Modarixon madrasasi

Buxoro viloyatidagi madrasa

Modarixon madrasasi — Buxorodagi Abdullaxon madrasasi qarshisida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1566—1567). Ikkalasi Qoʻshmadrasa majmuasini tashkil qiladi. Abdullaxon madrasasi qarshida joylashgan[1]. Hozirgi kunda Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. 39°46′28″N 64°24′21″E / 39.77447717366°N 64.40592327683°E / 39.77447717366; 64.40592327683

Madrasa
Modarixon madrasasi
Modarixon madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Xoʻja Gʻunjoriy MFY, Mirdoʻstim koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdullaxon II
Homiylar Abdullaxon II
Binokorlik 1566-yil1567-yil
Maqomi Davlat himoyasida
Qurilish materiali Pishiq g'isht

Tarixi

tahrir

Modarixon madrasasi Abdullaxon II ning onasi sharafiga bunyod etilgan madrasalardan biri hisoblanadi. Modarixon madrasasi 1566— 1567-yillarda bunyod etilgan. Mazkur davrda yashagan saroy tarixchilaridan biri Hofiz Tanish Buxoriy oʻzining Abdullanoma asarida Buxoro aholisi madrasa qurilishida faol qatnashganligini yozib qoldirgan. Madrasaning bosh peshtoqi gʻarb tomonga qaragan boʻlib, guldastalar bilan ajralib turadi. Modarixon madrasasining asosiy naqshlari bosh peshtoqida saqlanib qolgan. Madrasaning naqshlari asosan oq, moviy, koʻk, toʻq jigarrang, qoramtir kabi ranglarda saqlanib qolgan. Modarixon madrasasi yuqori peshtoqida „Alloh“ degan soʻz handasaviy kufiy shaklda yozilgan. Madrasa darvozasi yuqorisida oq rangdagi harflar bilan koshinkor baxshida bitik boʻlgan. Ushbu bitikda madrasa qurilishi buyurtmachisi Abdullaxon II, kitoba matnini tuzuvchi shaxs Buxoro bosh qozisi Nuriddin qozi Muhammad ismlari va qurib bitkazilgan sana yozuvlari boʻlgan. 1998—1999-yillarda Modarixon madrasasida taʼmirlash ishlari olib borilganligi sababli yangi kitoba bilan almashtirilgan. Madrasa peshtoqida Qur’oni Karimdan „Alaq“ surasining 1—5 oyatlari koʻk fonda oq harflar bilan suls xatida yozib qoldirilgan[2]. Yuqorisida esa sariq rangli harflar bilan kufiy xatida „Mulk- Alllohnikidir“ kalimasi takror ravishda keltirilgan[3]. Modarixon madrasasi kirish darvozasi oʻng va chap tomonlarida kitobada „Muhammad“ ismi kufiy bannoyi shaklida qadalgan. Modarixon madrasasi zilzilalar natijasida kitoba bitiklariga zarar yetgan. Madrasa darvozasi yuqorisida bitik yagona saqlanib qolgan epigrafik bitik hisoblanadi. Makur kitoba bitik koshinkor tarzda toʻq koʻk fonda oq harflar bilan yozilgan. Ammo ushbu kitoba ham 1998-yil arxiv fotosuratlarida asosida qisman tiklangan[4].

Meʼmorchiligi

tahrir
 
Modarixon madrasasi bosh fasadi

Madrasa chorsi tarhli (67x45 m), 2 qavatli. Bosh tarzida ulkan peshtoq va uning 2 yonidagi 2 qavatli, oldi ravoqli 3 kiyemga ajratilgan xonalar oldi handasiy uslubda koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Burchaklarida sirkor gʻishtlar bilan naqshlangan guldastalar joylashgan. Xonalarning har birida eshik va uning tepasida ganchkori panjara mavjud. Modarixon madrasasining boshqa tomonlari bezaksiz. Oʻrtasidagi toʻgʻri toʻrtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar bor. Bosh tarzidagi miyonsaroy, darsxona va masjid, hovli toʻrining 2 burchagida joylashgan xonalar charxi gumbaz bilan qoplangan. Bagʻallari ganchdan toʻrsimon shaklda ishlangan.

Modarixon madrasa devori qurilmasi XVI asr Buxoro meʼmorligiga xos boʻlib, ikki chekkasi pishiq gʻishtdan terilgan, oʻrtasi siniq gʻisht boʻlaklari bilan toʻldirilgan. Madrasa binosi 1997—1998-yillarda taʼmirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Ражабов 2016, s. 157.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 479.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 487.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 490.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Раззоқов А, Раҳимов К, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро. Тошкент: Uzbekistan Today, 2016 — 560-bet. ISBN 978-9943-4510-5-6.