Mishari bin Rashid Alafasy (1976-yil 5-sentabrda tugʻilgan) — imom, qori va munashid. Kuvaytdagi Al-Kabir masjidining imomi va xatibi. Madina Islom universitetining Qurʼon va Islom fanlari fakultetida tahsil olib, Qurʼonni va uning talqinini oʻrgandi. 2003-yildan beri u musulmon qoʻshiqlarini (nasheed) ijro etadi. Qurʼonning elektron shakllarida va mobil dasturlarda asosan Alafasyning qiroatidan foydalaniladi.

Mishary bin Rashid Alafasy
Tavalludi 5-sentyabr 1976
Al-Quvayt, Kuvayt
Fuqaroligi Kuvayt
Millati arab
Sohasi Qori, imom, munashid (nashid kuylovchi)
Ish joylari Quvayt Al-Kabir masjidi
Taʼlimi Madina Islom universiteti
Dini Islom,sunniylik

2008-yilda Mishary al-Alafasy Arab ijodiy uyushmasi (Misr) mukofotiga sazovor boʻldi.

2012-yilda esa Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning kenja qizi bilan duet kuyladi.

Havolalar tahrir