Miguel Mario Díaz-Canel Bermúdez (amerika ispanchasi: [miˈɣel ˈdi.as kaˈnel]; 20-aprel 1960) — Kubaning 19-chi va amaldagi prezidenti[1][2][3]. Siyosatchi va muhandis, Kuba Kommunistik partiyasining uchinchi birinchi kotibi. Diaz-Kanel aka-uka Fidel va Raul Kastroning oʻrnini egalladi va bu inqilobdan keyin Kubaning Kastrolar sulolasidan boʻlmagan birinchi rahbariga aylandi. Shunday qilib, Diaz-Kanel rahbariyati partiya uchun ham, davlat uchun ham vorislikning sulolaviy boʻlmagan shaklini va Kubada Kastro rahbariyatining tugatilishini anglatadi.

Miguel Díaz-Canel
Kuba Prezidenti
Mansab davri
19-aprel 2018-yil
Vitse-prezident Salvador Valdés Mesa
Oʻtmishdoshi Raúl Castro
Kuba Vitse-Prezidenti
Mansab davri
24-fevral 2013-yil – 19-aprel 2018-yilgacha
Prezident Raúl Castro
Oʻtmishdoshi José Ramón Machado
Vorisi Salvador Valdés Mesa
Kuba Oliy ta’lim vaziri
Mansab davri
8-may 2009-yil – 21-mart 2012-yilgacha
Prezident Raúl Castro
Oʻtmishdoshi Juan Vela Valdés
Vorisi Rodolfo Alarcón Ortiz
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Miguel Mario Díaz-Canel Bermúdez

20-aprel 1960-yil (1960-04-20) (63 yosh)
Villa Clara, Kuba
Siyosiy partiyasi Kommunistik Partiya
Turmush oʻrtogʻi Lis Cuesta
Bolalari 2

Diaz-Kanel 2003-yildan buyon Kommunistik partiya Siyosiy byurosi aʼzosi, 2009—2012-yillarda Oliy taʼlim vaziri lavozimida ishlagan. 2012-yilda Vazirlar Kengashi vitse-prezidenti (Bosh vazir oʻrinbosari) lavozimiga koʻtarilgan. Bir yil oʻtib, 2013-yilda Davlat kengashi raisining birinchi oʻrinbosari etib saylandi. Diaz-Kanel 2018-yilda Raul Kastrodan keyin Davlat kengashi raisi lavozimini egallagan; 2019-yil dekabr oyida Respublika Prezidentiga saylanadi. 2021-yil 19-aprelda Diaz-Kanel Kuba Kommunistik partiyasi boshqaruvini ham oʻz zimmasiga oldi, u Raul Kastroning oʻrniga birinchi kotib lavozimini egalladi.

Yoshligi tahrir

Diaz-Kanel 1960-yil 20-aprelda Villa Klara provinsiyasining Platas shahrida maktab oʻqituvchisi Aida Bermudez va Santa-Klara (Kuba) mexanika zavodi ishchisi Migel Diaz-Kanel oilasida tugʻilgan[4]. Ota tomonidan kelib chiqishi ispan (asturiyalik). Uning katta bobosi Ramon Diaz-Kanel XIX asr oxirida Asturiya (Ispaniya) ning Kastropol shahridan Gavanaga kelgan[5][6].

Mario Diaz-Canel 1982-yilda Las-Villas markaziy universitetini elektronika muhandisi sifatida tamomlagan va keyin Kuba inqilobiy qurolli kuchlariga qoʻshilgan. 1985-yil aprel oyidan boshlab oʻzi taʼlim olgan oliygohda muhandislik fanidan dars bergan[7]. 1987-yilda Nikaraguada Villa Klara Yosh Kommunistik Ligasining birinchi kotibi sifatida xalqaro missiyasini yakunladi[8].

Siyosiy faoliyati tahrir

1993-yilda Diaz-Kanel Kuba Kommunistik partiyasi bilan ish boshladi va bir yildan soʻng Villa Klara provinsiyasi viloyat partiya qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylandi (gubernatordan yuqori lavozim). U ushbu lavozimda yaxshi obroʻ qozondi, Diaz-kanel mamlakatda LGBT huquqlarini qoʻllab-quvvatlagan[9]. 2003-yilda u Xolgin provinsiyasida saylangan viloyat partiya qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylandi[10]. Xuddi shu yili u Kuba Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosiga aʼzo boʻldi[11].

Diaz-Kanel 2009-yilning may oyida Oliy taʼlim vaziri etib tayinlangan. Bu lavozimni 2012-yilning 22-martigacha, Vazirlar Kengashi vitse-prezidenti (bosh vazir oʻrinbosari) boʻlguniga qadar egallab kelgan[12]. 2013-yilda qoʻshimcha ravishda Davlat kengashi raisining birinchi oʻrinbosari boʻldi. Davlat Kengashi Prezidentining Birinchi vitse-prezidenti sifatida Diaz-Kanel Prezident Raul Kastroning oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Kuba prezidenti tahrir

2018-yilda 86 yoshli Kastro Kuba Kommunistik partiyasining birinchi kotibi va Kuba inqilobiy qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni lavozimlarini saqlab qolgan boʻlsa-da, prezidentlik lavozimini tark etdi[13][14]. 2018-yil 18-aprelda Diaz-Kanel Kastrodan keyin prezidentlik lavozimini egallash uchun yagona nomzod sifatida tanlandi[15]. Miguel Diaz-Canel 19-aprelda Milliy Assambleyada ovoz berish orqali tasdiqlandi va shu kuni qasamyod qildi[16]. Siyosatshunos ekspertlar u mamlakatning ijtimoiy tuzilmasini saqlab qolgan holda oʻzidan oldingi kommunistik iqtisodiy siyosatni ehtiyotkorlik bilan isloh qilishini kutishgan. Diaz-Canel 1959-yil Kuba inqilobidan keyin tugʻilgan va 1976-yildan beri Kastro oilasining aʼzosi boʻlmagan birinchi prezidentdir.

Miguel Diaz-Canel inauguratsiyadan ikki kun oʻtib Venesuela prezidenti Nikolas Maduro taklifiga binoan Karakasga tashrif buyurdi. Diazning Maduro bilan 2018-yilning may oyida Karakasda uchrashuvi davlat rahbari sifatidagi birinchi rasmiy xorijiy tashrifi hisoblanadi. Dias-Kanel prezident boʻlganidan keyin 2018-yil noyabr oyida Kubaning Yevroosiyodagi barcha ittifoqchilari huzuriga tashrif buyurdi. Diplomatik uchrashuvlar Rossiya, Shimoliy Koreya, Xitoy, Vetnam va Laosda boʻlib oʻtdi. Birlashgan Qirollik va Fransiyadagi qisqa muddatli uchrashuvlar Britaniya parlamentariylari va Fransiya rahbarlari bilan ham uchrashuvlarni oʻz ichiga olgan. 2019-yil mart oyida Diaz-Kanel va uning rafiqasi Gavanada Uels shahzodasi Charlz va Kornuol gersoginyasi Kamillani kutib olishdi. Ular orolga tashrif buyurgan birinchi Britaniya qirollik aʼzolari sifatida mehmon boʻlishdi[17].

2019-yil oktyabr oyida Diaz-Kanel Kuba Respublikasi Prezidenti boʻldi[18]. Bu idora u oʻtgan yilning aprel oyidan beri egallab kelgan, avval Kuba davlati rahbari boʻlgan Davlat Kengashi Prezidenti lavozimini almashtirdi. Davlat Kengashi Prezidenti lavozimi unchalik muhim boʻlmagan lavozimga aylandi. Diaz-Kanelning islohotlari, jumladan, prezidentlik lavozimini ketma-ket ikki besh yillik muddat bilan cheklab qoʻydi va gender, gender identifikatori yoki jinsiy oriyentatsiyaga asoslangan kamsitishni taqiqladi[19][20][21].

Miguel Diaz-Canelning maʼmuriyati oʻzgacha fikrni bostirgani, xususan, 11-iyuldagi COVID-19 pandemiyasining yomonlashuvi natijasida yuzaga kelgan norozilik namoyishlari va mamlakatdagi oziq-ovqat inqiroziga pitsa, guarapo va limonad bilan kurashish taklifi bahs-munozaralarga sabab boʻldi[22]. Prezidentlik davrida valyuta tizimini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror[23] va oziq-ovqat yoki dori-darmon kabi asosiy ehtiyojlarning umumiy tanqisligi yuz berdi.

Kommunistik partiyaning birinchi kotibi tahrir

2021-yil 19-aprelda Diaz-Canel Raul Kastro isteʼfoga chiqqanidan keyin rasman Kubadagi eng qudratli lavozim boʻlgan Kommunistik partiyaning birinchi kotibi boʻldi. Diaz 1959-yilgi Kuba inqilobidan keyin bunday lavozimda boʻlgan birinchi Kastro sulolasidan boʻlmagan dastlabki rahbardir[24].

Davlat tashriflari tahrir

Birinchi vitse-prezident sifatida tahrir

Mamlakat Tashrif buyurilgan hududlar Sana(lar) Manbalar
  Janubiy Afrika Pretoriya 2015-yil 16-mart [25]
  Angola Luanda 2015-yil 17-mart Angola mustaqilligining 40 yilligi va Kuba va Angola oʻrtasidagi munosabatlarning oʻrnatilishi[26].
  Namibiya Windhoek 2015-yil 20-mart Namibiya mustaqilligining 25 yilligi[27]
  Angola Luanda 2017-yil 26-sentyabr Angola prezidentining inauguratsiyasi[28]

Galereya tahrir

Shaxsiy hayoti tahrir

Diaz-Kanelning ajralish bilan yakunlangan birinchi xotini Marta Vilyanueva bilan nikohidan ikki farzandi bor. Hozirda Diaz ikkinchi xotini Lis Kuesta bilan yashaydi[29].

2021-yil 23-martda Diaz-Kanel „Kubada barqaror rivojlanish uchun ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan hukumat boshqaruv tizimi“ nomli dissertatsiyani himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi[30].

Manbalar tahrir

  1. „Díaz-Canel no es un relevo histórico“. Martinoticias (25-fevral 2013). Qaraldi: 10-yanvar 2016.
  2. Ahmed, Azam; Robles, Frances „Who Is Miguel Díaz-Canel, Cubaʻs New President?“. The New York Times (19-aprel 2018). Qaraldi: 20-aprel]] 2018.
  3. „Ratificado Raúl como presidente del Consejo de Estado y del Consejo de Ministros (+ Fotos)“. Cubadebate.
  4. Ahmed, Azam; Robles, Frances „Who Is Miguel Díaz-Canel, Cuba's New President?“. The New York Times (19-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-aprel 2018-yil.
  5. Cuba ya tiene un nuevo presidente, de ascendencia asturiana — ileon
  6. De ruta por las raíces asturianas de Miguel Díaz-Canel — El Comercio
  7. „Cuban president highlights Fidel Castro's thoughts about education“ (en). www.radiohc.cu. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  8. Staff, Al Jazeera „Miguel Diaz-Canel: Cuba's post-Castro president“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  9. Augustin, Ed. „After six decades of Castro rule, Cubans greet end of era with a shrug“ (inglizcha). The Guardian (18-aprel 2018-yil). Qaraldi: 19-aprel 2018-yil.
  10. „En sustitución de Juan Vela es designado Miguel Díaz Canel ministro de Educación Superior“. cubaheadlines.com.
  11. Ryan Villarreal.. „Sustaining The System: Cuba's New VP Diaz-Canel Marks Ascent Of Younger Generation“. International Business Times (26-fevral 2013-yil).
  12. „Nota oficial“. Diario Granma (22-mart 2012-yil). Qaraldi: 31-mart 2019-yil.
  13. „Raul Castro to lead Cuba's Communist Party until 2021“. FRANCE 24 (19-aprel 2018-yil). — „'I confirm to this assembly that Raul Castro, as first secretary of the Communist Party, will lead the decisions about the future of the country,' Diaz-Canel said.“.
  14. Andrés Oppenheimer. „Cuba's new 'babysaur' to replace a dinosaur is no cause of celebration—it's shameful!“. Miami Herald (20-aprel 2018-yil). Qaraldi: 23-aprel 2018-yil.
  15. „Miguel Díaz-Canel: Cuba selects first non-Castro president since Fidel“ (inglizcha). The Guardian. Associated Press (19-aprel 2018-yil). Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.
  16. „Cuba's Raúl Castro hands over power to Miguel Díaz-Canel“. BBC News (19-aprel 2018-yil). Qaraldi: 19-aprel 2018-yil.
  17. „Charles and Camilla make history in Cuba“ (25-mart 2019-yil).
  18. Cubaʼs Reformed Constitution, a Democratic and Participatory Process Havana Times, 23 July 2018
  19. Marc Frank.. „Explainer: What is old and new in Cuba's proposed constitution“. Reuters (21-fevral 2019-yil). Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.
  20. „Cuba expands rights but rejects radical change in updated constitution“ (inglizcha). UPI. Qaraldi: 2-mart 2019-yil.
  21. Mega, Emiliano Rodríguez (8–mart 2019–yil). „Cuba acknowledges climate change threats in its constitution“. Nature (inglizcha). 567-jild, № 7747. 155-bet. doi:10.1038/d41586-019-00760-3. PMID 30862928.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  22. „Miguel Díaz-Canel: “La limonada es la base de todo”“ (ispancha). Noticias Cubanet (26-may 2020-yil).
  23. „Day Zero: how and why Cuba unified its dual currency system | LSE Latin America and Caribbean“. LSE Latin America and Caribbean blog (10-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
  24. „Cuba leadership: Díaz-Canel named Communist Party chief“ (19-aprel 2021-yil).
  25. Russell „Díaz-Canel reaffirms Cuba's unconditional support for the African cause“. Youthandeldersja.wordpress.com (23-mart 2015-yil). Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
  26. „Diaz-Canel: We come to Angola to confirm our friendship, our brotherhood“. Youthandeldersja.wordpress.com (23-mart 2015-yil). Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
  27. „Cuba´s First Vice-president Attends Inauguration of Namibian President“. Cadenagramonte.cu. 25-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
  28. „Radio Havana Cuba – Miguel Diaz-Canel Heading Cuba's Delegation to New Angolan President's Inauguration“. Radiohc.cu. Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
  29. „Quién es Miguel Díaz-Canel, el sucesor de Fidel y Raúl Castro“ (25-fevral 2013-yil). 2016-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
  30. „”Totalmente espectacular” tesis de Díaz- Canel | Cuba Noticias 360“ (23-mart 2021-yil).