Muslihiddin Muhiddinov

oʻzbek olimi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor

Muslihiddin Qutbiddinovich Muhiddinov (1945-yil 5-may, Urgut tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek olimi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori (1995), professor.

Muslihiddin Qutbiddinovich Muhiddinov
Tavalludi 5-may 1945-yil (1945-05-05) (79 yosh)
Urgut tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi filolog, adabiyotshunos
Sohasi adabiyotshunoslik
Ish joylari Samarqand davlat universiteti professori
Taʼlimi Qarshi davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari Gʻulom Karimov
Botirxon Valixoʻjayev
Mashhur ishlari Alisher Navoiy va uning salaflari ijodida inson konsepsiyasi („Xamsa“larning birinchi dostonlari asosida)
Mukofotlari

Turmush oʻrtogʻi Sayima Muhiddinova
Dini Islom (hanafiylik)

Tarjimayi holi

tahrir

Muslihiddin Muhiddinov 1945-yil 5-mayda Urgut tumanida tavallud topgan[1]. Muslihiddin Muhiddinov Urgut tumandagi mashhur eshonlar „Eshoni Urgutiylar“ avlodidan[2]. Ajdodlari Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandalari boʻlishgan. Bobokaloni Valixon Urgutiy (18421915) oʻz davrida „qutb uz-zamon“ deb tanilgan[2][3]. Madrasa tashkil qilib, unda talabalarga dars bergan. 1915-yilda vafot etganidan keyin uning shu faoliyatini oʻgʻli Muhiddinxon (18751931), undan soʻng esa otasi Qutbiddinxon (19061983)[4] davom ettirgan[2]. 1914-yilda bobosi shayx Muhiddinxon tomonidan Chorchinor madrasasi bunyod etilgan.

Muslihiddin Muhiddinov 1967-yilda Qarshi davlat pedagogika institutining oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1967–1968-yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti oʻzbek adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi, 1968–1971-yillari Toshkent davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti aspiranti, 1971–1983-yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti oʻzbek adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri, 1983–1985-yillari ushbu institutning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha prorektori, sirtqi va kechki boʻlim prorektori, 1985-1992-yillarda mazkur oliy taʼlim muassasasining oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, professor vazifasini bajaruvchi, 1992–1998-yillari Samarqand davlat universiteti oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi professori, 1998–2011 yillarda ushbu universitetning maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori hamda „Samarqand universiteti“ gazetasi muharriri, 2003–2004-yillari rektor vazifasini bajaruvchi[5], 2011–2015-yillarda universitetning oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi, 2015–2017-yillari oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi profesori lavozimida faoliyat olib borgan[1]. 2017-yildan ushbu universitetning mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori[1].

Oilasi

tahrir

Oilali, 6 nafar farzandi, 4 oʻgʻil, 2 qizi bor. Rafiqasi Sayima Muhiddinova[6].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Muslihiddin Muhiddinov 1972-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Gʻulom Karimov ilmiy rahbarligida „Oʻzbek klassik adabiyotida „Bahrom va Dilorom“ hamda „Bahrom va Gulandom“ siklidagi dostonlar („Oʻzbek klassik adabiyotida „Bahrom Goʻr“ syujetining evolyutsiyasi“)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1995-yilda akademik Botirxon Valixoʻjayev ilmiy maslahatchiligida „Alisher Navoiy va uning salaflari ijodida inson konsepsiyasi („Xamsa“larning birinchi dostonlari asosida)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1][6]. 12 ta monografiya, 18 ta oʻquv, uslubiy qoʻllanma, 300 dan ziyod ilmiy-nazariy maqolalar[6], „Talqinlarda olamcha ma’no“, „Adabiy an’ana va ijodiy oʻziga xoslik“, „Alisher Navoiy ijodida ma’naviy pok inson talqini“, „Komil inson — adabiyot ideali“, „Nurli qalblar gulshani“, „Ikki olam yogʻdusi“, „Barhayot anʼanalar“, „Navobaxsh hikmatlar“[6], „Oʻzbek klassik adabiyotida gumanizm masalalari“, „Koʻngil hayratlari“[7], „Fors-tojik shoirlari ijodida komil inson talqini“[8], „Zoti bobarakot (Shayx Qutbiddinxon Urgutiy)“[9] kitoblari muallifi[2][5][10]. 2017-yildan Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017. Fil.02.03-raqamli ilmiy kengash raisi[1].

Mukofotlari

tahrir

2006-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil“, 2011-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“, 2016-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“, 2017-yildaOʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishonlari[6], 2016-yil 25-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni[11], 2020-yil 27-avgustda „El-yurt hurmati“ ordeni[12] bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Бугун туғилган кун“. uza.uz (2020-yil 5-may). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Gʻolib Hasanov. „Muslihiddin Muhiddinov: “Chinakam ilm o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaydi, vaqti kelib o‘z munosib o‘rnini topadi”“. zarnews.uz (2020-yil 28-dekabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  3. „“Chorchinor” epigrafik yodgorliklari“. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi sayti (2021-yil 4-oktyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  4. „Samarqandda 7,5 ming namozxonga mo‘ljallangan viloyatdagi eng katta masjid qurib bitkazildi“. daryo.uz (2020-yil 22-avgust). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 Bahodir Karimov, Habib Abdunazar, Ibrohim Saidov, Bibi Robia Saidova. XX asr oʻzbek adabiyoti mumtozshunosligi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2016 — 552-bet. ISBN 978-9943-07-420-0. 
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Гуличеҳра Дурдиева. „Элни маърифат асрайди“. yuz.uz (2020-yil 2-oktyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  7. „Ikki daho, ikki bebaho“. yuz.uz (2021-yil 19-fevral). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  8. Joʻliboy Eltazarov, Mashhura Hasanova. „SamDU professori fors-tojik adabiyoti ijodkorlari asarlaridagi komil inson talqinini tahlil qildi“. zarnews.uz (2020-yil 16-iyul). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  9. Gʻolib Hasanov. „Zoti bobarakot“. zarnews.uz (2020-yil 26-avgust). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  10. „Bugun tug‘ilgan kun: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich“. zarnews.uz (2021-yil 5-may). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  11. „O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. gov.uz (2016-yil 25-avgust). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  12. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, адабиёт, маданият, санъат ва оммавий ахборот воситалари соҳалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. prezident.uz (2020-yil 27-avgust). 2023-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.