televizion mukofotining 70-tantanali topshirilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ommaviy ovoz berish natijalariga koʻra (nemischa: Publikumswahl ), mukofotni Michael Schulte olgan, u bu nominatsiyada Mike Singer, Nico Santos va Leadan oʻzib ketadi[43].

2019-yil 3-oktyabrda Germaniya birligi kunida Michael Schulte Kil maydonida bepul konsert beradi. Uning „Highs & Lows“ yangi albomi bilan Germaniya boʻylab gastrol safari 2020-yilning martiga rejalashtiriladi[44].

2021-yil 12-martda er-xotinning ikkinchi oʻgʻili tugʻiladi, unga Lenni (nemischa: Lenny ) deb ism qoʻyiladi. Bu yangilik eʼlon qilinganda, Michael „Stay“ deb nomlangan yangi singlining tez orada chiqishini shaʼma qiladi[45].

2023-yil fevral oyida Michael Schulte Max Giesinger bilan birgalikda aytgan „More to this life“ qoʻshigʻi chartlarda yuqori oʻrinlardan joy oladi[46].

Diskografiyasi

tahrir

Albomlari

tahrir

(Eʼlon qilingan vaqti qavs ichida koʻrsatilgan)

  • All the Waves (11.03.2011)
  • Acoustic Cover – Live, Vol. 1 (06.05.2011)
  • Acoustic Cover – Live, Vol. 2 (08.07.2011)
  • Berlin Sessions (02.12.2011)
  • Acoustic Cover – Live, Vol. 3 (27.07.2012)
  • Wide Awake (28.09.2012; DE: #54)
  • Grow Old with Me (EP – 21.12.2012)
  • My Christmas Classics (22.11.2013)
  • Thoughts (EP – 16.05.2014)
  • The Arising (3.10.2014; DE: #81)
  • Hold the Rhythm (28.04.2017)

Singllari

tahrir
Yil Nomi Reyting[47] Izoh
  Olmoniya DE   Avstriya AT   Shveysariya CH
2012 Creep 62
(1 haftada)
Sanasi:
6 -yanvar 2012-yil
(faqat raqamli formatda)
Video Games 66
(1 haftada)
Sanasi:
27-yanvar 2012-yil
(faqat raqamli formatda)
Carry Me Home 8
(5 haftada)
30
(3 haftada)
25
(3 haftada)
Sanasi:
3-fevral 2012-yil (faqat raqamli formatda);
10-fevral 2012-yil (CD)
2018 You Let Me Walk Alone 27
(1 haftada)
Sanasi:
20-fevral 2018-yil
Unser Lied für Lissabon dasturi;
Euroviision-2018

Boshqa qoʻshiqlari

tahrir
  • 2010: Soul Traveler
  • 2011: She
  • 2011: Tears
  • 2011: Good Times
  • 2011: Last Christmas
  • 2012: Ohne Dich
  • 2012: Jump Before We Fall
  • 2014: Rock and Scissors
  • 2015: Indigo, feat. „Fewjar“
  • 2016: Remember Yesterday, „Alle Farben“ & Perttu
  • 2015: Carmine, feat. „Fewjar“
  • 2017: End of My Days

Filmografiyasi

tahrir
  • 2017: „Neomaniacs“ nemis komediya teleserialida Micha rolini[48];
  • 2018: „Die Kinder der toten Stadt“ musiqali dramasida Albert rolini oʻynagan[49].

Manbalar

tahrir
  1. „Michael Schulte (2)“. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Michael Schulte - Interview am 26.09.2012“ (de). dreamoutloudmagazin.de. 2021-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  3. 3,0 3,1 3,2 Наталия Королева. „Паренёк из YouTube будет петь от Германии на «Евровидении-2018»“ (ru). Deutsche Welle (2018-yil 23-fevral). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  4. Claudia. „Das kleine Örtchen Lindaunis an der Schlei“ (de). meerart.de (2016-yil 30-iyun). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Sören Kittel. „Ist ESC-Teilnehmer Michael Schulte der deutsche Ed Sheeran?“ (de). Berliner Morgenpost (2018-yil 7-mart). 2021-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  6. „Lange gewartet, bis ich durchstarten kann“ (de) (Интервью). eurovision.de (2018-yil 2-mart). 2020-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  7. Tina Ludwig. „Michael Schulte: Mit Musik aus eigener Feder zum Sieg“ (de). shz.de (2018-yil 21-fevral). 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  8. „Umbrella (acoustic cover) - DanJT87-version FREE MP3!!!“. YouTube (2008-yil 4-fevral). 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  9. „Gotye - Somebody That I Used To Know - Michael Schulte & Max Giesinger COVER“ (en). YouTube (2012-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  10. 10,0 10,1 Сергей Гуща. „На "Евровидении-2018" Германию представит Михаэль Шульте“ (ru). Deutsche Welle (2018-yil 22-fevral). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  11. „Michael Schulte. 331 000 Abonnenten“. YouTube. Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  12. „Kieler Woche 2011 Rea Garvey und Michael Schulte — Rolling in the deep“ (de). YouTube (2011-yil 3-iyul). Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  13. „The Voice of Germany: Michael Schulte kommt aus dem Internet direkt auf die TVoG Bühne“ (de). loomee-tv.de (2011-yil 8-dekabr). 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  14. Gesa Schwanke. „Auf Youtube ist ER schon ein ganz Großer!“ (de). Bild (2011-yil 8-dekabr). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  15. „The Voice of Germany: Michael Schulte und Ed Sheeran“ (de). loomee-tv.de (2012-yil 10-fevral). 2018-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  16. „Michael Schulte & Ed Sheeran: The A-Team“ (de). the-voice-of-germany.de (2012-yil 10-fevral). 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  17. „The Voice of Germany 2020: Michael Schulte — Vom Finalisten zum Online-Coach“ (de). the-voice-of-germany (2020-yil 9-sentyabr). 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  18. „Michael Schulte mit "ESC"-Ballade auf Platz 1 der Musik-Downloads“ (de). offiziellecharts.de (2018-yil 23-fevral). 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  19. „Michael Schulte fährt nach Portugal“ (de). Der Spiegel (2018-yil 22-fevral). 2018-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  20. 20,0 20,1 „Michael Schulte bedankt sich singend bei Buxtehudern“ (de). Focus (2018-yil 15-may). 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  21. „Michael Schulte performt bei London Eurovision Party“ (de). eurovision.de (2018-yil 2-mart). 2020-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  22. „Michael Schulte wird Vater“ (de). n-tv (2018-yil 28-mart). 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  23. „Michael Schulte hat seine Gitarre immer dabei.“ (de). vip.de (2018-yil 27-may). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  24. Felix Goth. „Michael Schulte geht 2018 auf Clubtour“ (de). eventim.de (2018-yil 7-mart). 2018-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  25. Hans Hoff. „Michael Schulte hat es allen gezeigt“ (de). Süddeutsche Zeitung (2018-yil 13-may). 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  26. Arno Frank. „Der Michael nervte nicht“ (de). Der Spiegel (2018-yil 13-may). 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  27. Nadine F. „"Keinen ESC verpasst": Michael Schulte schon immer Fan!“ (de). promiflash.de (2018-yil 24-may). 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  28. Anping Richter. „Großes Medieninteresse bei Empfang von Michael Schulte“ (de). tageblatt.de (2018-yil 18-may). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  29. „Bürgermeisterin“ (de). buxtehude.de. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  30. „Hansestadt empfängt Michael Schulte am Freitag“ (de). buxtehude.de. 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  31. „Michael Schulte gibt Konzert in seiner Heimat Buxtehude“ (de). haz.de (2018-yil 15-may). 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  32. Stefanie Ender. „Wie Buxtehude seinen ESC-Star Michael Schulte feiert“ (de). «Hamburger Abendblatt» (2018-yil 18-may). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  33. „Michael Schulte Spruch des Tages“ (de). Stern (2018-yil 19-may). 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  34. „Michael Schulte feat. Zoe Wees - You Let Me Walk Alone“ (de). eurovision.de (2021-yil 23-may). 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  35. „10.000 Hamburgerinnen und Hamburger feierten beim NDR Festival in Harburg“ (de). NDR (2023-yil 2-iyul). 2023-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
  36. „Michael Schulte: Hochzeit mit prominentem Trauzeugen“ (de). schlagerplanet.com (2018-yil 11-iyun). 2020-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  37. Max Giesinger. „Tränen bei Hochzeit von ESC-Michael Schulte“ (de). promiflash.de (2018-yil 23-iyun). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  38. „ESC-Star Michael Schulte ist Vater“ (de). Der Spiegel (2018-yil 18-avgust). 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  39. Sina Kedenburg. „Grand-Prix-Liebling zeigt seinen Schatz“ (de). Bild (2018-yil 21-avgust). 2022-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  40. Kristian Blasel. „Mehr als drei Millionen Besucher in Kiel“ (de). kn-online.de (2018-06-24 kiel festwochen-bilanz). 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  41. Kai-Peter Boysen. „Magische Pop-Momente zum Finale“ (de). kn-online.de (2018-yil 25-iyun). 2021-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  42. „Michael Schulte - Never Let You Down“ (en). YouTube (2018-yil 5-oktyabr). 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  43. „Bambi-Show mit einem humorvollen Gottschalk und Preis für Michael Schulte“ (de). Die Welt (2018-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  44. „Michael Schulte beim Tag der Deutschen Einheit in Kiel“ (de). eurovision.de (2019-yil 30-sentyabr). 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  45. „Sänger ist zum zweiten Mal Vater geworden“. stern (2021-yil 12-mart). Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  46. Sonja Fiedler-Tresp. „Michael Schulte kommt in den Stadtpark“ (de). swp.de (2023-yil 14-fevral). 2023-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  47. Chartquellen Singles: Chartplatzierungen DE AT CH
  48. „Einbruch in die Welt der Irren“ (de). stuttgarter-nachrichten.de (2017-yil 29-mart). 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.
  49. „Die Kinder der toten Stadt“ (de). YouTube (2018-yil 20-fevral). 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-fevral.

Havolalar

tahrir