Moʻgʻulshunoslik
Moʻgʻulshunoslik (mongolistika) — moʻgʻul xalqlarining tili, tarixi, etnografiyasi, dini, madaniyati, sanʼati va adabiyotini oʻrganuvchi fanlar majmui[1].
Tarixi
tahrirXitoy moʻgʻul xalqlari bilan Rossiya yoki boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha uzoq vaqt toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlib kelganligi bois ularning tillarini oʻrganish tarixi ancha uzoq vaqtga borib taqaladi[2]. Biroq, Xitoyda moʻgʻulshunoslikning zamonaviy akademik anʼanasi turli xil muvaffaqiyatsizliklarga duch keldi. XIX asrda xitoylik olimlar tomonidan Moʻgʻulistonni oʻrganish, Sin sulolasining Moʻgʻuliston ustidan hukmronligi bilan chambarchas bogʻliq edi. Rossiya imperializmining tahdidi xitoylik olimlar uchun «xaritani tuzish va chegarani tasniflash» loyihasi doirasida va xan-xitoylar bilan yaqinlikni taʼkidlash istagidan kelib chiqib, mintaqani oʻrganishga katta turtki boʻldi. Chegara atrofida yashovchi xalqlar va ularning mintaqada taʼsir o'tkazmoqchi boʻlgan yapon va yevropalik kuchlardan umumiy farqi bunga turtki boʻldi[2][3]. Shunday qilib, Stiven Kotkin taʼriflaganidek, Sin sulolasini agʻdarib tashlagan va Xitoy Respublikasini tuzgan 1911-yil Sinxay inqilobidan soʻng, butun tadqiqot sohasi «Manjur va imperatorlik hukmronligi bilan chambarchas bogʻliq» deb qaraldi va obroʻsi yoʻqoldi. Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganidan keyingi dastlabki yillarda Xitoyda moʻgʻulshunoslik fanining rivojlanishi asosan rus asarlaridan kelib chiqqan edi. Xitoyda moʻgʻulshunoslik boʻyicha birinchi darajali markazlardan biri, Ichki Moʻgʻuliston universitetining Moʻgʻuliston instituti 1964-yilda tashkil etilganligi boʻldi[4].
Moʻgʻulshunoslik (ayniqsa, tarixi) rivojlanishining asosini xitoy, fors, arab va moʻgʻul tillaridagi manbalar, shuningdek rus yilnomalari, Yevropadan Markaziy Osiyoga XIII asr va undan oldin yoki keyin sayohat qilgan: Plano Karpini, Andre de Lonjyumo, Gilyom de Rubruk, Marko Polo kabi sayyohlarning xotiralari tashkil etadi[5].
XVIII asrda tarixiy-etnografik asarlarida xitoy manbalariga tayangan fransuz va rus missionerlari — sinolog (xitoyshunos)lar tomonidan keng koʻlamli moʻgʻulshunoslik ishlari olib borildi. Shu bilan birga, akademik Yevropa moʻgʻulshunosligining shakllanishi boshlandi. Bu jarayonda rossiyalik nemis millatiga mansub G.F. Miller va I.E Fisherlar muhim rol oʻynadilar. Ular Moʻgʻulistonga oid boʻlgan rus tarixiy arxiv hujjatlariga tayanib ish koʻrdilar[5].
XIX asrning birinchi yarmida oʻrta asrlardagi Moʻgʻulistonni oʻrganish uchun manbalarning keng doirasi (xitoy, moʻgʻul, eron, arman va boshqalar boʻyicha) asli arman boʻlgan shved diplomati va sharqshunosi A.K. DʼOsson tomonidan oʻrganildi. U moʻgʻullar haqida Rashid ad-Din va Juvayniyning asarlarini tarjima qilgan[6].
Isaak Yakob Shmidt fan sifatida moʻgʻulshunoslikning «asoschisi» hisoblanadi[7]. Fransuzlar bosqini tufayli Rossiyaga koʻchib ketgan asli Amsterdamda tugʻilgan Shmidt, moʻgʻul xalqlari sirasiga kiruvchi qalmoqlar orasida Moraviya cherkovida missioner sifatida faoliyat olib boradi va Matvey Injilini qalmoq tiliga tarjima qiladi. Keyin u Moskvaga, soʻngra Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtadi va u yerda oʻzining eng mashhur asari — «Erdeni Tobchi»ni gʻarb tiliga birinchi tarjimasini yozadi[8]. Shuningdek, u moʻgʻul tilining lugʻatini va «Gesar shohi dostoni»ning oʻsha paytda maʼlum boʻlgan yettinchi bobning tarjimasini tuzgan[9]. Rossiyadagi moʻgʻulshunoslik tarixining boshqa yirik namoyandalari — polshalik Yozef Kovalevskiy (Qozon universitetida Moʻgʻulshunoslik boʻlimiga asos solgan) va finlandiyalik Mattias Kastren (vafotidan keyin Frans Anton Schiefner tomonidan Sankt-Peterburg universitetida nashr etilgan zamonaviy moʻgʻul tilining birinchi grammatikasini yozgan)[10].
Rus moʻgʻulshunosligiga kelsak, Rossiyaning Moʻgʻuliston bilan qoʻshni ekanligi, moʻgʻul xalqlari bilan yaqin siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar tufayli ayniqsa tez rivojlandi. Keyingi tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari filologik, manbashunoslik va tarixshunoslikka oid tadqiqotlar Ya.I. Shmidt, A.V. Popov, N.Ya. Bichurin, P.I. Kafarov, O.M. Kovalevskiy, G. Gomboyev tomonidan olib borildi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida moʻgʻulshunoslikning «oltin davri»ga K.F. Golstunskiy, A.M. Pozdneyev, V.L. Kotvich, A.D. Rudnev, S.J. Jamsarano, B.Ya.Vladimirtsov va boshqalar yoʻl ochdilar[5][11].
Fanning rivojlanishida Rossiya imperiyasi davrida muvaffaqiyatga erishgan Buryatiya olimlari muhim rol oʻynadi[12]. Soʻngra SSSRda kuchli mintaqaviy maktabni yaratdilar. Moʻgʻulshunoslikka Qalmogʻiston olimlari ham katta hissa qoʻshdilar (birinchi navbatda ular qalmoqlar hamda oyrotlar toʻgʻrisida izlanish olib bordilar). Rossiya Fanlar Akademiyasi Qalmogʻiston gumanitar tadqiqotlar institutiga tegishli moʻgʻulshunoslikka oid ilmiy nashrlar, shuningdek bir qator fundamental monografiyalar shular jumlasidandir[13].
Qoʻshma Shtatlardagi baʼzi olimlar XX asrning boshlarida moʻgʻulshunoslikka oid tadqiqotlar olib bordilar. Masalan, Jeremi Kartin, Bertold Laufer va Roy Chepman Endryuslar shular jumlasidandir. Kaliforniya universiteti, Berklida 1936-yilda moʻgʻul tilining birinchi kursini Ferdinand Lessing oʻqigan. Garvard universitetida Frensis Vudman Klivz va Antuan Mostaert kabi shu sohada ishlagan baʼzi olimlar ham bor edi; Jozef Fletcher Klivzning shogirdlaridan biri edi. Biroq, AQShning Moʻgʻulshunoslik institutlari Ikkinchi jahon urushidan keyingina tashkil etildi. Urushdan keyin esa kommunizmdan qochqinlar oqimi bunday institutlarga katta turtki berdilar. Ular orasida Diluva Xutugtu Jamsrangjab, Ichki Moʻgʻulistonlik Jon Gombojab Xangin va Sovet Fanlar akademiyasi aʼzosi Nikolas Poppe bor edi.
XX asrda, bir tomondan, Rossiya, Yevropa va Amerika akademik jamoalari va boshqa tomondan, moʻgʻul olimlari oʻrtasida faol muloqot boshlandi. Hozirgi vaqtda Yaponiya bu muloqotda faol hisoblanadi[14].
Oʻzbekistonda moʻgʻulshunoslik deyarli rivojlanmagan. Oʻzbekiston sharqshunosligida moʻgʻul tili, tarixi umuman oʻrganilmaydi. Faqatgina tarix sohasida moʻgʻullar bosqini, Chigʻatoy ulusi oʻrganilgan xolos[15].
Moʻgʻulshunos olimlar roʻyxati
tahrir- Moster Antuan (1881-1971)
- Urai-Kyohalmi Katalin (1926-2012)
- Hayssig Valter
- Hyonish Erix
- Shagdaryn Bira
- Chuluuny Dalay (1930-2009)
- Sendiyn Damdinsuren (1908-1986)
- Dandariyn Yondon
- Byambyn Rinchen (1905-1977)
- Banzarov Dorji (taxminan 1822-1855)
- Burdukov Aleksey Vasilevich (1883-1943)
- Vladimirtsov Boris Yakovlevich (1884-1931)
- Golstunskiy Konstantin Fyodorovich (1831-1899)
- Gomboev Galsan (1822-1863)
- Dugar-Nimaev Syren-Anchik Nimayevich (1929-1992),
- Jamsarano Siben Jamsaranovich (1881-1942)
- Zire Yevgeniy Fyodorovich (1866-1930)
- Zlatkin Ilya Yakovlevich (1898-1990)
- Iakinf (Bichurin) (1777-1853)
- Iorish Ilya Iosifovich (1904)
- Kovalevskiy Osip Mixaylovich (1800/1801-1878)
- Kozin Sergey Andreevich (1879-1956)
- Kondratyev Sergey Aleksandrovich (1896-1970)
- Kotvich Vladislav Lyudvigovich (1872-1944)
- Neklyudov Sergey Yuriyevich (1941-yilda tugʻilgan)
- Palmov Nikolay Nikolaevich (1872-1934)
- Pozdneyev Aleksey Matveyevich (1851-1920)
- Poppe Nikolay Nikolaevich (1897-1991)
- Sozikin Aleksey Georgievich (1943-2005)
- Sanjeyev Garma Danzaranovich (1902-1982)
- Skrynnikova Tatyana Dmitrievna (1948-yilda tugʻilgan)
- Sybikov Gombojab Sebekovich (1873-1930)
- Shmidt Yakov Ivanovich (1779-1847)
- Sendina Anna Damdinovna
- Lattimor Ouen (1900-1989)
- Ramstedt Gustav (1873-1950)
- Amayon Roberta (1939-yilda tugʻilgan)
- Pelliot Pol (1878-1945)
- Michel Biran
Izohlar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Монголоведение // БРЭ. Т.20. М., 2012.
- ↑ 2,0 2,1 Kotkin 1999, s. 5
- ↑ Bulag 2005, s. 2
- ↑ Nalin 2012, s. 4
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Монголоведение // Большая советская энциклопедия
- ↑ Советская историческая энциклопедия. — М.: Сов. Энциклопедия, 1967. Т. 10. С. 650.
- ↑ Polyanskaya 2014, s. 10
- ↑ Bawden 2013, s. xiv [1]
- ↑ Bawden 2013, s. xv
- ↑ Janhunen 2012, s. 44
- ↑ Яхонтова Н. С., Кульганек И. В. Монголоведение в СПбФ ИВ РАН
- ↑ См. об этом: Дугаров В. Д. Генезис бурятского монголоведения в российском востоковедении в период XIX — начала XX вв. — Улан-Удэ, 2008.
- ↑ Среди самостоятельных работ выделяется книга У. Э. Эрдниева «Калмыки», к настоящему моменту выдержавшая четыре издания (1970, 1980, 1985, 2007).
- ↑ См., напр.: „Японцы развивают монголоведение. Президент Монголии Н. Энхбаяр принял представителей Токийского университета“ (2007). 2018-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
- ↑ Ачилова Г. М. Мовароуннаҳрнинг Чиғатой улуси таркибидаги сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий ҳаёти (1227-1370 йиллар) тарих фан. фалсафа доктори дис.: 07.00.01