Mirzo G‘afur madrasasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mirzo G‘afur madrasasi Hofiz Changi guzarida joyshashgan bo‘lib, 16 hujradan iborat bo‘lgan. Bu madrasa nomi Abu Abdurahmon Abdulloh maʼlumotlarida ham keltirilgan.
Mirzo G‘afur madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirMirzo G‘afur madrasasini Vaqf hujjati saqlanib qolgan, hijriy 1290-yili (1873 — 1874) ko‘chirilgan, forsiyda nasta'liq xatida yozilgan, o‘lchami 140,6 x 22,8 sm. Voqif Shimoli rudda Dilkusho, Faraviz, Samjan tumanida Dehcha mavzelarida bir necha bo‘lakdan iborat umumiy hajmi 160 tanobdan iborat yerini Mirzo G‘afur madrasasi uchun shar’iy tarzda vaqf qilgan. Mutavalli vazifasi Mirzo G‘afur avlodlari zimmasiga yuklangan. U vaqfdan hosil bo‘lgan mablag‘dan ushr olgan. Qolgan 9 qism 2 bo‘lakka ajratiladi. Uning 1 bo‘lagi hujrada yashovchi talabalarga teng bo‘lingan. Keyingi 1 bo‘lak 3 qismga taqsimlangan. Mudarris undan 2/3 qism ulush oladi, qolgan 1/3 hissa muazzin, sartarosh va farroshga berilgan. Hujjat qozi Mir Said Qamar ibn mulla Mir Sayyid Olim hamda mulla Abdushukur sadr rais va mudarris muhrlari bilan tasdiqlangan. Buxoroning bemor talabalar ro‘yxatida Mirzo G‘afur madrasasining qori Umar Buxoriy ismli tarbiyalanuvchisi rishta dardiga yo‘liqqani qayd qilingan. O. A. Suxareva madrasa sohibining ismini Mirzo Abdug‘afur Musharraf ibn usta Amin deydi. Tadqiqotchi uni Amir Doniyolbiyning kuyovi bo‘lsa kerak deya taxmin qilgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 366.