Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli

Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli (1891-yil, Samarqand – 1920-yil, Qarshi) – jadid maʼrifatparvari. Jadid nashrlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlagan.

Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli
Tavalludi 1891-yil
Vafoti

1920-yil
Qarshi, Flag_of_Emirate_of_BukharaBuxoro amirligi

Biografiyasi tahrir

Muhammadquli 1891-yilda Samarqandda tugʻilgan. Dastlabki taʼlimni maktabda olgan, xat-savodini maktabda chiqargan. Jadidchilik harakatlari natijasida islohot ishlari boshlangandan soʻng Mahmudxoʻja Behbudiy (1874-1920)ga shogirdlikka tushadi. Jadidchilik harakatining gʻoya va fikrlariga ergashib, ularga koʻmak bergan. Mahmudxoʻja Behbudiy tomonidan chop etish yoʻlga qoʻyilgan „Samarqand“ gazetasi va „Oyina“ jurnallarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlagan. Samarqandda kutubxona va maktab qurilishiga yordam bergan. Muhammadqul oʻzi ham uyida maktab ochib, 30-50 nafar xalq bolalarini oʻqitgan[1]. Muhammadquli maktabi 1918-yilgacha faoliyat olib borgan, bolsheviklar hokimiyatni egallaganidan keyin hukumat maktabiga oʻzgartirilgan.

Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli 1912-yilda Moskva, Varshava, Odessa, Istanbul, Vena shaharlarini kezib, Varshava orqali Turkiston oʻlkasiga qaytgan. 1914-yil birinchi jahon urushi boshlanmasdan avval Samara, Kavkaz, Moskva, Nijniynovogorod va Qozon shaharlarida sayohat qilgan.

Rossiyada 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobidan keyin yana xalq xizmatiga kirishadi. A.Kerenskiyning muvaqqat hukumati boshqaruvi davrida Samarqandda chop etiladigan „Hurriyat“ gazetasiga moddiy jihatdan koʻmak bergan. Muhammadquli „Ittifoq“ gazetasining moddiy taʼminotiga 1918-yilgacha, yaʼni, bolsheviklar hukumati hokimiyatni oʻrnatgunga qadar homiylik qilgan. Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli Samarqandda maktab va maorif sohalarini rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. Shaxsiy mablagʻlarini ushbu sohalar rivojlanishiga sarflagan. 1919-yil 25-martda Mahmudxoʻja Behbudiy bilan safarga otlanadi. Behbudiy, Shohmuhammadzoda Shahrisabzda qoʻlga olingan va Qarshiga keltirilgan. Qarshi begi Togʻaybek buyrugʻi bilan qatl etilgan[2].

Manbalar tahrir

  1. „Muhammadquli O‘rinbiy o‘g‘li“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. Hayitov, Shodmon „Behbudiyga suiqasd qanday sodir boʻlgandi?“ (2020-yil 12-mart). Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil. [sayt ishlamaydi]