Mirzo Ulugʻbek memorial muzeyi

Mirzo Ulugʻbek memorial muzeyi — Oʻrta asrlarda yashab oʻtgan atoqli Oʻrta Osiyo davlat arbobi, matematik, astronom va shoir Mirzo Ulugʻbek va mintaqaning tarixiy astronomiyasiga bagʻishlangan muzey. Samarqandda Ulugʻbek rasadxonasi roʻparasida joylashgan. Muzeyning oʻng tomonida, quyiroqda yulduzli osmon tasvirlangan Ulugʻbek haykali qad rostlab turibdi.

Mirzo Ulugʻbek memorial muzeyi
Observatie_Ulugbek_Museum02.JPG
Asos solingan sana 1964
Joylashuvi Ulugʻbek rasadxonasi roʻparasida

Koordinatalari: 39°40′15″N 67°0′19″E / 39.67083°N 67.00528°E / 39.67083; 67.00528 G O

Muzey Oʻzbekistonda Sharof Rashidov davrida 1964-yilda ochilgan[1]. Uning loyiha muallifi arxitektor A.Boboxonov sanaladi. 2010-yilda Ulugʻbek rasadxonasi, muzey va yaqin atrofdagi tarixiy obidalarni keng koʻlamli kapital taʼmirlash va qayta tiklash ishlari amalga oshirildi.

Muzey Mirzo Ulugʻbek hayoti va ijodi, ilmiy izlanishlari, oʻsha davr astronomiya va matematikasi haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari muzeyda  tarixiy astronomiya va riyoziyot asbob-uskunalari, asboblarini koʻzdan kechirish mumkin. Mazkur muzeyda tarixiy kitoblar hamda qoʻlyozmalar, rasadxona va uning atrofidagi hududlar xarobalari, jumladan Afrosiyobdan topilgan eksponatlar, Samarqand va Oʻzbekistonning boshqa bir qator meʼmoriy yodgorliklarining kichraytirilgan maketlari, jumladan Buxoro va Shahrisabzning ayrim meʼmoriy yodgorliklari va boshqa eksponatlarni tomosha qilishingiz mumkin[2].

Galereya tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi“. iticket.uz. Qaraldi: 25-aprel 2023-yil.
  2. „МИРЗО УЛУҒБЕК МУЗЕЙИ МАЖМУАСИ“. samarkand.uz. Qaraldi: 25-aprel 2023-yil. [sayt ishlamaydi]