Narimon Baqozoda (1935-yil 26-yanvar, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2009-yil 26-yanvar, Dushanbe, Tojikiston) – tojik shoiri, Tojikiston maorifi aʼlochisi, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[1].

Narimon Baqozoda
Tavalludi 26-yanvar, 1935-yil
Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 26-yanvar, 2009-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Hayoti tahrir

Narimon Baqozoda 1935-yil 26-yanvar kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Uning otasi „Tojikiston ovozi“ gazetasi jurnalisti Abdulato Baqozoda edi. U 1960-yil Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini muvaffaqiyatli tamomlaydi.

1960-yildan 1967-yilgacha „Sovet Tojikistoni“ gazetasida boʻlim mudiri lavozimida faoliyatini boshladi. Narimon Baqozoda 1967-yildan 1970-yilgacha „Irfon“ nomli bolalar va oʻsmirlar davlat nashriyotining adabiy boʻlimi mudiri lavozimida ishladi. U 1970-yil „Sovet Tojikistoni“ gazetasining malaka oshirish markazida tahsil oldi. U 1972-yilda Tojikiston davlat kinematografiya qoʻmitasining „Tojik film“ kinostudiyasida direktor lavozimida ishladi. Narimon Baqozoda 1973-yildan 1974-yilgacha Tojikiston davlat kinematografiya qoʻmitasi direktori lavozimida faoliyat yuritdi. U 1974-yildan 1979-yilgacha „Mashʼal“ jurnali masʼul kotibi sifatida faoliyatini davom ettirdi. Narimon Baqozoda 1979-yili Tojikiston davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bu lavozimda 2003-yilgacha ishladi.

Narimon Baqozoda 2009-yil 26-yanvar kuni Tojikiston Respublikasiga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etdi[2].

Ijodi tahrir

Narimon Baqozodaning ilk kitobi „Guldasta“ nomi ostida chop etilgan edi. Shundan soʻng uning „Sheʼrlar, topishmoqlar va chistonlar“ toʻplami, 1975-yilda „Surnay“ kitobi hamda 1978-yilda „Halol osh“ nomli kitoblari nashrda chiqdi.

Mukofotlari tahrir

Narimon Baqozoda 1970-yilda „Jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan. Bundan soʻng, Joliot Kyuri nomidagi Germaniya tinchlik qoʻmitasining „Shon-sharaf ordeni“ bilan mukofotlangan. U 1993-yili „Tojikiston xalq taʼlimi aʼlochisi“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir