Moises Daddy-Ajala Simon (inglizcha: Moses Daddy-Ajala Simon) 1995-yil 12-iyulda Nigeriyada tugʻilgan. Nigeriyalik futbolchi „Nant“ klubi va Nigeriya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

Moses Daddy-Ajala Simon Futbol
Umumiy ma'lumotlari
To`liq ismi Moses Daddy-Ajala Simon
Tug`ilgan

12-iyul 1995-yil (27 yosh)
Djos, Nigeriya

Fuqaroligi

Flag Nigerii Nigeriya

Bo`yi

168 cm

Vazni

65 kg

Pozitsiyasi

Yarim himoyachi

Klub haqida ma'lumot
Klub

Flag Fransii Nant

Raqam

27

Yoshlar klublari
Flag Nigerii GBS Academy
Jamoalardagi faoliyati
2014—2015 Flag Slovakii Trenchin 33 (13)
2015—2018 Flag Belgii Gent 108 (21)
2018—2020 Flag Ispanii Levante 19 (1)
2019—2020 Flag Fransii Nant 26 (5)
2020 Flag Fransii Nant 65 (13)
Milliy terma jamoada
2013—2015 Flag Nigerii Nigeriya (do 20) 4 (1)
2015 Flag Nigerii Nigeriya 43 (5)
Xalqaro medallari
Afrika millatlar kubogi
Bronza Misr 2019
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Saymon GBS akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. 2014-yil boshida u Slovakiya „Trencin“ga koʻchib oʻtgan. 1-mart kuni „Žilina“ga qarshi oʻyinda u Slovakiya chempionatida debyut qilgan[1]. 22-mart kuni Nitraga qarshi duelda „Moises Trensin“ uchun birinchi golini urgan[2]. Professional darajadagi birinchi mavsumida Saymon liganing 14 ta uchrashuvida 7 ta gol urgan va jamoani ikkinchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan. 17-iyul kuni Serbiyaning „Voyvodina“ jamoasiga qarshi Yevropa ligasi saralash bahsida u xet-trik qayd etgan[3].

2015-yil boshida Simon Belgiyaning „Gent“ klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi[4]. 17-yanvar kuni „Muskron-Peruvels“ga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda Benito raqamni almashtirib, Yupilligada debyut qilgan. 1-fevral kuni „Lokeren“ga qarshi kechgan duelda Moizes xet-trik qayd etib, yangi klubi safida ilk gollarini kiritgan[5]. Oʻsha yili Simon Gentga tarixda birinchi marta liga va Belgiya Superkubogini yutishiga yordam bergan.

2018-yilning yozida Simon Ispaniyaning „Levante“ klubiga oʻtgan. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilar edi. „Sevilya“ ga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Simon „Levante“ safidagi ilk golini kiritgan. 2019-yilning yozida Simon ijara asosida Fransiyaning „Nant“ klubiga o‘tgan[6]. 24-avgust kuni „Amyen“ga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qilgan[7]. Oʻsha oʻyinda Moises „Nant“ safidagi ilk golini kiritgan edi. Mavsum oxirida klub futbolchining transferini sotib oldi. 2022-yilda Simon „Nant“ga Fransiya kubogini yutishda yordam bergan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2013-yilda Saymon Nigeriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.

2015-yilning 25-mart kuni Ugandaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Moises Nigeriya terma jamoasi safida debyut qilgan[8]. 8-sentabr kuni Nigerga qarshi kechgan duelda Saymon terma jamoadagi ilk golini urgan[9].

Oʻsha yilning yozida u Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[10]. Turnirda Saymon Vengriya jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[11][12].

2019-yilda Saymon Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida bronza medallarini qoʻlga kiritdi[13]. Turnirda u Gvineya , Madagaskar , Tunis , Janubiy Afrika va Kamerun jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15].

Nigeriya terma jamoasidagi gollari

Sana Joy Raqib Tekshirish Natija Musobaqa
1. 2015-yil 8- sentabr Abukiye Amusimaka, Port-Xarkort, Nigeriya   2 :0 2 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2015-yil 11-oktabr Edmond Mashtens, Bryussel, Belgiya   Kamerun 2 :0 3 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2015-yil 17-noyabr Abukiye Amiesemaka, Port-Xarkort, Nigeriya   Svazilend 1 :0 2 :0 JCh-2018 saralashi
4. 2017-yil 4-sentabr Ahmadou Ahidjo Stud, Yaunde, Kamerun  Kamerun 0: 1 1: 1 JCh-2018 saralashi
5. 2019-yil 21-mart Stiven Keshi, Asaba, Nigeriya Seyshel orollari 2 :0 3 :0 Afrika kubogi-2019 saralash
6. 2022-yil 15-yanvar Roomdi Adiga, Garua, Kamerun  Sudan 1 :0 2 :0 Afrika Kubogi 2021
7. 2022-yil 13-iyun Stade Adrar, Agadir, Marokash San-Tome va Prinsipi 0: 1 1: 1 Afrika kubogi-2023 saralashi

Yutuqlari tahrir

  „Gent“

  • Belgiya chempioni: 2014-2015
  • Belgiya Superkubogi gʻolibi: 2015-yil

„Nant“

  • Fransiya kubogi gʻolibi: 2021-2022

Manbalar tahrir

  1. „Тренчин VS. Жилина 2:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 1-mart). 2015-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  2. „Тренчин VS. Нитра 1:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 22-mart). 2016-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  3. „Тренчин VS. Войводина 4:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 17-iyul). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  4. „Мускрон-Перювельз VS. Гент 1:3“ (ru). soccerway.com (2015-yil 17-yanvar). 2016-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  5. „Локерен VS. Гент 3:3“ (ru). soccerway.com (2015-yil 1-fevral). 2016-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  6. „Spain's Levante loan Nigeria's Moses Simon to Nantes“. BBC Sport (2019-yil 15-avgust). Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
  7. „Амьен VS. Нант 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 1-fevral).
  8. „Нигерия VS. Уганда 0:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 25-mart). 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  9. „Нигерия VS. Нигер 2:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 8-sentyabr). 2018-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  10. „Нигерия VS. Гвинея 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 26-iyun).
  11. „Венгрия (до 20) VS. Нигерия (до 20) 0:2“ (ru). soccerway.com (2015-yil 7-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  12. „Мадагаскар VS. Нигерия 2:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 30-iyun).
  13. „Тунис VS. Нигерия 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 17-iyul).
  14. „Нигерия VS. ЮАР 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 10-iyul).
  15. „Нигерия VS. Камерун 3:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 6-iyul).