Néstor Araujo
Nestor Alejandro Araujo Razo (talaffuzi: Nestor Arauxo) (1991-yil 29-avgustda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX América klubi va Meksika terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Olimpiada oltin medali sovrindori[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Néstor Alejandro Araujo Razo | ||
Tavallud sanasi | 29-avgust 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Guadalajara, Jalisco, Meksika | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | América | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007—2013 | Cruz Azul | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2014 | Cruz Azul | 49 | (0) |
2013—2014 | → Santos Laguna (Ijara) | 29 | (0) |
2014—2018 | Santos Laguna | 106 | (3) |
2018—2022 | Celta | 133 | (4) |
2022 | América | 6 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011 | Meksika U20 | 13 | (0) |
2011—2012 | Meksika U23 | 18 | (0) |
2011 | Meksika | 60 | (3) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-avgust 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (5-iyun 2022-yil uchun) |
Araujo oʻz faoliyatini 2010-yilda „Kruz Azul“da boshlagan va „Santos Laguna“ ga qoʻshilishdan oldin uch yil davomida klub bilan oʻynagan, dastlab ijara shartnomasida keyingi yili doimiy shartnoma tuzgan. „Santos“da u 100 dan ortiq oʻyinda maydonga tushib, ikki marta Liga MX gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
U 2011-yildan beri xalqaro musobaqalarda qatnashgan: Araujo 2011-yil Amerika Kubogi, 2012-yil Tulon turniri, Amerika Kubogi Sentenario va 2017 FIFA Konfederatsiyalar Kubogida oʻynagan. U 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Meksika terma jamoasi safida oltin medalni qoʻlga kiritgan[2].
Klub faoliyati
tahrirCruz Azul
tahrirAraujo 2007-yilda Cruz Azulning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan va Cruz Azul Premier jamoasida oʻynagan.
2010-yilda Enrike Meza Araujonni asosiy tarkibga chaqirgan[3]. 19-sentabr kuni Araujo Kruz Azul safida Primeradagi debyutini oʻtkazgan „Keretaro“ga qarshi oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 90 daqiqa harakat qilgan[4].
Santos Laguna
tahrir2013-yil 5-iyunda Arauho „Santos Laguna“ga sotib olish opsiyasi bilan bir yilga ijaraga berilgan[5]. U ligadagi debyutini 26-iyul kuni sobiq jamoasi Cruz Azulga qarshi oʻtkazgan va oʻyinda „Santos“ 3:2 hisobida gʻalaba qozongan. 2014-yil 19-avgustda Araujo Copa MX doirasida UAT ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonganda „Santos“ tarkibida birinchi golini kiritgan[6]. U birinchi kubokni Santos Laguna bilan Apertura Copa MX finalida Puebla ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin qoʻlga kiritgan[7]. Keyingi yili Araujo oʻzining birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan, Santos Klausura turnirining finalida Keretaroni magʻlub etgan[8]. 20-iyul kuni „Santos“ „America klubi“ni magʻlub etib, 2015-yilgi Campeón de Campeones kubogini qoʻlga kiritgan. Araujo oʻyinda 90 daqiqa harakat qilgan[9].
Celta de Vigo
tahrir2018-yilning 14-iyunida Araujo Ispaniyaning „Celta de Vigo“ klubiga 5 yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[10]. 21-iyul kuni u „Espanyol“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[11]
America
tahrir2022-yil 24-iyun kuni Araujo Meksikaga qaytib kelgan va doimiy ravishda Amerika klubiga qoʻshilgan[12].
Xalqaro faoliyati
tahrirAraujo oʻzining birinchi xalqaro terma jamoaga chaqiruvini 2011-yilda Amerika Kubogi — 2011 paytida olgan. Oʻzining xalqaro debyutida u guruh bosqichidagi birinchi oʻyinda Chiliga qarshi maydonga tushib 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan. U guruh bosqichining qolgan oʻyinlarida maydonga tushgan. Meksika guruhda oxirgi oʻrinni egallagan.
Araujo Xuan Karlos Osorio qoʻl ostida turli oʻrtoqlik oʻyinlarida, CONCACAF 2018 FIFA Jahon chempionati saralashida, Amerika kubogi Centenario va 2017 FIFA Konfederatsiyalar kubogida maydonga tushgan.
2018-yilning 27-mart kuni Xorvatiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini vaqtida Araujo tizzasidan jarohat olib, 15 daqiqadan soʻng maydonni tark etishga majbur boʻlgan[13].
Araujo 2019-yilgi CONCACAF Oltin Kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlgan[14].
Shaxsiy hayoti
tahrirAraujoning katta akasi Felix ham professional futbolchi[15].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Cruz Azul | 2010—2011 | Liga MX | 17 | 0 | — | 2 | 0 | — | 19 | 0 | ||
2011—2012 | 24 | 0 | — | 5 | 0 | — | 29 | 0 | ||||
2012—2013 | 8 | 0 | 10 | 0 | — | — | 18 | 0 | ||||
Jami | 49 | 0 | 10 | 0 | 7 | 0 | — | 66 | 0 | |||
Santos Laguna (Ijara) | 2013—2014 | Liga MX | 29 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | 35 | 0 | |
Santos Laguna | 2014—2015 | Liga MX | 16 | 0 | 10 | 2 | — | 1 | 0 | 27 | 2 | |
2015—2016 | 36 | 1 | — | 8 | 0 | — | 44 | 1 | ||||
2016—2017 | 28 | 2 | 5 | 1 | — | — | 33 | 3 | ||||
2017—2018 | 26 | 0 | 5 | 1 | — | — | 31 | 1 | ||||
Jami | 106 | 3 | 20 | 4 | 8 | 0 | 1 | 0 | 135 | 7 | ||
Celta | 2018—2019 | La Liga | 32 | 3 | 1 | 0 | — | — | 33 | 3 | ||
2019—2020 | 34 | 1 | 2 | 0 | — | — | 36 | 1 | ||||
2020—2021 | 33 | 0 | — | — | — | 33 | 0 | |||||
2021—2022 | 34 | 0 | — | — | — | 34 | 0 | |||||
Jami | 133 | 4 | 3 | 0 | — | — | 136 | 4 | ||||
América | 2022—2023 | Liga MX | 6 | 0 | — | — | — | 6 | 0 | |||
Karyerada jami | 323 | 7 | 35 | 4 | 19 | 0 | 1 | 0 | 378 | 11 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Meksika | 2011 | 3 | 1 |
2016 | 8 | 0 | |
2017 | 13 | 2 | |
2018 | 5 | 0 | |
2019 | 8 | 0 | |
2020 | 4 | 0 | |
2021 | 14 | 0 | |
2022 | 5 | 0 | |
Jami | 60 | 3 |
Xalqaro maydondagi gollar
tahrir№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 4.07.2011 | Estadio del Bisentenario, San-Xuan, Argentina | Chili | 1 — 0 | 1-2 | 2011-yil Amerika kubogi |
2. | 24.03.2017 | Estadio Azteca, Mexiko, Meksika | Kosta Rika | 2 — 0 | 2-0 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
3. | 24.06.2017 | Qozon Arena, Qozon, Rossiya | Rossiya | 1 — 1 | 2-1 | 2017 FIFA Konfederatsiyalar kubogi |
Yutuqlar
tahrirCruz Azul
- Copa MX : Clausura 2013
Santos Laguna
- Liga MX : Clausura 2015, Clausura 2018
- Copa MX : Apertura 2014
- Campeón de Campeones : 2015-yil
Meksika U20
- CONCACAF U-20 chempionati : 2011-yil
Meksika U23
- Panamerika oʻyinlari : 2011-yil
- Tulon turniri : 2012-yil
- CONCACAF Olimpiya saralash chempionati : 2012-yil
- Olimpiya oltin medali : 2012-yil
Meksika
- CONCACAF Oltin kubogi : 2019[16]
Shaxsiy yutuqlar
- Liga MX Eng yaxshi XI: Klausura 2017
- Liga MX Eng yaxshi himoyachi: 2016—2017
- Millatlar ligasi finalining eng yaxshi oʻyinchisi: 2021
Manbalar
tahrir- ↑ „Olympics football: Mexico shock Brazil to win gold“. BBC (11-avgust 2012-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2014-yil.
- ↑ „Olympics football: Mexico shock Brazil to win gold“. BBC (11-avgust 2012-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2014-yil.
- ↑ „Néstor Alejandro Araujo Razo“. LigaMX.net. LIGA BBVA Bancomer MX. Qaraldi: 30-oktabr 2017-yil.
- ↑ Ballinas, Diana. „Néstor Araujo, feliz por su debut en triunfo celeste“ (es). Medio Tiempo (19-sentabr 2010-yil).
- ↑ „Oficial: Néstor Araujo es nuevo jugador de Santos Laguna“. El Siglo de Torreón (5-iyun 2013-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Santos Laguna goleó 3-0 a Correcaminos UAT en Copa MX“. Fox Sports. Qaraldi: 20-avgust 2014-yil.
- ↑ Ruiz. „La Copa MX se quedó en el cielo... Santos, Campeón“. MedioTiempo. 6-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Santos se proclamó Campeón ante un histórico Gallo“. MedioTiempo. Qaraldi: 31-may 2015-yil.
- ↑ „¡Santos Laguna, Campeón de Campeones!“. El Siglo de Torreón. Qaraldi: 20-iyul 2015-yil.
- ↑ „Celta de Vigo anuncia fichaje de Nestor Araujo“. espn.com.mx (14-iyun 2018-yil). Qaraldi: 14-iyun 2018-yil.
- ↑ „Néstor Araujo debutó en partido amistoso con Celta de Vigo“. ESPN (21-iyul 2018-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2018-yil.
- ↑ @ClubAmerica. „Bienvenido al Nido.“.
- ↑ „Néstor Araujo abandona el partido ante Croacia por una lesión en la rodilla“. MARCA Claro. Qaraldi: 27-mart 2018-yil.
- ↑ „Nestor Araujo: “To win the Gold Cup is an amazing feeling”“. Gold Cup (23-iyul 2021-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Félix Araujo vs. Néstor Araujo, disputa familiar en la Selva“ (ispancha). Marca Claro (29-aprel 2017-yil). Qaraldi: 28-fevral 2018-yil.
- ↑ Straus. „Mexico Turns Tide, Wins Gold Cup Title Again vs. Wasteful USMNT“. Sports Illustrated (7-iyul 2019-yil).