Milya Lazarevich Felzenshteyn (ruscha: Миля Лазаревич Фельзенштейн; 1923-yil 18-avgust — 2006-yil 14-oktyabr) — sovet ofitseri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.11.1943).

Milya Felzenshteyn
Asl ismi ruscha: Миля Лазаревич Фельзенштейн
Tavalludi 18-avgust 1923-yil
Xarkov, USSR
Vafoti 14-oktyabr 2006-yil(2006-10-14)
(83 yoshda)
Lod, Isroil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1942-1945-yillar
Unvoni Kichik leytenant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
||

Hayoti

tahrir

1924-yilda Xarkovda ishchilar oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgan. Urushning boshida Samarqandga evakuatsiya qilinib, 1942-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Toshkent pulemyotchilar maktabini tamomlagan[1].

1943-yilninig bahorida, kichik leytenant unvoni bilan frontga yuborilgan va Kubanda tuzilgan 1339-piyodalar polkiga (318-piyodalar diviziyasi) pulemyot vzvodi qoʻmondoni etib tayinlangan. 1943-yil yozda Krasnodarni ozod qilish uchun boʻlgan janglarda ilk bor jangda qatnashadi. 1943-yilning kuzida Kerchning janubida Eltigen qishlogʻi yaqinida Qrim yarim orolidagi platsdarmni egallash operatsiyasida jonbozlik koʻrsatadi[2].

1-noyabrga oʻtar kechasi boʻlinmalari, eni 35 kilometr boʻlgan Kerch boʻgʻozini kechib oʻtishi kerak edi. Tunda va kuchli boʻron sharoitida, dushman artilleriyasi va minomyotlari olovi ostida, Felsenshteynning vzvodi joylashgan kema sohilga suzib oʻta olmaydi. Qoʻmondon boshchiligida jangchilar suvga sakrashadi. Ular qirgʻoqqa suzib borib, dushman okoplariga granatalar otib, yorib kiradi va fashistlarni chekinishga majbur qiliadi. Dushmanning 12 ta qarshi hujumlarni qaytargan Felzenshteynning pulemyotchilar vzvodi, batalyonning boshqa boʻlinmalari bilan birga, tunda, egallangan platsdarmga mustahkam joylashib oladi. Jangda, vzvod qoʻmondoni jasorat va qatʼiyat bilan harakat qiladi, shaxsan oʻzi namuna koʻrsatib jangchilarni ilhomlantiradi. U 50 dan ortiq fashistlarni yoʻq qiladi. Jiddiy jarohat olganligi sabab gospitalga yuboriladi[3].

Ikki oy dala gospitalida davolanib, soʻngra Sochiga oʻtkaziladi va u yerda bir qator murakkab operatsiyalarni oʻtkazadi. Bir oy taʼtil olib, Samarqanddagi qarindoshlari oldiga boradi va taʼtildan soʻng oʻz boʻlinmasiga qaytadi. Rota qoʻmondoni etib tayinlanadi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-noyabrdagi farmoni bilan „Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, Milya Felzenshteyn Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1944-yilning bahorida Qrimni ozod qilish janglari boshlanadi. Sevastopol yaqinidagi jangda chap oyogʻidan yaralanadi va Kislovodskdagi shifoxonalardan biriga olib boriladi. Deyarli bir yil davomida shifokorlar ofitserning hayoti va oyoqlarini saqlab qolish uchun kurashadilar. 1945-yil mart oyida Samarqanddagi kasalxonaning harbiy-tibbiy komissiyasi Felsenshteynni nogironlik boʻyicha zahiraga boʻshatadi[4].

1974-yil dekabr oyida Felsenshteyn va uning oilasi Isroilga koʻchib ketadi. Lodda (Isroil) yashagan, fabrikada ishlagan. 2006-yil 14-oktyabrida vafot etgan.

Manbalar

tahrir