Muzlik yillab, asrlab qor yigʻilishi uning ablatsiyasidan (erish va sublimatsiya) oshib ketgan yerlarda shakllanadigan doimiy katta muz jismidir. Muzlik yuzasi kamida 0.1 km², qalinligi esa 50 m boʻladi, u bunday vazn ostida asta-sekin deformatsiyalanadi va oqadi, unda darz va teshiklar paydo boʻladi. Muzlik oqishi natijasida kar va morenalar yuzaga keladi. Muzliklar quruqlikda vujudga keladi, suv havzalaridagi katta muz boʻlaklari esa dengiz muzi deyiladi. Muzliklarni oʻrganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzliklar global kriosfera uchun muhimdir.

Muzlik — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning botiq joyida toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hozirgi vaqgdagi M.lar maydoni 16,1 mln. km² dan ortiq (qarang Muzliklar). M.lar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ M. va tekislik M.ga boʻlinadi. M. ni-shab tomonga surilib turadi. 1 ° qiyalikda yerda M. siljishi uchun kalinligi 55–60 m boʻlishi kerak. 45° qiyalikda 1,5–2 m kalinlikdagi muz siljiydi. M.ning siljish tezligi muz temperaturasiga, joyning qiyaligiga va muz qalinligiga bogʻliq. M. kuniga bir necha mm dan 2–3 m gacha siljishi mumkin. Togʻ muzliklari daryolarni suv bilan toʻyintiruvchi manbadir. Baʼzan siljib borib, vodiylarni toʻsib qoʻyadi va suv toshqinlariga sabab boʻladi.[1]

Yer sayyorasidagi muzliklarning 99% i qutb mintaqalarida yotadi, biroq muzliklarni har qitʼadagi togʻlarda va baʼzi baland orollarda ham uchratish mumkin. 35° shimoliy va 35°S janubiy kengliklar orasida muzliklarni faqat Himoloy, And, Sharqiy Afrikadagi baʼzi baland togʻlar, Meksika, Yangi Gvineya va Eronda topish mumkin.[2]

Muzliklar Yerdagi eng katta chuchuk suv zahiralaridir, ulardagi suv dunyo aholisining uchdan bir qismiga yetadi.[3] Aksariyat muzliklar suvni bir fasl davomida saqlab, boshqa faslda erib chiqaradi, bu erigan suv oʻsimlik va hayvon dunyosi uchun kerakli suv manbaidir.

Muzliklar yogʻin, harorat va bulut qatlami kabi uzoq vaqtli iqlim oʻzgarishlariga sezgir boʻlib, iqlim oʻzgarishidan xabardor etadi va dengiz sathi oʻzgarishiga hissa qoʻshadi.

Perito Moreno muzligi, gʻarbiy Patagonia, Argentina.

Muzliklar — siljib turadigan tabiiy muz toʻplamlari. Bir sutkada bir necha sm dan oʻnlab m gacha siljiydi. M. koʻp yillar davomida toʻplangan krrlardan paydo boʻladi. Qutb oʻlkalarida (Antarktida, Grenlandiya va shim. orollarda) kalinligi 2 –3 km ga yetadigan muz qatlamlari hosil boʻladi. M. morfologik jihatdan 3 turga: yer usti muzligi, togʻ muzligi va qirgʻokdagi dengizga tomon yastanib yotgan shelf turidagi muzlikka boʻlinadi. Togʻ muzligining yiriklari: Alyaskadagi Bering (170 km), Pomirdagi Fedchenko (77 km), Qoraqurumdagi Siachen (75 km) va boshqa Eng yirik togʻ muzligi Oʻrta Osiyo togʻlarida. Yer yuzidagi M.ning umumiy maydoni 16,1 mln. km² dan koʻproq (quruklikning taxminan 11%), hajmi taxminan 30 mln. km3. Shundan 15 mln. km² kugb muzligi hisoblanadi. Tyanshanda 8622 km², Pomirda 8400 km², Kata Kavkazda 1430 km², Frans-Iosif yerida 13735 km², Novaya Zemlyada 22423 km². Severnaya Zemlyada 12472 km², Kamchatkada 866 km², Oltoyda 800 km² dan koʻproq muzlik bor.

M. koʻrinishi va xususiyatlari jixatidan ham boʻlinadi. Mas, ostki qavati qattiq muzdan iborat firn muzligi, soʻngan vulkan kraterlarida joylashgan kaldera muzligi, yuqori qismiga qor toʻplanadigan havza, quyi qismi muzlik tilidan iborat vodiy muzligi va X..K. Bulardan tashqari, vodiyda sharsharaga oʻxshab osiliv turgan osma vodiy muzligi, togʻning ikki yon bagʻriga oqib tushgan xurjun shaklidagi muzlik (Pomirdagi Nalivkin muzligi), yassitogʻlarda joylashgan Skandinaviya tipidagi muzlik, materikni qoplab olgan Grenlandiya tipidagi materik muzligi (Arktika va Antarktidada) bor. M. chuchuk suv manbai hisoblanib, ayniqsa, qurgʻoqchil rayonlarda (mas, Oʻrta Osiyoda) katta ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo togʻlarida 7000 gayaqin kattakichik M. bor. Ularda taxminan 2000 km3 suv boʻlib, u Oʻrta Osiyo daryolaridan deyarli 12 yil davomida oqadigan suv miqdoriga teng. Oʻzbekistondagi koʻpgina yirik daryolar, mas, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Soʻx va boshqa M.dan boshlanadi va respublika xalq xoʻjaligidagi shirkat va dehqon fermer xoʻjaliklari yerlarini.suv bilan taʼminlashda katta ahamiyatga ega. M.dagi suv resurelaridan toʻgʻri va ratsional foydalanish uchun muzlik rejimini, tashqi va ichki jarayonlarini bilish lozim. Bu ishlar bilan asosan, glyasiologiya fani shugʻullanadi. Oʻrta Osiyodagi M., asosan, Oʻzbekiston FA, Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya instituti va qoʻshni mamlakatlar ilmiy markazlari tomonidan oʻrganilmoqda.[4]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Post, Austin; LaChapelle, Edward R. Glacier ice. Seattle, WA: University of Washington Press, 2000. ISBN 0-295-97910-0. 
  3. Brown, Molly Elizabeth; Ouyang, Hua; Habib, Shahid; Shrestha, Basanta; Shrestha, Mandira; Panday, Prajjwal; Tzortziou, Maria; Policelli, Frederick; Artan, Guleid; Giriraj, Amarnath; Bajracharya, Sagar R.; Racoviteanu, Adina „HIMALA: Climate Impacts on Glaciers, Snow, and Hydrology in the Himalayan Region“. Mountain Research and Development. International Mountain Society. Qaraldi: 16-sentabr 2011-yil.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil