Moskvadagi Gʻalaba kuni paradi (2024)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
2024-yilgi Moskvadagi Gʻalaba kuni paradi — 2024-yil 9-may kuni Qizil maydonda fashistlar Germaniyasi magʻlubiyatga uchraganligi va 2-jahon urushining Sharqiy fronti yakunlangan Gʻalaba kunining 79 yilligiga bagʻishlangan harbiy parad boʻldi.
Tarixi
tahrirGʻalaba kuni Rossiyadagi muhim dunyoviy bayram boʻlib, bayramda davlat insoniyat tarixidagi eng halokatli toʻqnashuvlardan birining yakunini boʻlmish Ikkinchi Jahon urushidagi Germaniya ustidan qilgan gʻalabasini nishonlaydi. Bayram urushda katta yoʻqotishlarga uchragan, kamida 20 million sovet fuqarolari halok boʻlgan Qizil Armiyaning harbiy qudrati va maʼnaviy mustahkamligini nishonlash maqsadida boshlangan. Gʻalaba kuni 1945-yildan beri har yili 9-may kuni nishonlanadi. Baayram Rossiyada eng hurmatga sazovor va keng nishonlanadigan davlat bayramlaridan biri boʻlib, butun mamlakat boʻylab paradlar va konsertlar oʻtkaziladi.
Paradning asosiy qismi
tahrirParadda 9 ming kishi va 75 ta texnika[1], shu jumladan Ukrainaga bostirib kirganlarning alohida parad otryadi (taxminan 1000 kishi)[2] ishtirok etdi, ular orasida yetita Rossiya Federatsiyasi Qahramonlari ham bor edi[3]. Paradning yurish qismini tugatgandan soʻng, anʼanaviy ravishda mexanizatsiyalashgan kolonnaning oʻtish joyi T-34 tanki tomonidan ochildi. Avtomashinalar karvoni tarkibida taktik yadro qurolini olib yurishga qodir boʻlgan „Iskander“ va „Yars“ raketa tizimlari ham bor edi[2].
Paradning havo qismida to'qqizta Su-30 SM va MiG-29 rusumidagi rus ritsarlari qatnashdi, keyinroq oltita SU-25BM guruhi osmonda Rossiya bayrogʻi rangida tutun chiqardi[4]. Paraddan so‘ng davlat rahbarlari birgalikda “Mangu olov” poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
So‘ngra Vladimir Putin mehmonlar uchun ziyofat berdi[5], ular orasida Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatining vakillari: Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Kuba rahbari Miguel Díaz-Canel, Laos rahbari Thongloun Sisoulith va Gvineya-Bisau rahbari Umaro Sissoco Embaló ishtirok etdi[6][7]. Paradga KXShT, YOII, MDH, ShHT, Ittifoq davlat organlari rahbarlari taklif etildi. Bayram tantanasiga do'st bo'lmagan davlatlarning elchilari va rasmiylari taklif qilinmadi[4].
Jurnalistlarning fikriga ko'ra, paradda 2021-yilgi paradga nisbatan uch baravar kam texnika va besh baravar kam samolyot bo'lgan[8], 2023-yilgi paradga nisbatan esa tehnikalar miqdori yuqoriroq[2]. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, podiumda Vladimir Putinning yonida urush faxriylari[3]: Aleksandra Aleshina, 26 snayperchini tayyorlagan instruktor va 1945-yilgi Gʻalaba paradi ishtirokchisi Yevgeniy Kuropatkov[9] bo'lgan. Shuningdek, agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Ukraina bilan urush qatnashchilari Vladimir Putinning orqasida tizilgan ulardan ikkitasi Ukraina hukumati harbiy jinoyatlarda ayblagan bo'linmalarda xizmat qilgan[10][11].
Putinning nutqi
tahrirPutin oʻzining Rossiya prezidenti sifatidagi 5-qasamyodidan ikki kun oʻtib Sovet Ittifoqi tomonidan ilgari bosib olingan bir qancha boshqa mamlakatlarni Sovet davridagi yodgorliklar va Rossiyaning 2-jahon urushidagi gʻalabasiga bagʻishlangan yodgorliklarni olib tashlayotganligini "ular bu ishlari bilan yodgorliklarni „sotqinlar va Gitlerning sheriklari“ga bagʻishlamoqdalar, shu bilan birga olijanob dunyo ozodlikchilari tarixini oʻchirib tashlamoqdalar" deya tanqid qildi. U, shuningdek, gʻarb urush paytidagi yirik janglarni unutishga urinayotgani, Rossiya global mojarodan qochish uchun qoʻlidan kelganicha harakat qilayotgani, biron bir millatga tahdid solinishiga yoʻl qoʻymasligini taʼkidlab oʻtdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Парад Победы на Красной площади. Фоторепортаж“ (ru). РБК (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Dixon, Robyn. „Emboldened Russia marks Victory Day with parade of nuclear-capable weapons“ (en-US). Washington Post (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ 3,0 3,1 „Парад на Красной площади в Москве: Путин вновь критиковал Запад“ (ru). Радио Свобода (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ 4,0 4,1 „В Москве прошел парад Победы“ (ru). Ведомости (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ „Приём в честь глав государств, приглашённых на торжества по случаю празднования Дня Победы“ (ru). kremlin.ru. Kremlin.ru (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ „На парад Победы в Москве прибыли лидеры девяти стран“ (ru). rbc.ru. РБК (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ Lideri kakix stran priexali na Parad Pobedi v Moskvu v 2024 godu?
- ↑ „В Москве прошел военный парад в честь 9 Мая“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ „Путин принимает парад Победы на Красной площади“ (ru). TACC. Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ „На параде в Москве рядом с Путиным посадили военного из дивизии, которая оккупировала Бучу“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ Родионов, Александр „Рядом с Путиным на Параде Победы посадили военного из дивизии, которая была в Буче“ (ru-RU). «Агентство» (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.